6.1. rasm. Kadrlar bilan ishlash tizimida kadrlarni rejalashtirishning o’rni1
Kadrlarni rejalashtirishning asosiy afzalliklari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
xo’jalik faoliyati strategiyasiga taalluqli kadrlar masalalari va yehtiyoji (tashqi va ichki)ni aniqlash;
xo’jalik faoliyati yuritish strategiyasini ishlab chiqish jarayonida amalga oshirilishi kerak bo’lgan kadrlar masalalari va investitsiyalarini belgilash;
kadrlar bo’yicha dasturlarning xo’jalik faoliyatini yurgizish umumiy strategiyasiga muvofiqligini kafolatlash;
kadrlar bilan ishlash yordamida korxona raqobat bardoshligini, uning samaradorligini oshirish;
kadrlarning ortishi yoki uni qisqartirish bilan bog’liq rejalarni amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |