Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Korxonalarda ish yuritishni yo’lga qo’yilishi



Download 0,5 Mb.
bet12/19
Sana26.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#511848
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Doniyor Amaliyot Hisoboti 1

Korxonalarda ish yuritishni yo’lga qo’yilishi.
Boshkarishda xar kanday korxona va tashkilotlarda ish yuritishni takomillashtirish asosiy vazifadir. Hujjat xar kanday korxona yoki xujalik faoliyatini tartibga solib turuvchi omildir.
Korxona va tashkilotlar uzlarining maksadlariga erishish uchun ishlab chikarishda ish yuritishni to’g’ri yo’lga qo’yishlari lozim. Chunki tartibli ishda unum va samaraga erishish mumkin. Hujjatlarni rasmiylashtirish, tegishli joylarga junatish, kerak bulganda kursatish, hujjatlarni arxivda saqlash kabi vazifalar xakikatdan xam korxonaning ish faoliyatiga tasir kursatadi.
Xar kanday qaror doimo kurilayotgan masala yoki boshkarilayotgan obekt asosida kabul kilinadi. Axborotning anikligi, xakkoniyligi va tulikligi kabul kilingan qarorning zamonaviyligi va to’g’riligiga boglik.
Axborotlarni tashuvchi bulib hujjat xisoblanadi. Hujjatlar xar xil turda: xat orkali, rasm orkali, grafik, fotosurat va ovoz yozish orkali kabul kilinishi mumkin. Axborotni kiritib shu yo’l bilan uni saqlash va tuplashni, boshka shaxsga uzatishni, kup marta foydalanishni va vaktida axborotga kaytishni taminlaydi.
Ana shu kabi vazifalarni to’g’ri yo’lga qo’yish ish yuritishda kulga kiritilgan yutuklardan xisoblanadi.
Ish yuritish korxonalarga yuklatiladigan asosiy vazifani bajarishga yordam berish bilan birga, u shunday yo’lga qo’yilishi kerakki :

  • hujjatlarda korxona va bulinmalarning ishini to’g’ri va tez aks ettirish:

  • xizmatga doir barcha yozishmalarni kabul qilish, xisobga olish va junatish jarayonlarini anik va tez bajarish:

  • barcha zarur malumotlarni joriy ishlar va arxivdagi qayd malumotlari buyicha tez va oson topib olish:

  • hujjatlarning bajarilishi muntazam suratda nazorat kilib turish mumkin bulsin.

  • Hujjatlarni korxonani boshkarish jarayonida tuzish, ularni ishlash, saqlash va ulardan foydalanish bilan boglik ishlar umumiy ish yuritishga oiddir. Unda buyruklarga shaxsiy tarkibga va majlisning borishi va uni rasmiylashtirishning uziga xos xususiyatlari buladi. Bundan tashkari buxgalteriya va statistika xisobi, rejalashtirish, moddiy texnika taminoti va korxonaning boshka tur faoliyatiga oid hujjatlashtirish tizimi bor, ularning xammasi maxsus ish yuritishga oiddir.

  • Keladigan hujjat, odatda kabul kilib olish, qayd qilish, korxona raxbarlarining kurib chikishi, ijrochiga topshirish, ijro qilish, ijroni tekshirish, ijro kilingan hujjatni qayd qilish,tegishli joyga yuborish uchun tayyorlash boskichlaridan utadi. Bu boskichlarning eng muxim xususiyatlarini kurib chikish mumkin.

  • Hujjatlarni kabul qilish. Korxonaga kelgan hujjatlar kirish korrespogndentsiyasi deb ataladi. Kabul kilingan korrespondentsiyaning adres buyicha kelganligi tekshirilishi va konvertlar hujjatlarga zarar yetkazilmagan xolda ochilishi zarur. Biror shaxsga atalgan konvertlarni ochish tavsiya etilmaydi, hujjat olingan sana, konvertlar mazmuni xamda hujjatlarga ilovalarning bor yoki yukligi tekshirilishi zarur.

  • Korrespondentsiyani qayd qilish. Kayd qilishda jurnal va kartochka sistemasi kullaniladi. Hujjatlarni qayd qilishning jurnal formasida hujjatlar kelish tartibi buyicha kitobchada qayd kilinadi. Bu shaklni hujjat aylanishii uncha katta bulmagan (10-15 ta xat olinadigan) korxonalarda kullash tavsiya etiladi. Kayd qilishning bu shakli ancha samarasiz bulib, hujjatlarni kidirishni birmuncha kiyinlashtiradi xamda ish yuritish jarayonlarini mexanizatsiyalashga tuskinlik kiladi.

Kayd qilishning kartochka usuli eng yaxshi usul bulib, eng kam mehnat sarflagan xolda xisobga olish, nazorat qilish va axborot - malumot kidiruv ishlarining puxta tizimini tashkil qilish, hujjatlar aylanishii vaktini kiskartirish imkonini beradi. Bu tizimning mohiyati shundaki, hujjat malumotlari yoki bir necha hujjat malumotlari muayyan kartochkaga yoziladi, kartochkaning bir nusxasi xat bilan birgalikda ijrochiga yuboriladi, ikkinchi nusxasi kotibada nazorat kilib turish uchun koldiriladi. Ayrim xollarda kartochkalardan avval hujjatlarning ijro etilishini nazorat qilish uchungina foydalaniladi, sungra ijro etish xakidagi belgilar bilan malumot olish maksadlarida kartotekaga joylab kuyiladi.

9.Korxonada mehnat resurslarini boshqarish
Korxonada mehnat resurslari tarkibi va ish joylariga taqsimlanishi. Korxonada mehnat resurslarining boshqarish samaradorligi. Korxonada ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish. Korxonada boshqaruv usullari. Boshqaruv xodimlari mehnatini samarali tashkil yetish. Tashkiliy struktura va mehnat resurslarining vazifalari. Boshqarish mahorati va xususiyatlari. Korxonalarda mehnat resurslarini boshqarishda xorijiy tajribalardan foydalanish. Boshqarish jarayoni va stillari
Boshqarish jarayoni bir tomondan, menejerning maqsadlari, ko’rsatmalari va qobiliyatlari bilan, boshqa tomondan yesa boshqaruv amalga oshirilayotgan vaziyat bilan aniqlanadi. Vaziyatni aniqlovchi omillar masalaning qo’yilishidan, xodimlar muammolarini hal qilish uchun nazarda tutilgan potentsialdan va tashqi muhitning hukmron sharoitlaridan kelib chiqadi.
Boshqaruv stili (uslubi) deganda menejer xulqining odatiy ko’rinishi va o’zini tutish usullari tushuniladi.
Qabul qilinadigan qarorlarda boshqaruvchilarning ishtirokiga ko’ra boshqaruvning ideal-tipik avtoritar, aloqadorlik va avtonom (muxtor) uslublari ajratiladi.
Boshqaruvning avtoritar uslubi menejer uchun hokimiyat mavjud bo’lganda irodaning yakkashaxsliligi va markazlashganligini namoyon bo’lishi bilan ajralib turadi. Menejer hal qiladi va buyuradi, xodimlar bu farmoyishlarni bajarishlari lozim. Bunda turli holatlar ko’zga ko’rinadi:

  • buyruqbozlik uslubi. Menejer boshqariluvchilarning ishtirokisiz hal qiladi va kat’iy buyuradi, xodimlar jazolar xavfi ostida unga yergashishga majburlar;

  • avtokratik uslub. Bunda menejer ixtiyorida hokimiyat uchun katta apparat mavjud;

  • byurokratik uslub. Menejer obro’si bu yerda rasmiy tabaqaviy tartiblardan kelib chiqadi. Menejerlar va xodimlar bitta batafsil qoidalar tizimiga bo’ysinadilar;

  • patriarxal (matriarxal) uslub. Menejer “oila boshlig’i” obro’si yordamida qayg’urib va butun javobgarlikni o’z zimmasiga olib, qarorni tushuntiradi va buyuradi, xodimlar unga bo’lgan cheksiz ishonch asosida buysunadilar;

  • xushmoyillik uslubi. Menejer o’z obro’sini shaxsning yeng yaxshi takrorlanmas sifatlari asosida qaror toptiradi va shunga yarasha yuqori shaxsiy mavqega yerishadi, xodimlap uning qarorlari ortidan yergashadilar, chunki uning ichki ijobiy hislatlariga ishonadilar.

Boshqaruvning aloqadorlik uslubi qarorlar qabul qilish jarayonida xodimlarning ishtiroki bilan ajralib turadi. Bunda quyidagi holatlarni farqlash muhim:

  • kommunikatsiya uslubi. Menejer o’z qarorini qabul qilinganini aytishga qiynaladi va shuning uchun xodimlarga ma’lum qilgandan keyingina qaror chiqaradi, xodimlar savollar berishi, o’z fikrini bildirishi mumkin, biroq farmoyishlarga rioya qilishlari kerak;

  • maslahat uslubi. Menejer qarorlarni faqat batafsil axborot va baxslashuvdan so’nggina qabul qiladi, shuningdek xodimlar tomonidan qaror va muammoning optimal yechimlari to’g’risida kiritilgan takliflarni inobatga oladi. Xodimlar, muhokamaviy ishtirok yetib, qabul qilingan qarorlarni bajaradilar;

  • qo’shma qarorli boshqarish uslubi. Bunda menejer muammoni o’rtaga qo’yadi va uni hal qilish uchun cheklangan shart-sharoitlarni o’rnatadi, xodimlar kelishilgan chegaralarda o’tkaziladigan tadbirlar to’g’risida mustaqil qaror chiqaradilar, menejer ruxsat beradi, lekin veto (ta’qiqlash) huquqini saqlab qoladi;

  • avtonom uslubi. Menejer hal qilish jarayonida o’z zimmasiga moderator (ya’ni o’zini chetga oluvchi) rolini oladi va yechimlarni jamlashga kiynaladi, xodimlar mustaqil chegaralar belgilanmagan holda, odatda ko’pchilik bilan qaror qabul qiladilar.

Boshqaruv mexanizmiga o’zining muhim kategoriyalari va maxsus taktikasi xos. Boshqaruv mexanizmi kategoriyalari shartli ravishda to’rt turga bo’linadi: fizik, yemotsional, ijtimoiy va aralash.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish