174
qo‘yish bilan bog‘liq to‘siqlar unchalik katta bo‘lmaydi. Bunday tarmoqning aniq
bir modelini tasvirlash juda murakkab bo‘lib, bu maxsulotning
turli xususiyatlari
va tasnifi, korxonalarning rivojlanish strategiyalari, strategik qarorlarni qabul qilish
kabi oldindan baholab bo‘lmaydigan omillarga bog‘liq. Shu sababli xizmatlar
ko‘rsatish tarmoqlarini ham ayrim oligopol va monopol tuzilmalarni hisobga
olmaganda monopolistik raqobat rivojlangan tarmoqlar kategoriyasiga kiritish
mumkin.
Odatda monopolistik raqobat bozorining ayrim xususiyatlari quyidagi
jihatlari bilan tavsiflanadi:
–
bozorda mustaqil ishlab chiqaruvchi(sotuvchi)lar soni ko‘p, ammo
sog‘lom raqobat sharoitidagi kabi emas;
–
tarmoqqa va bozorga kirish, faoliyatni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq
to‘siqlar unchalik katta emas. biroq bu monopolistik
raqobat sharoitida korxona
ochish oson ish degani emas. ro‘yxatdan o‘tkazish, patent va lisenziyalar olish bir
qator mamlakatlarda hanuz murakkab jarayonlardan iborat;
–
bozorda faoliyat olib borish uchun korxonalar raqobatchilar maxsulotidan
farq qiluvchi differensiasiyalangan maxsulotlarni taklif qilishi kerak;
–
sotuvchi va xiridorlarni bozor sharoitlari to‘g‘risida to‘liq axborot bilan
ta‘minlash;
–
bozor odatda ommaviy iste‘mol tovarlariga qaratiladi, biroq, ayrim tovar
va xizmatlar alohida ijtimoiy mavqyega ega va davlat tomonidan ma‘lum darajada
tartibga solinadi;
–
narxsiz raqobat. bozor ishtirokchilari narx darajasiga sezilarli ta‘sir
ko‘rsata olmaydi. tovar va xizmatlarni reklama qilish va sifat ko‘pchilik hollarda
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi;
–
xizmatlar sohasida monopolistik raqobatning muhim xususiyati
korxonalar uchun bankrotlik xatarining yuqoriligi hisoblanadi;
Bozorning erkinlashuvi milliy xavfsizlik,
jumladan oziq-ovqat, milliy tovar
ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash masalasini dolzarb qilib qo‘yadi.
Ta‘kidlash joizki, bugungi kunda bozorning monopolistik raqobat holati
xo‘jalik yurituvchi subyektlar rivojlanishini nafaqat tezlashtiradi, balki ularning
do‘stona aloqalarini birlashish, qo‘shilish, muayyan
segmentlarda raqobat
pozisiyasini saqlab qolish maqsadida yiriklashishi kabi murakkab tashkiliy
tuzilmalarga aylantiradi. Bu jarayon xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida subyektlarning
aksariyat qismi kichik korxonalardan iboratligi ko‘pincha uzoq muddat, ayrim
hollarda achinarli davom etadi. Bu yerda korxonalarning o‘z-o‘zini tashkil qilish
xususiyatini alohida qayd etish kerakki, ayniqsa xizmat ko‘rsatish
tarmoqlari
uchun bu juda xos. Katta va yirik aholi manzillarida korxonalarning tarmoq
shaklida birlashishi, qo‘shilishi va yiriklashish imkoniyati katta. Biroq ularning
shakllanishida asosiy harakatlantiruvchi kuch iste‘molning ommaviyligi,
mijozlarning muayyan tovar va xizmatlarni qayta xarid qilishi bilan bog‘liq
bo‘ladi. Shuning uchun bozorning nomoddiy ishlab chiqarish segmenti hanuz
afzalligini saqlab kelmoqda.
Mahsulot differensiasiyasi
korxonalar tomonidan
ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning iste‘molchi uchun farqli jihatlarini ko‘rsatish usuli sifatida qarash
175
ham mumkin. Ushbu farqli jihatlari bilan tovarlar raqib tovarga nisbatan ustunlikka
ega bo‘ladi. Mahsulot differeniallashuvini ko‘zda tutuvchi korxonalar barcha sa‘y-
harakatlarni cheklangan talabni qondirish imkoniyati va yuqori naflilikka ega
mahsulotlarni yaratishga qaratadilar. Differensiaallashuv bozorning turli xil sifat,
iste‘mol xususiyati, qiymat va naflilikka ega tovarlar bilan to‘ldirilishini
ta‘minlaydi. Korxonalar turli iste‘molchilar tomonidan afzal deb topilgan
mahsulotni ishlab chiqargan taqdirdagina mahsulotni differensiallash uchun
sarflangan
xarajatlarni qoplanishiga, sotish hajmi va foydaning ko‘payishiga
erishishi mumkin bo‘ladi.
Mahsulot differensiasiyasi servis, imidj, va personal differensiallashuvi
shaklida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: