Samarqand davlat universiteti I. X. Nasimov, I. Patterson, K. M. Ibodov hozirgi zamon raqobat



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/160
Sana04.08.2022
Hajmi3,36 Mb.
#846430
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   160
Bog'liq
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

1. Ta’minot tizimi.
Sifatli xomashyo va materiallarning yetkazib berilishi 
korxonaning yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishiga ta‘sir ko‘rsatadi.
2. Ilmiy tadqiqot, tajriba konstruktorlik ishlari.
ITTKI yangi mahsulot 
turlari, 
materiallarning 
takomillashtirilishi, 
ekspluatasion 
xususiyatlarini 
yaxshilash, mahsulotdan foydalanish sohalarini kengaytirish, tovar assortimentini 
kengaytirish, xavfsizligini ta‘minlash, mahsulotdan foydalanish natijasida paydo 
bo‘ladigan chiqindilarni qayta ishlash mumkinligi va atrof muhitga
3.
Ishlab chiqarish bo’limlari
defekt mahsulotlar ulushining kamayishi, 
mahsulotlarning buzilishi yoki ishdan chiqishini bartaraf etish, kkafolat muddatini 
uzaytirish, qadoqlash tizimini yaxshilash.
4. 
Sotish 
va 
logistika 
bo’limlari 
korxonaning 
mahs‘hulotlarni 
iste‘molchilarga o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berish, buyuurtmalarni tezkor 
rasmiylashtirish, transport xarajatlarini kamaytirish va omborlarda tayyor mahsulot 
zahirasini optimallashtirish imkonini beradi
5. Marketing xizmati va mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’limlari 
iste‘molchilarga individual xizmat ko‘rsatish, shaxsiy sotish, texnik qo‘llab-
quvvatlash, sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish va shu kabi qulayliklarni yaratib 
beradi.


177 
Differensiasiya strategiyasi odatda qo‘shimcha xarajatlarni talab etadi. 
Shuning uchun korxonalar differensiasiya hisobiga mahsulot narxini oshiradi, shu 
bilan bir vaqtda mahsulotga qo‘shimcha xizmatlar yoki qo‘shimcha xususiyatlar 
ham qo‘shiladi. Narxning oshirilishi natijasida qo‘shimcha xarajatlarning 
kamayishi bilan samaril differensiasiyaga erishish mumkin. Odatda korxonalar 
kam xarajat qiladigan qo‘shimcha qiymat orqali samaraga erishadi. Masalan, bepul
yetkazib berish, yig‘ib berish, o‘rnatib berish, ekspluatasiya xizmatlarini taklif 
qilish orqali mahsulotlarning iste‘mol qiymatini oshirishi mumkin. 
Differensiasiya strategiyasi korxonalarning mukammal iste‘mol xususiyatiga 
ega mahsulotlarni taklif etish orqali raqiblarning raqobatlashuv salohiyatini 
susaytirishga erishadi.
Differensiasiya 
strategiyasining 
mavaffaqiyatli 
amalga 
oshirilishi 
korxonalarga quyidagi raqobat ustunliklarini ro‘yobga chiqarish imkonini beradi
:

bozorga iste‘molchilarning sodiqligi yuqori bo‘lgan mahsulot taklif qiluvchi 
yoki noma‘lum tovar belgisiga ega yangi ishtirokchilarning kirib kelishiga 
to‘qinlik qilish;

xaridorlarning bozordagi hukmronligini pasaytirish;

o‘rinbosar tovarlar kirib kelish xavfini pasaytirish.
Differensiasiya strategiyasi bozordagi quyidagi sharoitlarda samarali ishlaydi:

tovarning o‘ziga xos xususiyatlari va iste‘mol qiymatini yaxshi angay 
oladigan to‘lov qobiliyati yuqori iste‘molchilarning mavjudligi; 

korxona 
tomonidan 
ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotning 
differensiasiyalashuvi yoki individuallashuv imkoniyatlarining kattaligi (masalan, 
mebel ishlab chiqarish, dizaynerlik xizmatlari, maishiy xizmatlar, konsalting, 
gilam ishlab chiqarish);

aynan bir turdagi mahsulotni turli maqsadlarda foydalanuvchi iste‘molchilar 
sonining ko‘pligi.
Differensiasiya strategiyasining asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat:

yuqori darajada differensiasiyalashuv natijasida mahsulotning narxi raqib 
korxona mahsulotlari narxidan yoki standart tovarga nisbatan yuqori bo‘lib qolishi 
mumkin. Bu o‘z navbatida sotuv hajmining pasayishiga olib keladi;

foyda me‘yorining yuqori darajada belgilanishi natijasida mahsulotga 
o‘rnatilgan ustama narxlar ortib ketadi va iste‘molchilar to‘ldiruvchi yoki 
raqiblarning nisbatan arzon mahsulotini sotib olishga harakat qiladi;

differensiasiya haqida qaror qabul qilish ko‘pchilik hollarda bozorning 
batafsil tadqiqi qilinmasdan va iste‘molchilar xulq-atvori haqidagi nazariy 
ma‘lumotlarga tayanilgan holda amalga oshirilishini e‘tiborga olish kerak.
Shuni ham alohida ta‘kidlab o‘tish joizki, differensiasiya strategiyasi yuqori 
xarajat talab etuvchi va tadbirkorlik xatarining yuqoriligi bilan ajralib turadi. 
Birinchidan, differensiasiya yoki xarajatlar bo‘yicha peshqadamlikka erishish 
uchun sarflangan uo‘zoq muddatli investisiyalar o‘zin oqlamasligi, raqiblarning 
standart mahsuloti iste‘molchilar talabini yetarli darajada qondirishi mumkinligi 
bois, narxini oshirish samarasizligi, ikkinchidan, differensasiyalashgan mahsulot
ishlab chiqaruvchi korxonalar kuchli raqiblar mavjud bo‘lganda murakkab 


178 
vaziyatlarda qolib ketishi yoki mahsulotning ayrim xususiyatlarini raqiblar tezda 
o‘zlashtirib olishi mumkin (11.3.1-rasm). 
Differensiasiya strategiyasini amalga oshirish quyidagi bosqichlarni o‘z 
ichiga oladi: 
Birinchi bosqich
– korxonaning differensiallashuv imkoniyatlarini aniqlash 
bo‘lib, bunda raqiblarning kamchiliklarini aniqlash, qonunchilikdagi o‘zgarishlar 
va iste‘molchilarning qondirilmagan ehtiyojlarini aniqlashni o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi bosqich
– differensiallash maqsadini belgilash bo‘lib, korxona 
yangi xizmat turlarini taklif qilish, sarflangan xarajatlarning qoplanish muddatini 
aniqlash, zararsizlik nuqtasi, rentabellik masalalariga oydinlik kiritiladi. 
Uchinchi bosqich 

yangi g‘oyalarni ishlab chiqish. Mazkur bosqichda 
g‘oyani yaratish, sinovdan o‘tkazish va differensiallash konsepsiyasini belgilash 
ko‘zda tutiladi. Korxonalar ushbu bosqichga alohida e‘tibor qaratgan holda 
natijaviylikni oshirishni ko‘zda tutadi. G‘oyalarni ishlab chiqish jarayonida 
g‘oyalar generasiyasi, morfolok tahlil, Isikava diagrammasi va boshqa usullar 
qo‘llaniladi. 
To’rtinchi bosqich 

mahsulotning yangi iste‘mol xususiyati yoki qiymatini 
ishlab chiqish bo‘lib, iste‘molchi nuqtai nazaridan eng maqbul bo‘lgan tovar 
parametrlari asosida yangi mahsulot ishlab chiqiladi. Yangi mahsulot, iste‘mol 
xususiyati yoki iste‘mol qiymatining yaratilishiga bu borada raqib korxonalarning 
kamchiliklari, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, innovasiya va mijozlarning 
qondirilmagan ehtiyojlari mavjudligi ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi 
Beshinchi bosqich 

marketing rejasini ishlab chiqish bosqichi bo‘lib, 
mahsulotning yangi iste‘mol xususiyati yoki qiymati, iste‘molchi nuqtai nazaridan 
eng maqbul bo‘lgan tovar parametrlarini bozorda siljitish jarayonini o‘z ichiga 
oladi. Ushbu bosqichda marketing kompleksi, bozorni segmentlash, tovarni 
pozisiyalashtirish 
asosida 
differensiallash 
jarayoniga 
iste‘molchilarning 
munosabati tahlil qilinadi.
Oltinchi bosqich

yangi mahsulot yoki uning yangi iste‘mol xususiyatini 
sinovdan o‘tkazish.
Yettinchi bosqich
–differensiallashdan olingan natijani tahlil qilish. Mazkur 
bosqichda strategiyani amalga oshirish natijasida erishilgan foyda, rentabellik 
tahlil qilinadi
95

95
А.А.Черкасова. Стратегия дифференциации как инструмент повышения конкурентоспособности 
гостиничных предприятий\\Российское предпринимательство, № 20(266) / октябрь 2014. 236-243 бетлар 


179 

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish