Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

310
 Антропов В. Экономические модели социальнойзащиты населения в государствах ЕС // Автореферат 
диссертации на соискание ученой степени доктора экономических наук. – Москва: МГТУ им. Н.Э.Баумана, 
2007. – 48 с. 
311
 Шведова Н. А. Гендерные индикаторы // Словарь гендерных терминов / Под ред. А.А.Денисовой. - М., 
2002. 
312
 Социальная работа: Словарь – справочник. – Москва: Контур, 1998. – 480 с. 
313
 Mafile’o T. Exploring Tongan Social Work // Qualitative Social Work, 3(3), 2004. - pp. 239-257., Lynn R. 
Learning from a ‘Murri Way’ // British Journal of Social Work, 31, 2001. - pp. 903-916. 
314
 Хусанова Х.Т. Маҳаллий жамоаларда ижтимоий иш. – Тошкент: Niso Poligraf, - Б. 23. 


231 
iqtisodiy, siyosiy va hududiy qamrov omili inobatga olingan. Tadqiqotchi shu 
ma’noda buni “ijtimoiy siyosatni qurollantirish modellari” deb izohlagan. 
A.Hazratqulov mamlakatimizda mavjud bo‘lgan ijtimoiy muammolarni bartaraf 
etishda asosiy e’tiborni iqtisodiy omilga qaratgan
315
. Iqtisodiy omil, ijtimoiy 
xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’sir ko‘rsatish bilan birga, uni samaradorligini 
ta’minlovchi substansional asos hisoblanadiki, muallif buni alohida ko‘rsatib 
o‘tgan. Fikrimizcha, bunda inson omilining qadriyat tarzida aks etishini ham 
e’tiborga olish lozim. Bu yo‘nalishda Ozarbayjonda ijtimoiy ish tajribasi o‘ziga 
xosligi bilan, ya’ni “ijtimoiy himoya va din”, “sovet modelidan katolik modeliga”, 
“ijtimoiy ish doirasida profilaktika”, “ijtimoiy hayot va ijtimoiy adolat” tarzida 
olib borilishi bilan ajralib turadi
316

Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mazmun-mohiyati haqida yangi tasavvurni 1995-
yilda qabul qilingan “Rossiya Federatsiyasida aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish 
asoslari to‘g‘risida” hamda “Katta yoshdagi fuqarolar va nogironlarga ijtimoiy 
xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida” Federal qonunlari ko‘rsatilgan.
“Rossiya Federatsiyasida aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish asoslari 
to‘g‘risida”gi Federal qonunining 1-bandida “ijtimoiy xizmat ko‘rsatish murakkab 
sharoitda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-kundalik, 
ijtimoiy-tibbiy, psixologik-pedagogik, ijtimoiy-huquqiy xizmatlar va moddiy 
yordam, ijtimoiy moslashtirish va reabilitatsiyasi bo‘yicha ijtimoiy xizmatlarning 
faoliyatidan iborat” deb belgilangan. 
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish turlarining asosiy mazmuni ochib beriladigan 
Qonun bandlari muhim rol o‘ynaydi, masalan, moddiy yordam, uyda ijtimoiy 
xizmat ko‘rsatish, statsionar sharoitlarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, vaqtincha 
boshpana berish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarida kunduz qolishni tashkil 
qilish, konsultativ yordam, fuqarolar va oilalarga ijtimoiy patronaj va h.k. 
“Katta yoshdagi fuqarolar va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish 
to‘g‘risida”gi Federal qonuni jamiyatdagi alohida ijtimoy guruhlariga ijtimoiy 
xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida tasavvurlarimizni sezilarli darajada to‘ldiradi va 
aniqlik kiritadi. U aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish faoliyatining yo‘nalishlardan 
biri bo‘lgan katta yoshdagi fuqarolar va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish 
sohasida munosabatlarni tartibga solish uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga 
Qonunda uning predmeti quyidagicha tavsiflanadi: “Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish 
ko‘rsatilgan fuqarolarning ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish 
bo‘yicha faoliyatdan iborat”. 
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish o‘z ichiga mulk shaklidan qat’iy ravishda uyda va 
ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarda katta yoshdagi fuqarolar va nogironlarga 
ko‘rsatiladigan ijtimoy xizmatlar yig‘indisini olgan. Davlat tomonidan 
kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar federal va hududiy ro‘yxatlariga kiritilgan asosiy 
yashash uchun zarur ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ijtimoiy xizmatlar olish 
imkoniyati ko‘zda tutilgan. 
315
 Хазраткулов А. Социальные проблемы Узбекистана и пути их решения. Автореф. ... канд. экон. наук. –
Ташкент, 1994. –32 б. 
316
 Модель социальной защиты-www.kaspiy.az 


232 
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish quyidagilarda asoslangan: manzilli bo‘lish, 
foydalanish uchun ochiqli, ko‘ngilli bo‘lishi, insonparvarlik, og‘ir vaziyatda 
qolgan balog‘at yoshiga yetmagan, yoshi katta va nogiron insonlarga ijtimoiy 
xizmat ko‘rsatish ustuvorligi; konfidensiallik; profilaktika o‘tkazishga yo‘naltirish; 
inson va fuqaro huquqlarini ta’minlash; ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning barcha 
turlarini uzluksizlik tamoyili. 
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muammolari tadqiqotchilari ijtimoiy xizmat 
ko‘rsatish tizimning ikki guruh vazifalarni ajratishadi: 
1. birinchi guruh – mohiyati va faoliyati bilan bog‘liq vazifalar (profilaktik, 
ijtimoiy-reabilitatsiya, moslashtirish, qo‘riqlash-himoya, ijtimoiy patronaj); 
2. ikkinchi guruh – axloqiy-insonparvarlik vazifalari (shaxs-insonparvarlik, 
ijtimoiy-insonparvarlik). 
Ushbu vazifalarni amaliy bajarish ijtimoiy xizmat qilishning barcha kichik 
tizimlari va elementlari ishlashining optimal darajasi bilan chambarchas. Ijtimoiy 
xizmat ko‘rsatish funksiyalari makro va mikro darajalarida namoyon buladi. 
Demak, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Finlyandiya, Isroil 
va boshqa mamlakatlarning mutaxassislari tomonidan ijtimoiy ish xodimiga 
berilgan professional – shaxsiy tavsif kasbning mohiyatini va unga bo‘lgan zamo-
naviy talablarni chuqur anglashga imkon beradi. 
Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi tuzilmasi va vazifalari va tuzilmasi 
ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mohiyatining implitsitli indikatori va ko‘zgusidir. Ushbu 
holat ijtimoiy xizmatlar tizimi va alohida mutaxassislar orqali ijtimoiy faoliyat 
nazariyasi va amaliyotiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazadi. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish