Boshqalar muloqotda o’zini qanday tutishini kuzating
Muloqotga kirishayotgan tomonlarni kuzatishning ko’p imkoniyatlari mavjud. Kinofilmlarda ham, teleko’rsatuvlarda ham tanishuv va uchrashuv sahnalarini ko’rish mumkin. Ko’rish vaqtida ye’tibor bering. Ovozga, gavda tutilishiga, harakatlarning ravonligiga ye’tibor qiling. Insonlarni muloqot jarayonida kuzatish mumkin bo’lgan sharoitlarda ishlasangiz, bundan foydalaning. Muloqot boshlanishini, masalan, restoranda ham kursa bo’ladi. Mana ishbilarmonlar bir-birini qarshilamoqda. Ular buni qanday bajaradilar? Nima sodir bo’layapti? Insonlar qanday qilib shakllanib bo’lgan guruhlarga qo’shilayaptilar? Bu qanday harakatlar bilan amalga oshirilmoqda? Sodir bo’layotgan narsalarni kuzatishdan foydali xulosalar chiqaring. Bu narsalarga yuzaki qaramang, asl mohiyatiga ye’tibor bering. Mumkin bo’lgan vaziyatlarni tasavvur qiling. Har bir qulay vaziyatlarda Siz muloqot yo’llari va usullarini amalda qo’llang. Siz yendi qatnashadigan vaziyat holatlarini tahlil qilish uchun vaqtga yega bo’lib, muloqot jarayonida yerishmoqchi bo’lgan maqsadingizni aniq qo’yib, Siz ancha ustunlikni qo’lga kiritasiz. Balki har qachon va har qanday holatda omad sizga qo’lib boqmas, lekin Sizning g’alabalaringizning o’rtacha darajasi yuqori bo’ladi.
2. Emotsional (mental) vositalar. Boshqaruvning ko’pgina yemotsional vositalaridan biz quyidagilariga to’xtalamiz:
«Qila olmoq – bajarmoq» o’rtasidagi munosabat
Agar siz vazifani bajarish mumkinligiga o’zingizni ishontirsangiz va ishonsangiz: Siz uni bajarasiz.
Joylashuvning ta’siri
Xulq-atvorning qanday namoyon bo’lishiga “Bu yerda men o’z uyimdaman. Bu mening makonim” deb his qilish ham ta’sir yetadi. O’zingizga ishonch, Sizga tanish bo’lgan ba’zi joylarda his qiladigan xotirjamlikni, agar Siz bu hissiyotni istagingizga ko’ra uyg’ota olsangiz - har qachon va har qanday joyda xotirjam bo’lishingizga yordam beradi.
Muloqot turini tanlash
Ko’pincha Sizda muloqot turini tanlash imkoniyati mavjud: masalan, Siz telefonda yoki yuzma-yuz gaplashishingiz mumkin. O’zingizga yeng qulay va samaralisini tanlang.
Telefon boshlash uchun yaxshi - Siz suhbatdan oldin yozuvlarni tayyorlab, oldingizga qo’yib qo’yasiz.
Muvozanatning ko’rinishi
Sizning rakibingiz o’z ustunligiga ishonadi. Sizga o’z xukmini o’tkazish mumkinligiga ishonib, uni o’ziga kat’iy ishonch hissiyoti qamrab oladi. Siz uning fikrlarini o’zingizga kerakli tomonga burishingiz mumkin va mantiqiy nihoyaga yetgandan so’ng, baxslashuvni uning o’z so’zlari bilan yakunlang, lekin bunda Sizga kerakli bo’lgan narsalarni uqtirib turing.
Do'stlaringiz bilan baham: |