Samarqand davlat universiteti I. X. Nasimov, I. Patterson, K. M. Ibodov hozirgi zamon raqobat


 Innovasion strategiyalarning turlari



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/160
Sana04.08.2022
Hajmi3,36 Mb.
#846430
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   160
Bog'liq
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

10.2. Innovasion strategiyalarning turlari 
Innovasion strategiyalarning turli tasniflari mavjud. jumladan
 
L.G.Kudinov
korxonaning innovasion strategiyasini ikki guruhga bo‘ladi: 
ITTKIga asoslangan strategiyalar

korxonalar tomonidan tadqiqot va 
ishlanmalarni joriy etish bilan bog‘liq. L.G. Kudinov ushbu guruhga quyidagi 
strategiyalarni kiritadi: 

 lisenziyalash strategiyasi

korxona o‘z faoliyatini ITTKI natijasida olingan 
lisenziyalar, ilmiy-texnik ishlanmalarga qaratadi. Ushbu maqsadda turli patent, 
lisenziya va nou-xaular o‘zlashtiriladi va korxonaning ITTKIda qo‘llaniladi. Bu 
o‘ziga xos imitasiya strategiyasi hamdir; 

tadqiqot bo’yicha peshqadamlik strategiyasi 

 
korxonaning ITTKI 
sohasidagi yetakchiligiga qaratilgan bo‘lib, aksariyat mahsulotlar hayotiylik 
davrining o‘sish bosqichida bo‘ladi; 

hayotiylik davri bo’yicha innovasiya strategiyasi 

ITTKI ishlab 
chiqarrilayotgan mahsulotlarning hayotiylik davri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, 
bozordan chiqib ketayotgan mahsulotlar doimiy ravishda yangilanib turishiga 
harakat qilinadi; 

parallel yaratish strategiyasi 

korxonalar xarid qilingan lisenziyalarni tezda 
o‘zlashtirish va ularni mahalliylashtirishga harakat qilishadi. Ushbu strategiya 
korxonaning innovasion rivojlanishini jadallashtiradi va raqiblar imkoniyati 
pasayishi bilan bozorda yetakchi mavqyega erishishini ta‘minlaydi; 


161 
Yangiliklarni joriy etish va moslashtirish strategiyasi 

 
mavjud 
innovasiyalarni tatbiq etish va ularga moslashishni ko‘zda tutadi. Ushbu strategiya 
quyidagi turlarga bo‘linadi: 

mahsulot portfelini qo’llab-quvvatlash strategiyasi 

ishlab chiqarilayotgan 
an‘anaviy mahsulotlarning iste‘mol xususiyatlarini yaxshilashni, ma‘naviy 
eskirgan elementlardan voz kechishni ko‘zda tutadi
79


retro-yangiliklar strategiyasi 

 
(eskirgan, biroq bugungi kunga qadar 
foydalanishda bo‘lgan mahsulot va xizmatni samarali qo‘llashni ko‘zda tutadi; 

texnologik mavqyeni saqlash strategiyasi 

 
raqobat pozisiyasi mustahkam 
bo‘lgan, biroq, raqiblar tomonidan kutilmagan bosim ostida qolayotgan korxonalar 
tomonidan qo‘llaniladi; 

mahsulot yoki texnologik imitasiya strategiyasi

raqiblarga nisbatan 
texnologik va mahsulot yangiligi bo‘yicha ortda qolayotgan korxonalar tomonidan 
qo‘llanilib, qisqa davr mobaynida faoliyatni kam xarajat sarflagan holda 
yangilashga qaratilgan; 

 texnologik transfert strategiyasi

yirik integrasiyalashgan korxonalar, 
moliya sanoat guruhlari (MSG), transmilliy korxonalar(TMK) uchun xos bo‘lib, 
ular yangi o‘zlashtirilgan texnologiyalarni quyi korxonalarga berishi mumkin. 
Natijada korxonalar bosh kompaniyaga vertikal tobe bo‘lib qoladi; 

 texnologik bog’liqlik strategiyasi

ishlab chiqarilayotgan mahsulotining 
70% dan ortig‘i boshqa korxonaning texnologik innovasiyasi asosida ishlab 
chiqaruvchi korxonalar tomonidan qo‘llaniladi; 

bozorga asoslangan strategiya 

 
joriy davrda eng rentabelli va foyda 
keltiradigan mahsulotni ishlab chiqarishga asoslangan bo‘lib, yangi ish boshlagan 
korxonalar uchun qo‘llanilishi istiqbolli bo‘lishi mumkin. 

radikal quvib o’tish strategiyasi

korxonalar bozorga radikal innovasiyalar 
asosida yangi mahsulotni yoki yangi usulda ishlab chiqarishni kiritadi. Bunda eng 
asosiy e‘tibor ITTKI va ilmtalab sohaga qaratiladi. Mazkur strategiya katta 
xatarlarga ega va ko‘p xarajat talab qiladi; 

yetakchini kutish strategiyasi 

 
yirik korxonalar tomonidan bozorga 
innovasion mahsulot kiritish davrida qo‘llanilib, dastlab bozorga mayda korxonalar 
kirib keladi, muvaffaqiyatga erishilgan taqdirda yirik korxonalar tashabbusni o‘z 
qo‘liga oladi. 
Har qanday innovasion strategiyalar ularni moliyalashtirish va risklarni 
boshqarish bo‘yicha puxta o‘ylangan qarorlar qabul qilinishini talab etadi 
Giperraqobat nafaqat bozordagi mavqye uchun kurashni, balki xomashyo, 
bozor, tijorat vositachilari, innovasion ishlanmalar, nou-xau kabilar uchun bir 
vaqtning o‘zida yakka holda yoki hamkorlikda kurash olib borishdir. Savdo 
markalari, maxsulot va xizmatlar brendi borgan sari keng miqyosni qamrab 
olmoqda. Bu sharoitda innovasion strategiyalarni boshqarish ularga ta‘sir etuvchi 
quyidagi omillarni o‘z ichiga olishi kerak: 
79
Ламбен Жан-Жак. Менеджмент, ориентированный на рынок / Перев. с англ. под ред. В. Б. Колчанова. 

СПб.: Питер, 2007. 

800 с. 435 б 


162 
- S1-iste‘molni xaridor nuqtai nazaridan eng yuqori qondirilish darajasi 
(Superior Stakhold Satisfaction);
- S2-strategik rejalashtirish va prognozlashtirish (Strategic Soothsaying);
- S3 Tezlik (Speed);
- S4 Raqobat qoidalarining o‘zgarishi (Shifting Rules of competition);
- S5 Strategik maqsadlar (Strategic Intent);
- S6 Strategik hamkorlik (Strategic Thrusts);
- S7-kutilmagan vaziyatlardan foydalanish (Suprise)
Giperraqobat quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
1. Narx va sifat 

narx bo‘yicha raqobatlashuv bozorni egallash uchun 
kurashda yangi raqobat vositalaridan foydalanishni talab etadi, bu esa tovar va 
xizmatlarning sifat ko‘rsatkichlari uchun raqobatlashuga olib keladi. Bu jarayonda 
innovasion strategiyani amalga oshirishda S1 va S3 omillarni e‘tiborga olishi 
kerak;
2. O‘zgarishlarni amalga oshirish vaqti va nou-xau-bozorni egallash 
maqsadida yangi innovasion resurslar, nau-xau, yuqori texnologik jarayonlar juda 
qiska vaqt ichida maxsulot va xizmatlarda shunday xususiyatlarni yaratadiki, 
ulardan nusxa olish va o‘xshash turlarini yaratish imkoniyati bo‘lmaydi. Bunda S2, 
S3 va S7 omillarga e‘tibor qaratiladi; 
3. Raqobatga qarshi choralar ishlab chiqish 

raqobatchilarga turli to‘siqlar 
yaratish, ularni muayyan bozor segmentidan siqib chiqarish va o‘z mavqyeini 
yanada oshirish maqsad qilib olinadi. Bunda S5 va S6 omillarga e‘tibor qaratiladi;
4. Moliyaviy resurslardan foydalanish 

bu asosan yirik kompaniyalarga 
tegishli bo‘lib, ular mayda firmalar va tadyuirkorlik subyektlarini moliyaviy 
salohiyatiga ko‘ra ustunliklari sababli bozordan chiqib ketishga yoki turli 
tadbirkorlik tarmoqlari va alyanslari orqali birlashishiga majbur etadi. Bunda S4 va 
S7omillarga e‘tibor qaratiladi; 
Innovasion strategiyalar ko‘p rejali, dinamik va murakkab jarayon bo‘lib 
uning afzallik jixatlari vaqtinchalik xarakterga ega. Xizmatlar sohasi 
korxonalarining innovasion strategiyalarni ishlab chiqish mavjud resurslardan 
oqilona foydalanish, tashqi muhitning o‘zgaruvchan omillariga tezda moslashuvni 
ta‘minlovchi aniq rejalar, loyiha va dasturlar bo‘lishini talab etadi. Innovasion 
strategiyalarni tanlash va ishlab chiqishda rejalashtirish funksiyasi muxim rol 
o‘ynaydi.
Rejalashtirish rivojlanish strategiyasiga mos ravishda innovasion faoliyat 
yo‘nalishlarini ishlab chiqishni va korxonaning resurslardan foydalana olish 
imkoniyatini o‘zida aks ettiruvchi hisoblar tizimi bo‘lib strategik maqsadga 
erishish uchun muhim bo‘lgan qarorlar ishlab chiqishga imkon beradi
80

80
К.М.Ибодов. Хизматлар соҳасида инновацион стратегияларни қўллаш имкониятлари //‖Обод турмушни 
таъминлашда иқтисодиѐтни ва инновацион фаолиятни такомиллаштириш муаммолари‖
 
мавзусидаги 
республика анъанавий илмий-амалий конференция материаллари, СамИСИ,2013 йил 20 феврал, 96-98 б. 


163 

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish