Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Ijtimoiy xizmatchiga bolalar bilan ishlashda kerak bo‘ladigan bilim va tajriba



Download 1,06 Mb.
bet174/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

3. Ijtimoiy xizmatchiga bolalar bilan ishlashda kerak bo‘ladigan bilim va tajriba
So‘nggi yillarda mamlakatda ijtimoiy yetimlikning oldini olish, aholi va yoshlar orasida sog‘lom oila qurishga mas’uliyat bilan yondashishni targ‘ib qilish, oilaviy qadriyatlarga ma’naviy-axloqiy munosabatni shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar tarbiya muassasalari va ularda tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sonini sezilarli ravishda kamaytirishga yordam berdi.
Shu bilan birga, bolalarni joylashtirishning oilaviy hamda boshqa muqobil shakllarini keng joriy etish, ayniqsa, ularni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish (patronat), shuningdek, bolalarni mustaqil hayotga tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish talab etilmoqda449.
O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaning milliy strategiyasida, bolalar va kattalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilib, quyidagilarni inobatga olinishi nazarda tutilgan. Jumladan:
1) ijtimoiy himoya jamiyatning barcha a’zolariga butun hayot davomida taqdim etilishi lozim va bunda uning tashkiliy qismlari bo‘lmish ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy yordam, ijtimoiy xizmatlar va bandlik dasturlari o‘rtasida aloqalar o‘rnatilishi;
2) ijtimoiy himoya ustuvorliklarini ehtiyojlar va huquqlar bilan muvofiqlashtirish;
3) ijtimoiy himoyani ta’minlashda qatnashuvchi barcha tashkilotlar orasida muvofiqlikni kuchaytirish. Bunda ijtimoiy himoya muassasasi turli hildagi ijtimoiy himoya dasturlarini samarali muvofiqlashtiradi va birlashtiradi, hamda milliy miqyosda hisobdorlik va javobgarlikni ta’minlashda yetakchilik qiladi, shuningdek, ijtimoiy himoyaning milliy strategiyasini amalga oshirishning asosiy mexanizmi bo‘lib xizmat qilishi ko‘rsatilgan450.
Ijtimoiy ishning institutlashuvi O‘zbekiston jamiyatini modernizatsiyalash jarayonining bir qismi hisoblanadi. Ijtimoiy ish malakali mutaxassislar, O‘zbekistondagi ijtimoiy siyosatni amalga oshiradigan davlat, jamoatchilik va xususiy tashkilotlar, shuningdek, mutaxassislar tayyorlovchi ta’lim muassasalari singari ijtimoiy ishning subyektlari; nafaqaxo‘rlar, ishsizlar, nogironlar, bolalar, o‘smirlar, zo‘ravonlikni boshdan kechirgan kishilar, yolg‘iz qariyalar kabi mijozlar ya’ni, ijtimoiy ish obyektlari hamda muhtojlarga yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan tashkilotlardan iborat bo‘lgan noyob elementlar tizimini shakllantirdi. Shuningdek, mamalakatimizdagi ijtimoiy ish institutlari rivojlanishining tahlili, mazkur institut uzoq tarixga ega bo‘lib, milliy an’analar va o‘zbek xalqiga xos mehr-shafqat tuyg‘ulari shaklidagi o‘zaro yordamning kuchli potensialini o‘zida birlashtirganligini ko‘rsatdi. Aynan ushbu jihatdan manzilli yordam mexanizmlarini rivojlantirishda foydalanish zarur. Bundan kelib chiqqan holda, ijtimoiy ish institutlarining jadal rivojlanishi hamda, tezkorlik bilan muayyan maqom kasb etishi uchun uning shakllanishdagi sotsio-madaniy va milliy-tarixiy xususiyatlarini nazarda tutish zarur. Shu bilan birga ijtimoiy himoya tizimining tadqiqi natijasida turli tashkilotlardagi xodimlar shtatida ijtimoiy xizmat bo‘yicha mutaxassislar shtatini joriy qilish, ijtimoiy xodimlar Assotsiatsyasisi tuzish va rivojlantirish zarur. Bu esa kattaroq ko‘lamdagi aholi qatlamini qamrab olish imkonini beradi. Shu bois har bir tashkilot va yashash joylarida yuzaga kelgan muammolarni samarali hal qilishda ta’lim olgan ijtimoiy xodimlardan foydalanish lozim451.
Bu esa ijtimoiy ish xodimidan maxsus bilim va tajriba talab etadi. Jamiyat rivojlanishi tarixiga nazar solar ekanmiz, unda insoniyat tomonidan yaratilgan axborot alohida, o‘ziga xos ishlovlardan o‘tib, bilim shaklini olgach, taraqqiyotning galdagi bosqichini ta’minlash uchun xizmat qilayotganligini kuzatamiz. Bu o‘z navbatida, barkamol avlodni tarbiyalashda bilimdan maqsadli foydalanishni taqozo etadi. Har bir xalq o‘sib kelayotgan yoshlarining ma’rifati, ularning kamoloti uchun ta’lim-tarbiya sifatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratadi. Bu borada Prezident Sh.Mirziyoyev 2020-yil 30-sentabrdagi O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas” degan hadisi sharifni hayotiy e’tiqod deb bildilar. Milliy istiqlol, taraqqiyot va farovonlikka, avvalo, ma’rifat orqali, dunyoviy va diniy bilim, zamonaviy ilm-hunarlarni chuqur egallash orqali erishish mumkin”452-deya ta’kidladi.
Garchi, inson butun umri davomida ongli tarzda kamolotga erishish uchun intilsada, bunda moslashuvchanlik hodisasi alohida o‘rin tutadi. Insonni jamiyat hayotiga moslashishi uning butun umri davomida kechadi. Inson o‘zlashtirgan va orttirgan bilimlarining hosilasi sifatida ijtimoiy muhit (oila va jamoa a’zolari) bilan biron bir munosabat tarzini yo‘lga qo‘yadi (uni fanda adaptatsiogenez hodisasi deb yuritiladi). Shu sababli, insonning ma’naviyatlilik darajasi aynan, uning maqsadi, real e’tiqodi, bilimi, aqli, orzu-umidlari, didi, tamizi, tuyg‘ulari, o‘ziga va atrofdagilarga bo‘lgan munosabati, qadriyatlari kabi xossalarni o‘zida mujassamlashganligi hisobidan “ma’naviyati yuqori” yoki “ma’naviyati past” kabi iboralar vositasida toifalarga ajratiladi. Bunda ajratuvchi sifatida yuqorida ko‘rsatib o‘tgan xossalar psixologik baho mezonini ta’minlash uchun asos sifatida tanlanadi453.
Barcha sohalarida bo‘lgani kabi ijtimoiy ishda ham bilim faoliyat mahsuldorligini ta’minlovchi asosdir. Shu sababli, bilimning quyidagi tashxis natijalarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
bilimning chuqurligi;
♦ bilimning moslashuvchanligi;
♦ bilimning mustahkamligi;
♦ bilimning amaliy ahamiyatga ega ekanligi, kabilarni tashxisiy belgilar deb ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir.
Ma’lumki, hayotiy tajriba har qanday vaziyatning e’tiborsiz qoldirilmasligini taqoza etmoqda. Va u bilan tanqidiy vaziyat darajasida kurashmoq kerak. Bu holat: “Eng qiyin vaziyatdan chiqa olgan inson donishmand emas, balki o‘sha vaziyatga tushmagan inson donishmandir”, ‒ degan dono fikrni yodga soladi.
Ta’kidlash lozimki, kasbiy layoqatlikning tarkibiy qismlarini muloqot, moslashuvchanlik, ko‘nikma, bilim kabilar tashkil etib, mutaxassisni kasbiy layoqatini baholashda (ekspertli baholash) asosiy omillar sifatida quyidagilarni inobatga olish lozim.
- mutaxassisning ixtisosligi,
- kasbiy ma’lumoti (diplom),
- kasbiy malakaga egaligi,
- umumiy mehnat tajribasi va staji,
- kasbiy stereotipi va psixofiziologik holati,
- mehnat sharoiti hamda mehnatga bo‘lgan munosabati,
- kasbiy bilimdonligi va kasbiy tayyorgarligi,
- o‘z kasbiga sodiqligi va kasbiy faoliyat mahsuli va b.454
Ijtimoiy ishda ham barcha sohalarda bo‘lgani muvafaqqiyatga ma’lum davr mobaynida maxsus ko‘nikma va malakalarning vujudga kelishi hamda yetarlicha kasbiy va hayotiy tajribalarni egallagan holda erishiladi. Bunda:

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish