Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


 O‘zbekistonda ijtimoiy ish rivojlanishining mumtoz va amaliy yo‘nalishlari



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

 
2. O‘zbekistonda ijtimoiy ish rivojlanishining mumtoz va amaliy yo‘nalishlari 
Markaziy Osiyo tarixida, odamlarga madad va muhtojlarga sadaqa berish, 
ko‘maklashish, yordam qo‘lini cho‘zish xalqimiz hayot tarzi bilan bog‘langan
317

I.Jabborov o‘zbek xalqining turmush tarzi haqida fikr yuritib, “O‘zbeklarning 
ijtimoiy turmushdagi eng qadimgi o‘ziga xos udumlaridan yoshiga qarab 
guruhlarga bo‘linish – bolalik, o‘spirinlik, bolag‘at va qarilik, u bilan bog‘liq turli 
urf-odat va marosimlar hozirgacha saqlanib kelgan”
318
,– deb yozadi. Bunda esa 
etnomadaniy omillar asosiy rol o‘ynaydi. Bu xususida U.Qoraboyev “Xalq 
madaniyati, birinchidan, ma’lum bir hudud (joy) aholisining madaniyati, 
ikkinchidan, mehnat-kash xalq, omma madaniyati, uchinchidan, aniq bir etnos 
madaniyatidir...”
319
– deya munosabat bildirgan. Bu esa o‘zaro yordam va ko‘mak 
berish singari filantropik tarzdagi ijtimoiy xizmatning ko‘rinishlarida ham o‘z 
ifodasini topadi. Bunda savob ishlarni amalga oshirish, xayr-ehson qilish, sadaqa 
berish va saxovatli bo‘lish singari amallar o‘zbek xalqi hayotida ham iymon va 
317
 Жабборов И.М. Ўзбеклар: турмуш тарзи ва маданияти (Этномаданий лавҳалар). – Тошкент: Ўқитувчи, 
2003. – 208 б., Мухсумадьен Х. Узбеки и вокруг них. Новый взгляд. – Алмати: Дайк-Пресс, 2006. –256 с., 
Карабаев У. Этнокультура (Традиционная народная культура). –Ташкент: Шарк, 2005. -239 с.
318
 Жабборов И.М. Ўзбеклар: турмуш тарзи ва маданияти (Этномаданий лавҳалар). – Тошкент: Ўқитувчи, 
2003. Б.70. 
319
 Карабаев У. Этнокультура (Традиционная народная культура). –Ташкент: Шарк, 2005. - С. 22–23. 


233 
e’tiqod, ham ma’naviy madaniyat tarzida kechib, etnoan’ana tarzida bu kunga 
qadar davom etib kelmoqda. 
Tabaqalanish bilan bog‘liq milliy tarixga doir manbalar tahlili shuni 
ko‘rsatadiki, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish institutlari bo‘lmagan sharoitlarda ijtimoiy 
xizmat madaniy omil sifatida amal qilib, zamonaviy ushbu ishning tizimlashgan va 
tuzilmalashganlikdan tashqari eng muhim barcha elementlarini qamrab oladi. 
Yoshga nisbatan tabaqalanishda xizmat ko‘rsatish bolalarga shafqat, o‘smirlarga 
marhamat, balog‘atdagilarga quvvat, keksalarga muruvvat shakllarida mavjud 
bo‘lgan. Ijtimoiy mavqega nisbatan tabaqalanishda xizmat ko‘rsatishga diniy 
hukmlar asosida yondashilgan bo‘lsa, kasbiy va harbiy tabaqalanishda hukmdor 
qonunlari va farmonlari vositachilik qiladi. 
Markaziy Osiyo mintaqasida qadimdan keksalarga hurmat va ehtirom 
ko‘rsatish, keksayganda ularga g‘amxo‘rlik qilish ijtimoiy himoyaning tarkibiy 
qismi bo‘lib kelganki, ular etnoan’ana tariqasida namoyon bo‘lmoqda. Bunda jins, 
yosh, kasb kabi ijtimoiy-madaniy omillar belgilovchi hisoblangan. Bu o‘ziga 
xoslikning ma’naviy asosi o‘zbek xalqining turmush tarzida dehqonchilik, 
chorvachilik bilan shug‘ullanishi va jamoaviy tarzda mehnat qilish singari omillar 
bilan izohlanadi. Mazkur holat ma’naviy birlik tuyg‘usi bilan bog‘liq bo‘lib, milliy 
ma’naviyatning tarkibiy elementi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Shu bois 
mehr ko‘rsatish, oqibatli bo‘lish, g‘amxo‘rlik qilish milliy ta’lim-tarbiya tizimida 
vazifadorligi jihatidan ajralib turishini ta’kidlash lozim. Inson o‘z yaqinlariga 
moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish bilan birga, ularning g‘am-tashvishlariga 
hamdardlik qilishga tayyor turish fazilatini o‘zida mujassam etishi lozim. Aynan 
ana shu jihatlar bizning davrimizgacha yetib kelgan xalq og‘zaki ijodi 
namunalarida, ya’ni rivoyat va ertaklar, afsona va maqollarda, shuningdek, 
“Avesto”, Qur’oni Karim, Hadislar to‘plami kabi diniy manbalar va o‘tmish 
ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan nodir qo‘lyozmalarda ham o‘z ifodasini topgan. 
Jumladan, “Avesto” davrida ham ijtimoiy ehtiyoj va manfaatlar inobatga olingan 
holda maishiy turmush tarzi tashkil etilgan, ya’ni uning shartlari, talablari mavjud 
bo‘lgan. So‘g‘d viloyatining Mug‘ tog‘idan topilgan tarixiy yozma hujjatlarda ham 
bu masala alohida aks ettirilgan bo‘lib, yozilishicha erkaklar oila qurishda barcha 
mas’uliyat va javobgarlikni bo‘yinlariga olishlari bilan birga, ayollar bilan 
shartnoma tuzib, ularning haq-huquqlarini ta’minlash uchun (ajrashishda tovon 
to‘lash) kafolat berganliklarini ko‘rish mumkin
320

Islom dinining muqaddas kitobi Qur’onda ham ijtimoiy ishning an’anaviy 
usullariga doir, ya’ni insonning o‘z yaqinlariga mehribonlik qilish, yaxshilik qilish 
va xayr-ehsonga doir bir qator mulohazalar uchraydi: 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish