Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti sport turlarini o


YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISH METODIKASI FANIDAN



Download 3,27 Mb.
bet25/173
Sana13.07.2022
Hajmi3,27 Mb.
#784576
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   173
Bog'liq
Yengil atletika Majmua 2-kurs 2019

YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISH METODIKASI FANIDAN
(Ma’ro’zalar matni)


S a m a r q a n d - 2 0 19
1-ma`ro’za. 2-soat


Mavzu: Yengil аtlеtikаning pаydо bo’lish tаriхi vа rivоjlаnish bоsqichlаri. O’zbеkistоndа yengil аtlеktikаning rivojlantirish yo’llari.


Reja:

  1. Yengil atletikaning tarixiy taraqqiyoti.

  2. O’zbekistonda yengil atletikaning rivojlanishi.

3. Xorijiy mamlakatlarda yengil atletikaning rivojlanishi.


Yengil atletikaning tarixiy taraqqiyoti.
Yengil atletika mashqlarining kelib chiqish tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi. Odamlar Yugurish, sakrash va uloqtirishlarni tabiiy zarur xarakat sifatida qadim zamonlardan beri mehnatda va kundalik xayotda qo’llab kelganlari ma`lum. Ammo ularning jismoniy tarbiya vositasi sifatida va sportning bir turi sifatida rasm bo’lganiga qadar ko’p ming yillar o’tdi.
Ibtidoiy jamoa to’zimi davrida yengil atletika mashqlari odamlarning mehnat faoliyati bilan chambarchas bog’liq edi. Ular insoniyat quldorlik jamiyatiga o’ta boshlashiga yaqin jismoniy tarbiyada ma`lum daraja mustaqil bo’la boshladi.
Yugurish, sakrash va uloqtirish kadimiy Gretsiyada anchagina rivoj topdi. Jismoniy mashqlarning boshqa turlari qatori, ular quldorlarning xarbiy jismoniy tayergarligida katta o’rin egalladi va kabilalar xamda umumgrek diniy bayramlarning muhim qismini tashkil etadigan bo’ldi. Bunday tantanalarning eng ahamiyatlisi olimpiya o’yinlari hisoblanadi.
Feodal jamiyatida, ayniqsa, ilk o’rta asrlar davrida jismoniy mashqlar xalq ommasiga rasm bo’lgan edi. Rivoyatlar, qissalar va boshqa madaniyat yodgorliklari o’yin kulgilarida o’ziga xos jismoniy mashqlar ko’p bo’lganidan dalolat beradi. Ko’p manbalarda xalq turmushida tez yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash va tosh uloqtirishdan iborat uchkurash mavjud bo’lgani ko’rsatiladi.
Shavqatsiz tazyiq o’tkazish, bo’sh vaqt va kerakligi moddiy sharoit bulmaganligi xalq jismoniy mashqlarining taraqqiyot darajasiga ta`sir ko’rsatdi. SHu sababdan feodalizm davrida hamma vaqt xalq jismoniy
mashqlari an`anaviy o’yin-kulgilar tavsifida bo’lib, faqat bayram kunlari ugkazilar edi.
Shahar aholisi va feodallarning xarbiy-jismoniy tayyorgarligida esa yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlari katta o’rin tutar edi.
Burjua jamiyatida yugurish, sakrash va uloqtirish dastlab jismoniy tarbiya gimnastika tizimiga kirar, kundalik xayotda qo’llanar edi. Lekin bu yengil atletika sporti tashkil topishga muhim ta`sir ko’rsata olmadi, chunki gimnastika tizimida bu mashqlarning ahamiyati asosiy bo’lmay, ikkinchi darajali edi. Xalqning bu mashqlar bilan shug’ullanishi esa mehnatkash omma imkoniyati chsgaralanganligi uchun yengil atletika taraqqiyotiga katta ta`sir ko’rsata olmadi.
Yugurish, sakrash va uloqtirish mustaqil jismoniy mashq sifatida va yengil atletika «sportining muhim elementlari sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida tashkil topa boshladi. Bunga yoshlarning keng qatlamlari o’rtasida bunday mashqlarga qiziqish o’sganligi, burjuaziya ham o’z hukumronligini kuchaytirish vositasi sifatida jismoniy tarbiyaga ko’proq qiziqa boshlagani sabab bo’ldi.
Burjuaziya kopitalistik korxonalar uchun jismoniy baquvvat ishchilarga va bosqinchilik armiyasi uchun zobitlarga muxtoj edi. Bunga esa gimnastika tizimlari allaqachonlar talay yordam bera olimay qolgan edi. Ular an`anaviy xalq o’yin kulgilaridan olingan atletik mashqlarga e`tibor bera boshladi. Bular orasida takomillashtirsh jarayonida sportcha Yugurish, sakrash va uloqtirish tusini olib, yengil atletika sport tarkibiga kiradigan Yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlari ham bor edi.

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish