Doimiy xodimlar va vaqtincha jalb qilinadigan xodimlar o’rtasida maqbul uyg’unlikni saqlab turish. Bunday yondashuv mavsumiy ishlar bilan bog’liq tashkilotlarga, shuningdek ish yuki bir tekis taqsimlanmagan tashkilotlarga yoki loyihalar bo’yicha ishlaydigan tashkilotlarga ko’proq mos keladi.
Kadrlarni jalb qilishning tashqi (tashkilot tashqarisidan) va ichki (tashkilot ichidan) manbalari ajratiladi. Ularning har ikkalasi o’z afzalliklari va kamchiliklariga yega.
Xodimlarni tashqaridan yollashning (tashqi manbalar) afzalliklari quyidagilar hisoblanadi:
nomzodlarni izlashning nisbatan osonligi va ularni tanlab olish imkoniyatlarining kengligi;
yangi qabul qilingan xodimlarda tashkilotni rivojlantirish uchun yangi g’oyalarning paydo bo’lishi;
tashkilotning kadrlarga bo’lgan yehtiyojini to’liq qondirish mumkinligi;
jamoa ichida fitnalar yuzaga kelishi xavfini kamaytirish, zero yangi kadrlar ye’tirof va obro’ni osonroq qo’lga kiritadilar, deb hisoblanadi;
o’qitishga kamroq xarajatlar qilinishi (mavjud xodimlarni qayta o’qitishga ketadigan xarajatlarga nisbatan);
tashkilot uchun qo’shimcha reklama hamda uning muayyan HR-brendga ega bo’lgan faol ish beruvchi sifatida namoyon bo’lishi.
Umuman olganda, agar tashkilotda tegishli bilimlarga va ko’nikmalarga yega munosib nomzodlar umuman bo’lmasa, yoki tashkilotdagi ishlash tizimini chuqur va jiddiy qayta qurish talab yetilayotgan bo’lsa, xodimni tashqaridan taklif qilish o’zini oqlaydi.
Kadrlarni tanlab olishning tashqi manbalari kamchiliklariga quyidagilar kiritiladi:
yangi xodimni jalb qilishga ham, uni moslashtirishga ham katta sarf-xarajat qilinishi;
yangi xodimlar va ishlab kelayotgan xodimlar o’rtasida ziddiyatlar kelib chiqishi oqibatida ma’naviy-psixologik muhitning yomonlashishi mumkinligi, xodimlar tashqaridan ko’proq jalb qilinadigan bo’lsa – kadrlar qo’nimsizligining ortishi xavfi;
tashkilotning korporativ madaniyatiga, boshqaruv uslubiga moslashishga ko’p vaqt ketishi, muayyan ish uchastkasida mehnat unumdorligining pasayishi, yangi xodimlarning sinov muddatidan o’tolmasligi va h.k.
Tashkilot o’z xodimlarini jalb qilish (ichki manba)ning afzalliklari quyidagilar:
ushbu jarayonni rejalashtirish uchun shart-sharoitlar mavjudligi;
ish haqini oldingi darajada saqlab qolish mumkinligi (chetdan jalb qilingan xodimlarga ba’zan ko’proq ish haqi to’lashga to’g’ri keladi);
xodimlarga xizmatda o’sish istiqbollarining ochilishi, bu ishdan qoniqishni oshiradi va rag’batlantiruvchi omil hisoblanadi;
shtatlar qisqartirilganda asosiy kadrlar tarkibining saqlanishi;
talabgorlarning tashkilot xususiyatlarini yaxshi bilishi;
nomzodlar ko’nikmalarining rivojlanganlik darajasi, shaxsiy salohiyati va ishdagi xulq-atvor xususiyatlarini bilishi (tavakkalchilik darajasining pastligi);
kadrlar qo’nimsizligining pasayishi;
yangi sharoitlarga va yangi ish joyi talablariga osonroq moslashish;
kadrlar siyosatining oshkoraligini ta’minlash;
kadrlarni o’qitish va malaka oshirish dasturlarini optimallashtirish mumkinligi va h.k.
Kadrlarni tashkilot ichidan jalb qilish afzalroq hisoblansa-da, shunga qaramay, buning o’z kamchiliklari ham bor, ularga quyidagilar kiradi:
yangi ishga ko’tarish (tayinlash) uchun nomzodlar sonining cheklanganligi;
qayta o’qitishga qo’shimcha xarajatlar qilish zarurati;
ichki raqobat kuchayishi oqibatida jamoada keskinlik paydo bo’lishi xavfi;
yangi ishga “kerakli odamlar”ni ko’tarish yehtimoli;
“bort ortida qolganlar” faolligining pasayishi;
ishchi kuchiga umumiy talabning saqlanib qolishi.
Tajribali menedjerlarni tanlash umumiy muvaffaqiyatning muhim sharti hisoblanadi. Kompaniyaning maqsadi biznes sohasida katta tajriba to’plagan, ham a’lo darajadagi texnik ko’nikmalar, ham yetakchilik sifatlariga yega iqtidorli menejerlarni jalb qilishdan iborat. Kadrlar tarkibini to’ldirishning boshqa usuli yuqori toifali mutaxassislar va oliy o’quv yurtlarining yuqori salohiyatli bitiruvchilarini tanlab olish hisoblanadi.
7.Korxonada xujjatlarni tayyorlash va ularga qo’yiladigan talablar.Xujjatlarni tasniflanishi
Xujjatlarni tayyorlash,uning bosqichlari va ularni soddalashtirish. Xujjatlar tarkibi va zaruriy qisimlari. Ichki xujjatlar va tashqi xujjatlar. Xujjatlarni tayyorlashda kompyuter dasturlaridan foydalanish. Xizmat xujjatlari. Buyruqlarning tayyorlanishi va ularning turlari. Farmoyish xujjatlarining tuzilishi va rasmiylashtirish jarayoni. Boshqa xujjatlar; memorandumlar, tushintirish xatlari, anketa, hisobot, xatlar, telegrammalar, telefon xabarlari. Ro’yxatga olish, ularning maqsadi, mazmuni, tartibi. Hujjatlarni tayyorlash odatda kompyuterda olib boriladi. Xozirgi kunda kompyuter xar joydan yozuv mashinkasini sikib chikarib, hujjatlarni tizim va taxrirlashning asosiy vositasi bulib koladi. Shuning natijasida hujjat matnini tayyorlashda ancha yirik xajmdagi malumotlarni aniklash va urganish; tuzish va kelishtirish jaryonida hujjatlarni kup marotaba kayta bosmadan chikarishni bartaraf etish, hujjatning ust kismini bezatish madaniyatini yanada yaxshilash imkonini beradi.
Xar bir hujjatni tayyorlash 3 boskichda olib boriladi:
hujjat matnini tuzish;
hujjatni kelishtirish;
hujjatni rasmiylashtirish.
Hujjat tayyorlashning 1-boskichi konunga asoslangan bulib, shuningdek shu kabi savollarni yechish tartibini belgilovchi avvalgi meyoriy-uslubiy hujjatlarni urganishdir. Hujjat tayyorlashning bu boskichi murakabligi va konunchilikka doir malumotlarni izlash buyicha murakkab ishlar utkazish zarurligi tufayli kupincha koldirilib kelingan. Xozirgi paytga kelib uzida turli xil konunchilik va meyoriy-uslubiy hujjatlarini saklovchi kup sonli yuridik va konunchilik malumot banklarning mavjudligi hujjatlar tayyorlash sifatini yanada oshirishgasharoit yaratdi.
Arzon ma’lumot banklari kompakt diskdagi mavzuyi tanlangan hujjatlar kurinishiga ega bulishi mumkin. «Garant», «Konsultant plyus» kabi tizimlar yangi meyoriy hujjatlar bilan davriy ravishda (xar xafta, xar kuni) tuldirilishini yoki Internet orkali eng yangi ma’lumotlarga ega bulishni nazarda tutadi. Bular ichida davlat konunchiligi, viloyatlar konunchiligi, mavzusi tanlangan malumotlar - boj konunchiligi, bank konunchiligi, uy- joy konunchiligi, solik tulash va buxgalteriya xisoboti va boshkalar bulishi mumkin.
Bunday tizimlar berilgan mavzuga doir hujjatlarni tez tanlab olish, uzaro boglik meyoriy aktlarni kurib chikish, kerak bulsa - tanlangan materialni bosib chikarish imkonini beradi.
Hujjat tayyorlashning 2 - boskichi aynan shu savol va shunga uxshash savollar buyicha avvalgi hujjatlarni va ularning yechimlarini urganadi. Hujjatlarni tanlash xajmi tayyorlanayotgan hujjatning to’g’riligi, uziga zid bulmasligi va xajmini belgilab beradi. Yakin-yakingacha, korxona hujjatlarini qayd qilish, ananaviy tizimlarda kerakli hujjatlarni topish ancha mushkul bulgan edi. Hujjatlarni mavzu buyicha tanlash predmet mavzusi kartoteka bilan chegaralanib, katta mehnat sarflash orkali xam yetarli va kerakli hujjatlar xajmi bulmagan. Hujjatlar va avtomatlashgan kidiruv urtasida urnatilgan kompyuterlashgan qayd qilish tizimigina berilgan savol buyicha deyarli barcha kerakli hujjatlarni topish, hujjatlarni tula matni saklangan tizimida esa - kerakli barcha malumotlarni usha zaxotiyok ekranga chikarish imkonini beradi.
Hujjat tayyorlashning 3-boskichi muayyan vaziyat buyicha malumotlar yigishdan iborat bulib, bu boskichda xam yigilgan malumot bazalari, xam korxona, firma va tashkilotda yaratilgan malumot bazalarini ishlatish mumkin. Malumot yigishning keng tarkalgan usullaridan biri-Internetdagi kidiruv jarayonidir. Masalan, ishlab chikaruvchining maxsulot texnik tavsifi xakidagi malumotni olishi, turli mol yetkazib beruvchilarning maxsulot va xizmatlarga kuygan narxlarini takkoslash, manzillar, telefonlar va jadvallar to’g’risida xabardor bulish.
Shu tartibdagi tayyorlov ishlari utkazilgandan keyingina shaxsiy hujjatni sifatli tayyorlash mumkin. Xar kanday tashkilot uz nizomida belgilangan vazifalarni doimiy va kayta bajarib kelganligi sababli, hujjatlar tuzishni talab kiluvchchi xolatlar xam takrorlanadi, yani bir turda buladi. Bunday hujjatlarning shakli va matnini oldindan sinchkovlik bilan ishlab chikish, ularni kompyuter xotirasiga trafaret matnlar va shablonlar kurinishida kiritib, malum bir vaziyatlarnihujjatlashtirishda kullash mumkin.
Ba’zi hujjatlar barcha tashkilotlar uchun umumiy xisoblanadi. Ularning shakli tegishli idoralar tomonidan ishlab chikiladi va tasdiklanadi. Masalan, buxgalteriya hujjatlari unifikatsiyalashgan shakllar albomida Davlat statistika kumitasi tomonidan tasdiklangan va boshkalar.
Ma’lumki, xar kanday hujjat muayyan axborotni u yoki bu tarzda ifodalash uchun xizmat kiladi.
Hujjatshunoslikda ish yuritishdagi hujjatlar kuyidagicha tasniflanadi:
1. Boshkaruv axborotining sifatiga kura
• kirim;
• chikim.
2. Faoliyat turiga kura
• ma’muriy va umumiy savollar buyicha;
• moliyaviy-xisob jarayonlari;
• ta’minot va savdo buyicha;
• personal xodimlar buyicha.
3. Mazmuniga kura;
• s o d d a hujjatlar;
• murakkab hujjatlar.
4. Yaratilish davriga kura
• ichki hujjatlar;
• tashki hujjatlar.
7. Belgisiga kura
• koralama;
• asl nusxa;
• nusxa;
• erkin nusxa;
• kuchirma;
• ikkinchi nusxa.
8. Mazmun bayonining shakliga kura
• shaxsiy hujjatlar;
• ko lipli hujjatlar;
• namunali hujjatlar.
9. Hujjatlar tegishlilik jixatiga kura
• xizmat yoki rasmiy hujjatlari;
• xususiy hujjatlar.
10. Bajarilish muddatiga kura
• shoshilinch hujjatlar
• noshoshilinch hujjatlar.
11. Mamuriy-boshkaruv faoliyatida xizmat mavkeiga kura
• tashkiliy hujjatlar;
• farmoyish hujjatlari;
• ma’lumotsimon axborot hujjatlari;
• xizmat yozishmalari.
Ichki hujjatlar. Ayni muassasaning uzida tuziladigan va shu muassasa ichida foydalaniladigan hujjatlardir.
Tashki hujjatlar. Muayyan muassasaga boshka tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlardir.
Sodda hujjatlar - muayyan bir masalani uz ichiga oladi.
Murakkab hujjatlar - ikki yoki undan ortik masalani uz ichiga oladi.
Matnning uziga xosligi, betakrorligi, xamisha xam bir andozada bulmasligi xususiy hujjatlarning asosiy belgilaridir. Bunday hujjatlarda xam muayyan doimiy tarkib mavjud bulsada, bevosita mazmun bayoni bir kadar erkin buladi.
Namunaviy hujjatlar boshkaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan boglik, bir-biriga uxshash va kup takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni uz ichiga oladi.
Kolipli hujjatlar odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish kogozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi. Yangi uzgarmas va uzgaruvchi axborotlar shuning uchun bu turdagi hujjatlarga nisbatan kupincha «yozmok» emas, balki «tuldirmok» suzi ishlatiladi. Shu urinda aytish kerakki, hujjatlarning kolipli turlarini kengaytirish ish yuritishni takomillashtirishdagi istikbolli yo’llaridan biridir. Chunki bunday qilish hujjat matnlarini bir xillikka olib kelish va hujjat tayyorlash uchun ketadigan vakt xamda mehnatni anchagina tejash imkoniyatini beradi.
Kolipli hujjatlarga ish xaki yoki yashash joyi xakidagi malumotnomalar, ayrim dalolatnomalar, xizmat safarlari guvoxnomalari va boshka kuplab hujjatlarni kiritish mumkin.
Xizmat hujjatlari tayyorlanishiga kura muassasa yoki mansabdor shaxslarga tegishli bulsa, shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozilib ularning xizmat faoliyatlaridan tashkaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan boglik masalalarga tegishli buladi.
Asl nusxa xar kanday hujjatning asli, birinchi rasmiy nusxasidir. Asl nusxaning aynan kayta kuchirilgan shakli nusxa deb yuritiladi, odatda nusxaning ung tomonidagi yukoridagi burchagiga nusxa degan belgi kuyiladi.
Hujjatchilikda shuningdek aynan va erkin nusxalar xam farklanadi. Aynan asl nusxaning barcha xususiyatlarini hujjat zaruriy kismlarining joylashishi mavjud shakliy belgilar matndagi bosma, yozma xarf shakllari va shu kabilarni anik va tulik aks ettiradi. Erkin nusxada esa hujjatdagi axborot tulaligicha ifodalansada, bu nusxa tashki xususiyatlari jixatidan bevosita muvofik kelmaydi, ya’ni erkin nusxada asl nusxadagi muxr urniga «muxr» deb, imzo urniga «imzo» deb, gerb urniga «gerb» deb yozib kuyiladi. Ba’zan muayyan hujjatga tulasiga emas, balki uning bir kismiga extiyoj tugiladi. Bunday xollarda hujjatdan nusxa emas, balki kuchirma olinadi. Asl nusxa yukolgan xollarda hujjatning ikkinchi nusxasi beriladi, ikkinchi nusxa asl nusxa bilan bir xil xukukiy kuchga egadir.
8.Korxonada ish yuritishni tashkil etish va uning texnologiyasi.
Ish yuritish xizmatining strukturasi va funktsiyasi.Korxonalarda ishlar boshqarmasi.Ish yuritish tizimi va uning turlari.Ish yuritishning markazlashgan tizimi. Markazlashmagan tizimi. Korxonalarda ish yuritishni yo’lga qo’yish. Xujjatlarni korxonani boshqarish jarayonida tuzish,ularni ishlash,saqlash va ulardan foydalanish. Kirim yoki chiqim xujjatlarini kampyuter yordamida qayd qilish. Ishlar xarakteri va xajmiga, shuningdek, korxonaning strukturali bulinishiga kura ish yuritishni tashkil qilishning kuyidagi sistemalari kullaniladi:
Markazlashtirilgan.
Markazlashmagan.
Aralash sistemasi.
Ish yuritishning markazlashtirilgan sistemasi asosiy ish yuritish operatsiyalarini tula markazlashtirish bilan xarakterlanadi. Bu jarayonlar bir yoki bir necha shaxs yoki bulinma tomonidan amalga oshiriladi. Bu sistemada ish yuritish vazifasi kotibaga, ayrim mutaxasislarga va bugalteriya xodimlariga yuklanadigan kichikrok korxonalarda kullaniladi.
Markazlashmagan sistemada ish yuritishga oid ishlar strukturali bulinmalarda tuplangan bulib, bu yerda sekretarlar yoki bir gurux ish yurituvchilar hujjatlarni ishlash bilan boglik barcha ishlarni amalga oshiradi.
Eng keng tarkalgan sistema - bu ish yuritishning aralash sistemasi bulib, unda jarayonlarning bir kismi markazlashgan tartibda va kismi esa markazlashmagan tartibda bajariladi. Korxonalar, firmalar kaysi guruxga kirishini hujjat aylanishiga karab, ya’ni yil mobaynida kayta ishlanadigan mikdoriga karab aniklanadi.
Tashkiliy strukturasi murakkab va hujjatlar aylanishi katta bulgan muassasalarda ish yuritishni tashkil etishning aralash sistemasi kullaniladi. Bu sistemada bir xil operatsiyalar: hujjatlarni kabul qilish, junatish, kupaytirish, ijroni nazorat qilish jarayonlari markazlashtiriladi. Xizmat hujjatlaridan foydalanish jarayonlari esa turli bulimlar (buxgalteriya, Iqtisod bulimi, texnologiya bulim va xakazo) buyicha olib boriladi.
Bu sistemalarning kaysi birini kullash korxonaning ish sharoitiga, bulimlarning uzok-yakin joylashganligiga, ularning ish xajmi va xarakteriga boglik. Ammo xar uch xolatda xam ish yuritishning maksadi junatiladigan chikim, keladigan kirim va idora ichidagi ichki hujjatlarni anik, madaniy yuksak tarzda va uz vaktida rasmiylashtirishdan, delolarni, shtamp va pechatlarni belgilangan tartibda yaxshi saqlashdan, kelgan kishilarga dikkat etibor bilan xizmat qilishdan iborat.
Korxonalarda ish yuritishning kanday sistemasi kullanilishidan katiy nazar, kuyidagi printsiplar uning asosini tashkil etishi lozim.
1. Korxonaning barcha bulinmalarida hujjatlar kabul qilishning bir xil usllari, hujjat formalari, ijroni nazorat qilish kabu usullar kullanilishi kerak.
2. Korrespondentsiya bir joyda kabul kilib olinishi va qayd kilinishi lozim.
3. Hujjatlar bir marta qayd kilinishi kerak. Kayd qilish sistemasi hujjatlarni ijro etishni nazorat qilish sistemasi bilan uzaro boglangan bulishi kerak.
4. Hujjatlar ijro etilish boskichlarida shunday saklanishi kerakki, toki zarur malumotnomani tuzish uchun kerakli hujjatni tez topish mumkin bulsin.
5. Hujjatlar eng yukori tezlik bilan xamda eng kam mehnat sarflangan xolda doiraviy aylanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |