Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Moslashish ko‘nikmalarini o‘rgatish roli



Download 1,06 Mb.
bet172/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

Moslashish ko‘nikmalarini o‘rgatish roli. Ushbu rolni ijtimoiy ish xodimi, misol uchun, mustaqil hayot boshlashlari kerak bo‘lgan institutsional muassasalarning bitiruvchilariga yordam ko‘rsatish vaziyatlarida bajaradi. Ushbu holatda ijtimoiy ish xodimi ularning hayot ko‘nikmalari, ro‘zg‘or xarajatlari, munosabatlar ko‘nikmalari, ish izlash va boshqalarga, umuman olganda, jamiyatda o‘z o‘rnini muvaffaqiyatli egallashga va hayotiy qiyinchiliklarni o‘zlari yengishga o‘rganib olishlari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga o‘rgatadi.
Ko‘pincha mijoz (bola va uning oilasi) bilan ishlash davomida mijozlarni ma’lum sohalarda ma’lumotlarini, xabardorliklarini oshirish zaruriyati yuzaga keladi. Ushbu holatda ijtimoiy ish xodimi maslahatchi rolini bajaradi. Misol uchun, ijtimoiy xodim mijozlarga ota-onalik ko‘nikmalarini rivojlantirish va bolalarning ehtiyojlari, turli yosh bosqichlarida bolalarning rivojlanishlari xususiyatlari, bolalarga shafqatsiz va e’tiborsiz munosabatda bo‘lish va shu kabi bolalarni himoya qilish muammolari haqida xabardorliklarini oshirish bo‘yicha maslahatlar berishi mumkin. Shunday harakatlar ushbu oila bilan ishlash boshqa jihatlari bilan birgalikda bolaning va umuman oilaning farovonligini oshirishga imkon beradi. Ba’zida ijtimoiy ish xodimining mijozga o‘z xulqini tuzatishiga, kerakmas harakatlari, hayajonlarini pasaytirish va yaxshi xulqini rivojlantirishiga yordam beruvchi maslahatchi-psixoterapevt sifatida yanada jiddiy aralashishi talab qilinadi. Maslahatchi rolini bajarar ekan ijtimoiy ish xodim inson xulqi sohasida bilimlarga ega va mijozlar xulqini tuzatish bo‘yicha individual yoki guruhli ishlar olib borish psixologik texnikasini qo‘llashni biluvchi (misol uchun, psixodinamik yoki kognitiv-bixevioristik) ma’lum darajada universal bo‘lishi kerak.
Ijtimoiy ish xodimi amalga oshiradigan ishlardan maslahatchi roli psixolog roliga eng yaqin bo‘lsa kerak. Biroq mana shu ikki kasblar – ijtimoiy ish va psixologiya – o‘rtasida jiddiy tafovut mavjud. Ushbu tafovut mijoz bilan ishlashning psixologik usullari individual yondashuvga asoslangan bo‘lib, unda funksiyalari buzilishi sabablari shaxsning o‘zidan yoki insonning psixik rivojlanishidan izlanadi. Ijtimoiy ishda esa mijoz bilan ishlashda “inson muhitda” (person-in-environment) tamoyili asosiy hisoblanadi va faoliyatidagi buzilishlar sabablari individuumdan tashqarida bo‘ladi yoki hech bo‘lmaganda, ijtimoiy muhit bilan bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu yondashuv ijtimoiy ish xodimning roli – ijtimoiy o‘zgarishlar agenti roli bilan amalga oshiriladi. Bu yerda ekotizimli model’ asosiy hisoblanadi, unga binoan inson o‘z o‘zidan alohida qaralmaydi, balki ijtimoiy atrof-muhitda bo‘lgan inson kabi qaraladi, bunda oila, yaqin insonlar, turli ijtimoiy institutlar (misol uchun, maktab), mahalla, ijtimoiy xizmatlar va shu kabilar atrof-muhit deb tushuniladi. Shunday qilib, ekologik ko‘rinish umumiy ijtimoiy mazmunining oila yoki bola faoliyatidagi mumkin bo‘lgan buzilishlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu yondashuv xavf ostida bo‘lgan oilalar, nogiron bolalar va boshqa zaif guruhlarga jamiyat tomonidan salbiy munosabatning o‘zi ularning zaifliklari sababi sifatida qaralishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, o‘z ehtiyojlarini qondirishlari uchun ularning imkoniyatlarini pasaytiradi. Mana shu mazmunda munosabatlarning o‘zgarishi va salbiy fikrlardan voz kechish oila va bolaning farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ijtimoiy ish xodimlar ijtimoiy o‘zgarishlar agentlari hisoblanib, zaif va marginal guruh insonlariga nisbatan jamiyatda mavjud noto‘g‘ri va odatiy fikrlarni pasaytirish maqsadida reklama kompaniyalari va ta’lim dasturlari orqali jamiyatning xabardorligini oshirishga intiladilar.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish