Samarqand Davlat universiteti Iqtisodiyot va biznes fakulteti


Mehnat bozori rivojlanishiga xizmat qiluvchi



Download 0,54 Mb.
bet6/9
Sana16.03.2022
Hajmi0,54 Mb.
#497318
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mexnat bozori va uning o`zbekistondagi xolati

2.3. Mehnat bozori rivojlanishiga xizmat qiluvchi
zamonaviy infratuzilmalar
Mehnat bozorini to’liq ishlashi uchun rivojlangan infratuzilmani shakllantirish lozim. Mehnat bozori faoliyat ko’rsatishining sifat ko’rsatkichlarini eng muhim mezoni uning infratuzilmasining rivojlanish darajasidir. Infratuzilma iqtisodiyotda turli xo’jalik tizimlari va bu tizimlardagi asosiy subyektlar o’rtasida faol o’zaro aloqadorlikni ta’minlash uchun shart-sharoit yaratishi zarur.
Mehnat bozori infratuzilmasining mohiyatini yoritib berishda ko’pgina ilmiy adabiyotlarda mehnat bozori infratuzilmasi ish bilan bandlikka ko’maklashuvchi davlat va nodavlat muassasalar tizimini, korxona va firmalarning kadrlarga xizmat ko’rsatish bo’limlarini, jamoat tashkilotlari va jamg’armalarini, mehnat bozoridagi talab va taklif o’rtasidagi samarali o’zaro aloqadorlikni ta’minlashni o’z ichiga oluvchi mehnat bozori tarkibiy qismi sifatida ifodalanadi.
Ko’pincha mehnat bozori infratuzilmasi tushunchasi uning tarkibiga kiruvchi obyektlar va ularning funksional vazifalarini ifodalaydi. Masalan, “mehnat bozori infratuzilmasi – mehnat va ijtimoiy himoya qilishda odamlar huquqlarini amalga oshirish, ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasida bozor muvozanatiga erishishning eng samarali yo’lini ta’minlaydigan, ular faoliyatining yagona normativ-huquqiy muhitini o’z ichiga oluvchi ish bilan bandlikka ko’maklashuvchi jami tashkilotlar va institutlar hisoblanadi” [6].
Mehnat bozori infratuzilmasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yoritib berishda Q.X.Abdurahmonovning bergan ta’rifi ancha o’rinlidir. Unga muvofiq mehnat bozori infratuzilmasini uning tarkibiy qismi sifatida ta’riflash mumkin, u davlat idoralari, ish bilan bandlikka ko’maklashuvchi nodavlat tuzilmalari, korxona va firmalarga kadrlar xizmati, jamoat tashkilotlari va jamg’armalari, normativ-huquqiy muhitni o’z ichiga oladi, ular ishchi kuchiga ehtiyoj bilan taklif o’rtasidagi eng samarali o’zaro hamkorlikni ta’minlaydi [2].
Bizning fikrimizcha, mehnat bozori infratuzilmasining mohiyatini yoritib berishda uning quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib o’tish zarur:
1. Mehnat bozori infratuzilmasi – bu ko’p funksiyali tizim bo’lib, aholining ish bilan bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyalashning turli xil tashkiliy shakllari va usullaridan foydalanishni o’z ichiga oladi;
2. Mehnat bozori infratuzilmasidagi institutlar va tashkilotlar mehnat bozorini boshqarishda huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va axborot mexanizmlarini yuzaga keltiradi;
3. Infratuzilma mehnat bozori subyektlari o’rtasida samarali o’zaro aloqadorlikni ta’minlaydi va ishchi kuchini talab va taklif qilish o’rtasidagi nisbatlarni muvofiqlashtiradi;
4. Infratuzilma tarkibidagi (aholining ish bilan bandligiga ko’maklashuvchi) obyektlar va mexanizmlar mehnat bozorining samarali shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratilishiga qaratilmog’i zarur.
Bizning fikrimizcha, yuqoridagi qarashlarni e’tiborga olgan holda mehnat bozori infratuzilmasining mohiyatini quyidagicha talqin etamiz: mehnat bozori infratuzilmasi – bu ish bilan bandlikka ko’maklashuvchi davlat va nodavlat xizmatlarni, korxona va firmalardagi kadrlar bo’limlarini, jamoat tashkilotlari va jamg’armalarini, ishchi kuchini talab va taklif qilish o’rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi va o’zaro hamkorlikni ta’minlovchi normativ-huquqiy, moliyaviy-iqtisodiy va axborot mexanizmlari muhitini o’z ichiga oluvchi mehnat bozorining tarkibiy qismidir.
Mehnat bozori infratuzilmasi institutlar tizimi sifatida, davlat va nodavlat ish bilan bandlikka ko’maklashuvchi tuzilmalar va mexanizmlar, mehnat bozori shakllanishi va rivojlanishi uchun huquqiy, moliyaviy va iqtisodiy jihatdan tartibga solishda qulay shart-sharoitlarni ta’minlaydi.
Mehnat bozori infratuzilmasi iqtisodiyot va boshqaruv sohasida turli darajalardagi subyektlar sifatida quyidagilardan iborat:
1. Xalqaro tashkilotlar, masalan, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, turli mamlakatlar mehnat bozorlaridagi faoliyatlari bo’yicha koordinasiyani amalga oshiradi;
2. Mehnat bozori infratuzilmasi subyekti sifatida davlatning roli. Davlat iqtisodiyotning davlat sektorida tadbirkor sifatida ham, ko’pgina investision dasturlarni amalga oshirish subyekti sifatida ham namoyon bo’ladi. Davlatning qonun chiqaruvchi organlari qonunlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi, bozor munosabatlarining huquqlari va umumiy tamoyillarini o’rnatadi. Davlatning subyekti sifatida mehnat bozoridagi siyosatni davlat ish bilan bandlik xizmati amalga oshiradi. Bu umumdavlat, hududiy va joylardagi boshqaruv darajalari asosida amalga oshiriladi;
3. Mehnat bozori infratuzilmasi subyektlari sifatida, turli ijro etuvchi hokimiyat organlari davlat ish bilan bandlik xizmati bilan o’zaro aloqadorlikda faoliyat yuritadilar, masalan, yoshlar ishi bo’yicha Qo’mita, ta’lim bo’yicha Qo’mita va hokazo.
4. Mehnat sohasidagi yollanma ishchilarning birlashmalari – kasaba uyushmalar.
5. Mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiga: nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari, tijorat mehnat birjalari va kadrlar agentliklari; ishchi kuchini tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha o’quv markazlari; tijorat ish bilan bandlik xizmati birlashmalari; ish beruvchilar assosiasiyasi, kadrlarga maslahat markazlari; mehnat bozori haqida axborot tizimi va boshqalar kiradi.
6. Yangi ming yillikda mehnat bozori infratuzilmasi subyekti bo’lib, Internet tarmog’idagi mehnat birjalari hisoblanadi. Internet tarmog’idagi mehnat birjalaridan aholining keng qatlami ish bilan bandlikka oid ma’lumotlardan keng miqyosda foydalanishlari mumkin.
Mehnat bozori infratuzilmasi funksional elementlari va tarkibiy qismlari bo’yicha quyidagi tizimlarni o’z ichiga oladi:
1. Mehnat bozori infratuzilmasining ustqurmaviy elementlari: bunga davlatning tartibga solish va normativ-huquqiy roli, mehnat shartnomalari va hokazolar kiradi. Davlatning tartibga solish roli huquqiy normalar va qonunlarning qabul qilinishi, mehnat munosabatlarini tartibga solish, investisiyalar harakatini boshqarish, ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, ishchi kuchi shakllanishiga ta’sir etishdan iborat.
2. Mehnat bozori infratuzilmasining tashkiliy tarkibi, ya’ni, makro va mikro darajalardagi tashkiliy-iqtisodiy va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
– ishga joylashtirish bo’yicha tashkiliy tuzilmalar, bularga, davlat, munisipial organlar, nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari va assosiasiyalar kiradi;
– ta’lim tizimi, bunga davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatidagi o’quv markazlari hamda o’rta va oliy o’quv yurtlari kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari sifatida, fuqarolarni o’qitish bo’yicha ish bilan bandlik xizmati organlari bilan shartnomaviy hamkorlikda mehnat bozoriga yangi mutaxassislarni tayyorlab beradi;
– rekrut tizimi, bunga rekrut agentliklari va ixtisoslashgan mehnat birjalari kiradi;
– axborot tizimi-mehnat bozori holati haqida axborotlarni to’plash;
– ijtimoiy tizim – ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lganlarga ko’rsatiladigan xizmatlar bo’yicha markazlar va tashkilotlar;
– moliyaviy tizim – bularga davlat ish bilan bandlik jamg’armasi, tijorat ish bilan bandlikka ko’maklashuvchi jamg’armalar, bitiruvchilarni ishga joylashtirishga ko’maklashuvchi o’quv yurtlarining jamg’armalari kiradi.
Mehnat bozori infratuzilmasi o’zining vazifalarini amalga oshirish uchun bir qator funksiyalarni bajaradi, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
– mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklif muvofiqligi mexanizmining samaradorligini oshirish uchun me’yoriy-huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish;
– mehnat daromadlarini olish va mehnat huquqini amalga oshirishga ko’maklashish;
– ish bilan band bo’lmagan aholini qo’llab-quvvatlash va ijtimoiy ta’minlash;
– ish bilan band bo’lgan va band bo’lmagan aholini kasbga o’qitish, tayyorlash va malakasini oshirish;
– mehnat bozori kon’yunkturasi, ishchi kuchiga talab va taklifning o’zgarish tendensiyalari va ularning rivojlanish istiqbollari to’g’risida axborotlarni ishlab chiqish. Ishchi kuchini sotuvchilar va sotib oluvchilarga axborot xizmatlari ko’rsatish.
S.Beysenov va T.Muxambetovlarning nuqtai nazariga ko’ra mehnat bozori infratuzilmasining uch darajasi ajratib ko’rsatiladi: davlat, hududiy va korxona. Shuningdek, mehnat munosabatlari masalalarini xalqaro darajada tartibga solishning bosh elementi bo’lib XMT hisoblanadi. 2.3.1-jadvalda mehnat bozori infratuzilmasining darajalari va funksiyalari keltirilgan.
Mehnat bozori infratuzilmasi tarkibidagi institusional tuzilmalar va tashkilotlar o’rtasida yuzaga keladigan ish bilan bandlikka oid ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ularning o’zaro aloqadorligini ta’minlaydi.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish