Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi roʻyxatga olindi


-Bilishimcha, o‘qituvchi bo‘lib ham ishlagansiz. Faoliyatingiz davomida ilojsiz



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet170/178
Sana23.05.2023
Hajmi5,04 Kb.
#942758
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   178
Bog'liq
980a97b329243b1218de368664888683 ONA TILI VA BOLALAR ADABIYOTI

-Bilishimcha, o‘qituvchi bo‘lib ham ishlagansiz. Faoliyatingiz davomida ilojsiz 
vaziyatlarga ham tushib qolganmisiz? Qahramoningiz Hoshimjonga o‘xshagan bolalar bilan 
qanday shug‘ullangansiz?
-Ikki marta o‘qituvchilik qilganman. Dastlab, Qo‘qon pedagogika bilim yurtini bitirib borib, 
1949-50 o‘quv yilida Qayqubod degan qishloqda 1-4-sinflarga dars berganman. Bu birinchi 
muallimlik davrim edi. Bir qancha qiyinchiliklarga duch keldim. Menga 1-sinfni berib qo‘yishdi. 
Aslida, bu ishni tajribali o‘qituvchilar olib borishi kerak.
Bir-ikkita misol aytib beraman. Bolalarga qattiq gapirib bo‘lmas ekan. O‘sha paytlarda 
pedagogikada qattiq gap hali bor edi. G‘ulomjon degan bir o‘quvchim bo‘lgan. Bir kuni ruchkasi 
yaxshi yozmayotgandi, “he, onangni…” deb so‘kib qoldi. “Hoy, o‘g‘lim, onangni deb so‘kmaydi”, 
deb tanbeh bersam, bir ozdan keyin “he, buvingni…” deb so‘kyapti. “Hoy, o‘g‘lim, nega yana 
so‘kinyapsan?” desam, “onangni demayapman-ku” deb javob berdi. So‘kinish odobdan emasligini 
bafurja tushuntirishimga to‘g‘ri kelgan.
Bir kun bir o‘quvchim yo‘qolib qoldi. U Qayqubod qishlog‘ining “Qo‘rg‘oncha” 
mahallasidan kelardi. Tushdan keyin onasi kelib, o‘g‘li uyga bormaganini aytdi. Men hamma qatori 
uyga ketganini aytdim. Bolalar bilan cho‘milib yurgandir, deb onasi qaytib ketdi. Kechga yaqin ota-
ona birgalikda keldi. Topisholmabdi. Ertasiga erta kelib xonani ochsam, qidiruvdagi bola orqadagi 


244 
partada sumkasini boshiga bolish qilib uxlab yotibdi. Xursand bo‘lishimniyam, xafa 
bo‘lishimniyam bilmayman. Bola topildi. Yomon tomoni, kecha sinfni qulflayotganda qaramagan 
ekanman. Uyqudagi pahlavonni uyg‘otdim, uyiga xabar jo‘natdim. “E o‘g‘lim, nimaga bunday 
qilding?” desam, “Ertaga tag‘in kelarkanman deb uxlayverdim”, deydi. “Qo‘rg‘oncha” mahallasi 
sal uzoqroq edi-da.
U paytlarda dovot-qalam ishlatilardi. Bolalarning bitta odati bor edi: agar bugun kimdir 
qalam ko‘tarmay kelsa, ertaga hammasi qalamsiz kelardi. Bir kuni bitta o‘quvchim qalamini uyda 
qoldirib kelibdi. Boshini silab, yaxshi gapirib qalam topib berdim. Ertasiga butun sinf qalamsiz 
keldi. Ha desam, bizgayam qalam olib bering, deb javob berishdi.
Shunaqangi qiziq-qiziq voqealar meni bolalar dunyosiga yaqinlashtirdi.
To‘rtinchi sinflarni ham o‘qitganman. Bu ham bolalar dunyosini yaxshi o‘rganishim uchun 
katta yordam bergan. Bir bola bir qizni yaxshi ko‘rib qolibdi. Darsdan keyin qolib gaplashishadi. 
Ket endi desang, ketmaydi. Bir kuni Husniddinova degan rus tili o‘qituvchisi menga xat olib chiqib 
berdi. Haligi bolalar gaplashaveribdi, yoniga borsa bir-biriga xat o‘qib berayotgan ekan. Men nima 
qilishim kerak? Ota-onasiga oshkor etaymi-yo‘qmi? Ular anchagina “yozishmalar olib borgan” 
ekan. Muallim cho‘ntaklaridan olib qo‘yibdi. Xatni oshkor qilmadim, bolalarni chaqirib o‘zlariga 
qaytarib berdim. Endi bunaqa ish qilmanglar, yettinchi sinfdan keyin hammasiga ruxsat, dedim. 
Unda yettinchi sinfgacha o‘qitilardi, undan keyin qizlar erga tegishi mumkin edi.
1955 yili universitetni bitirib keldim-da, yana maktabga ishga kirdim. Uch yil ishladim. 
O‘smirlik yoshidagi bolalarga dars berdim. Bu payt bolaning shakllanish davri hisoblanadi. Bu 
murakkab o‘tish pallasining sir-sinoati, o‘ziga xosliklarining poyoniga yetolmadim. Har bir o‘smir 
o‘g‘il, har bir o‘smir qiz o‘zi bir dunyo-da. Ularning hayotini kuzatib, juda ko‘p voqealarning 
guvohi bo‘ldim.

Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish