Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


“Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar va



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

“Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar va 
nazariyasi” 
nomli hujjat qabul qilindi. Bu hujjat ikki qismdan iborat. “Ijtimoiy ish 
tamoyillarining xalqaro deklaratsiyasi” va “Ijtimoiy xodimlarning xalqaro axloqiy 
standartlari”. Bu hujjatlarning qabul qilinishi Federatsiya tomonidan uzoq yillar 
davomida orqaga surib kelindi, bunga ajablanmasa ham bo‘ladi. Bu tashkilotga 
a’zo bo‘lgan yuzlab mamlakatlar a’zoligi bo‘yicha juda xilma-xil. Ularni yo‘llagan 
davlatlar o‘zlarining tuzilishi, boshqaruv shakllari, madaniyati bo‘yicha xilma-xil 
bo‘lib, o‘zlarining an’analariga va ijtimoiy ishning shakllanish tarixiga ega. 
Qizg‘in munozaralardan keyin umumiy xulosaga kelishga muvaffaq bo‘lindi, 
shuning natijasida ularoq “
Ijtimoiy ishning axloqiy tamoyillari deklaratsiyasi
” 
dunyoga keldi. Deklaratsiyada quyidagi tamoyillar bayon qilingan: 
1. Har bir individ noyob hodisa bo‘lib, unga axloq nuqtayi nazaridan e’tibor 
berilishi; 
2. Har bir individ o‘z ehtiyojlarini qondirishda boshqalarning huquqlariga 
zarar yetkazmasdan harakat qilish huquqiga ega va u jamiyat farovonligini 
oshirishga o‘z hissasini qo‘shishi; 
3. Har bir jamiyat boshqaruv shaklidan qat’iy nazar, o‘zining har bir fuqaro-
sining maksimum darajada noz-ne’matlar bilan ta’minlashga intilishi; 
4. Ijtimoiy ish xodimlari ijtimoiy adolat tamoyillariga dahildorligi; 
5. Ijtimoiy ish xodimi o‘zining bilimlarini, ko‘nikma va malakalarini alohida 
individlar, guruhlar, jamoa va jamiyatlar taraqqiy etishi uchun, shaxsiy-ijtimoiy 
nizolarni hal qilishi, ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun sarf qilinishi 
lozimligi; 
6. Ijtimoiy ish diskriminatsiyani rad etish asosiga qurilishi. Bunda u 
mijozlarning jinsi, yoshi, millati, diniy e’tiqodi, tili, siyosiy e’tiqodlari, jinsiy 
yo‘naltirilganligidan qat’iy nazar amalga oshirilishi; 
7. Ijtimoiy ish xodimlari har bir mijoz va ijtimoiy guruh huquqlarini, uning 
mustaqilligi va sha’nini hurmat qilar ekan, “Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
Inson huquqlari xartiyasi” va boshqa xalqaro hujjatlarga asoslanishi;
8. Ijtimoiy ish mijozlarning daxlsizligini himoyalash tamoyiliga asoslanishi, 
bunda tanlov erkinligi va kasbiy sir, mijozning o‘z huquqlari va shaxsiy yig‘ma 
jild ishi mohiyatini tushuntirib berishga bo‘lgan huquqi ham kirishi; 
9. Ijtimoiy ish xodimlari kasbiy sir saqlashi belgilangan, hatto u amaldagi 
qonunchilikka zid bo‘lsa ham. Ijtimoiy ish mijozning ishtiroki va u bilan 
hamkorlikka asoslanadi. Ijtimoiy xizmatchilar o‘zlari duch keladigan har qanday 
murakkab vazifani hal qilishda mijozlar bilan hamkorlik qilishlari lozimgi 
ko‘rsatib o‘tilgan. 
Ijtimoiy ish xodimlari xizmatlaridan foydalanayotgan shaxslar o‘z muammo-
larini hal etishda juda faol ishtirok etishlari lozim. Mijozlar har doim ijtimoiy ish 
300
 NASW, 1999, p. 1. 


224 
xodimi tomonidan ana shu birlikdagi harakatlarning maqsadi va oqibatlari haqida 
ma’lumot olishlari zarur. 
Ijtimoiy ish mijozlarining ixtiyoriyligi tamoyiliga asoslanadi. Demak, u har 
qanday majburiylikni minimum darajaga tushirish uchun yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Ijtimoiy ish o‘z fuqarolarini ezadigan, terrorizm, qiynoqlari, va shunga o‘xshash 
shafqatsiz vositalardan foydalanadigan biror shaxs, guruh, siyosiy kuchlar yoki 
hokimiyat tuzilmalari qo‘llab-quvvatlashga mutlaqo zid.
Ijtimoiy soha xizmatchisi o‘zining bilimlarini, ko‘nikma va malakalarini 
alohida individlar, guruhlar, jamoa va jamiyatlar taraqqiy etishi uchun, shaxsiy-
ijtimoiy nizolarni hal qilish, ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun sarf qilishi 
lozim. 


Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish