Samarqand davlat universiteti jahon tarixi


XI-XV asrlarda Misrda madaniy hayot



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/54
Sana04.04.2022
Hajmi1,18 Mb.
#528528
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
Bog'liq
jahon tarixi

XI-XV asrlarda Misrda madaniy hayot 
 
X-XI asrlarda Suriya va Misrda madaniy rivojlanish ro‘y berdi. Qohira 
bunyod etilgandan so‘ng tezda muhim madaniy markazga aylandi. Fotimiylar 
shoirlar va olimlarni qo‘llab-quvvatlagan. Xususan, xalifa Aziz (975-996) 
ning o‘zi ham shoir bo‘lib, uning davrida al-Azxar masjitida o‘ziga xos 
musulmon universitetiga asos solingan. Saroyda kutubxona bunyod etib, unda 
200 ming kitob jamlagan. Xalifa Xokim davrida esa akademiya – Dor al-
Xikmaga asos solingan. 
Fotimiylar davrida mashxur astronom Ali ibn Yunus (1009-yil vafot 
etgan), faylasuf, matematik va fizik Ali al-Xasan ibn al Xaysamlar faoliyat 
olib borgan. Al-Xaysamning optikaga oid ishi o‘z davrining eng zo‘r ishi 
bo‘lib, keyinchalik lotin tiliga tarjima qilingan. 
Misr va Suriyada Mamluklar hukmronligi davrida iqtisod va madaniyat 
bilan san’at, ayniqsa, me’morchilik, kulolchilik va ma’danlarni qayta ishlash 
ravnaq topdi. 
Tibbiyot sohasida bir qancha buyuk shaxslar bo‘lgan. Ibn Abi Usaybiah 
(1203-1270) tibbiyot tarixi bobida tanilgan. U yaratgan «Tabobat ilmi tarixi» 
aksariyati ayni bir paytda faylasuf va olim bo‘lgan 400 tabibning hayoti 
hamda faoliyatini o‘z ichiga oladi. Shu jihatdan ham uning asari arab 
fanlarining qomusi sanaladi. Qalavun kasalxonasining tabibi bo‘lgan Ali ibn 
an-Nafis qon aylanish tartibini tushuntirib berdi. Al-Baytariy jonivorlarni 
davolash sohasida yirik mutaxassis edi. Halablik Ibn Abi al-Mahosin hamda 
Abdul Fadl ibn an-Nag‘id ko‘z shifolovchi katta tabiblar bo‘lgan. Ibn an-
Nag‘id (XIII asr) ko‘z kasalliklarga oid asar yaratdi. Sulton Salohuddin 
saroyida hakimlik qilgan Hibatulloh ibn Jumay tana jismoniy holatiga 
ruhiyatning ta’sirini ifodalab, ruhiy jihatdan shifolashga doir shu davrgacha 
butunlay noma’lum bo‘lgan yangicha davolash usulini tashkil qiluvchi 
tavsiyalar ishlab chiqdi. Al-Kift bo‘lsa falsafa va aniq fanlar tarixiga oid asar 
yaratdi. Tarix sohasida ibn Xaldun (1406-yil vafot etgan) “Al-Muqaddima” 
asarini yaratdi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, siyosiy jihatdan qudratga 
erishgan mamluklar davrida madaniyat ham taraqqiy etdi. 


– 106 – 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish