1. Jismoniy vositalar. Jismoniy vositalar - bu biz bevosita kuzatadigan narsalar, aynan ularning o’zgarishi tez seziladi. O’zingizning qaysidir bir shaxsiy jismoniy sifatlaringizni kamchilik deb hisoblab, ularni o’zgacha xulq manerasi bilan qanday qoplashni hal qilishingiz mumkin.
Jismoniy sifatlarning har birini alohida ko’rib o’tamiz, lekin shuni yesda tutish muhim: bizning har birimizda ular birgalikda namoyon bo’ladi. Har birimizning kalbimizda ayrim yelementlarni birlashtirgan o’z ideal fizik obrazimiz mavjud bo’lishi kerak.
Buyi - bast
Bizning jamiyatimizda o’rta va past buyli kishilar oldida ko’pincha baland buyli kishilarga ko’proq ye’tibor beriladi.
Kadrlar bo’limida o’tkazilgan so’rovlar ishga qabul qilishda yuqori bo’yli kishilarga ma’lum darajada ko’proq ye’tibor berilishini yuzaga chiqardi. Bu yerkaklarga ham, ayollarga ham taalluqli, lekin ayollarga nisbatan kamroq darajada.
Aniqki, buyni haqiqiy o’stirish to’g’risida gan ham bo’lishi mumkin yemas, lekin uni yuqoriroq qilib ko’rsatish mumkin. Buning uchun gavdaning tuzilishini o’zgartirishi mumkin, ya’ni “To’g’ri tik turing”, “To’g’ri o’tiring”, gavdani to’g’ri tuting. Gavdaning to’g’ri tutilishi - o’ziga ishonch va yerkinlik tasavvuridir, shuningdek, bu kishini balandroq ko’rsatadi. Achinarli tutilgan gavda zaiflikni ma’lum qiladi. O’z vaqtida bundan foydalanishingiz mumkin.
O’zingizda kat’iyatlikni ko’rsatmang - kuchingiz yetmasligini ko’rsatib qo’yasiz. Agar, Siz haqiqatda o’zingizni ishonchsiz sezib, buni ko’rsatsangiz mag’lubiyatga uchraysiz. Boshqa tomondan, Siz kuchli va o’ziga ishongan inson “rolini o’ynasangiz”, ikkita narsa sodir bo’lishi mumkin: birinchisi, Sizning raqibingiz kim kuchga va ka’tiyatga yega kishini ifoda yetayotganini hisobga olishga majbur bo’ladi. Ikkinchidan, o’zingizning “zo’r”ligingizni namoyon qilib, Siz haqiqatdan ham o’zingizni kat’iyatli deb his qilasiz.
Lekin bunday xulq asosiy printsip - har qanday vaziyatda ham nimani xoxlayotganingizni bilishingiz zarurligi bilan bevosita bog’liq. Sizga qanday yakun ma’qulligini bilib olsangiz, barcha imkoniyatlaringizni ishga solishingiz mumkin.
Qo`l qisishuv.
Biz har kuni bir-birimizning qo’limizni qisamiz, lekin buni ko’pincha noto’g’ri qilamiz. Bu yerda hech qanday qiyinchiliklar yo’q, do’stona qo’l qisishuvlar yesa ko’p ma’noni bildiradi. Bu boshqalar bilan jismoniy aloqaga kirishishning yeng birinchi va asosan yagona usulidir. Va bu o’z vazifasini bajarishi lozim.
Yaxshi qo’l qisishuvni ikkita so’z - qisqa va kuchli so’zlari bilan ifodalash mumkin. Qo’l qisishuv kuchi qat’iy ishonchdan darak beradi.
Ovoz.
Qo’l qisishni oddiy “Salom!” yoki “Assalomu - alaykum!” degan so’zlar bilan bajargan ma’qul. Lekin bu so’zlar aniq yeshitilishi va yerkin, hamda ishonchga to’la bo’lishi kerak. Siz insonga ishonmagan takdiringizda ham buni bildirmang.
Sizning qadam tashlashingiz kabi nutqingiz ham ravon bo’lsin. Tez gapirish insonni fikridan adashtiradi, hayajonlanishingizni ko’rsatib qo’yadi. Siz qabul qilishga qulay bo’lgan tezlik bilan ifodali qilib gapiring. Nima gapirayotganligingizni faqatgina uylab yemas, balki qanday gapirayotganingizga ham qo’loq tuting. Ovozingiz qanday yeshitilishini tasavvur qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |