218
monopolist-korxonalar soni deyarli 75,2% kamaydi, faqat 2004-2009 yillar
mobaynida monopol mahsulotlarning respublika YaIM umumiy hajmidagi ulushi
26 dan 20,8% ga pasaydi, bu esa raqobatning yanada rivojlanganligi hamda tovar
bozorlarida ustunlik mavqyeini egallab turgan korxonalar sonini sezilarli darajada
qisqarganligidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi ―Tovar
bozorlarida monopolistik
faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida―gi Qonuni 1996 yilda qabul qilingan
bo‘lib, uning bir qator qonunosti me‘yoriy hujjatlari mamlakatning iqtisodiy
rivojlanish darajasiga yetarli darajada muvofiq emas edi. Qonun moliyaviy
xizmatlar bozorlaridagi raqobatni tartibga solish masalalarini o‘z ichiga olmagan,
bu esa mazkur sohada raqobatga qarshi va raqobatni cheklovchi harakatlarga yo‘l
qo‘ymaslik yuzasidan choralarni amalga oshirishga imkon bermaydi. Shuningdek,
―bozor‖, ―bir-birining o‘rnini bosuvchi tovarlar―, ―insofsiz raqobat‖, ―kamsituvchi
shartlar‖, ―noto‘g‘ri taqqoslash‖, ―monopol yuqori narxlar‖, ―monopol past
narxlar‖, ―shaxslar guruhi‖, ―ustun mavqye‖ kabi asosiy tavsiflarning bir-biridan
aniq ajratish va toifalash tartibi mavjud emas. Amaliyotda bu qonunga sharh
berishda farqlanishga va uni tatbiq qilishda muammolarni yuzaga keltiradi.
Shuningdek, mazkur Qonunda keltirilgan umumiy tavsiflarni
aniqlashtirish bilan
bir qatorda yangi tushunchalar ham kiritildi, bundan tashqari ―ustunlik mavqye‖ni
tavsiflash prinsipini, subyektning tovar va xizmatlar bozoridagi ustunlik mavqyeini
o‘rnatish mezonlarini aniq va puxta beligilash, hamda bozor ulushi hajmini
qisqartirish yo‘li bilan o‘zgartirish ko‘zda tutilgan.
Monopoliyaga qarshi qonunchilikning yo‘nalishlaridan biri, bu bozor
subyektining xo‘jalik faoliyatini yuritishiga ta‘sir ko‘rsatish yo‘li bilan tovar
bozorlarini monopollashuviga va raqobatni cheklashga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida
xo‘jalik subyektining ustav kapitalidagi 35% ortiq bo‘lgan aksiyalar (ulushlar)ni
sotib olish bo‘yicha bitimlarni tuzish ustidan nazorat olib borishdan iborat.
Aktivlarning boshlang‘ich balans qiymati pastligi sababli bitimlarni kelishish
maqsadga muvofiq bo‘lmaydi, bundan tashqari xo‘jalik subyekti va monopoliyaga
qarshi organ resurslarini boshqa maqsadlarga qaratilishiga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Iqtisodiyot real sektori
korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada
oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida‖gi 2008 yil 18 noyabrdagi PF-4053-sonli Farmoni bilan aksiyadorlik
jamiyatlari ustav fondlarining hajmi 10 barobardan ziyodga ko‘tarildi, bu ular
aktivlarining hajmida aks etdi va shu bilan birga, aksiya va ulushlar sotib olish
bo‘yicha bitimlarda qatnashuvchi investor va emitent aktivlarining jami qiymati
amaldagi qonunda belgilangan eng yuqori me‘yordan sezilarli darajada ortadi.
Yangi qonunning ishlab chiqilishi, yuqorida ko‘rsatilagan
kamchiliklarni
bartaraf etishga, raqobatni himoya qilish bo‘yicha munosabatlarni huquqiy tartibga
solishni takomillashtirishga, ushbu sohadagi davlat siyosatining huquqiy asoslarini
aniqlashga, tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni bartaraf etish va oldini olish
bo‘yicha huquqiy vositalarni yangilashni ko‘zda tutadi.
Yuqori likvidli, jumladan, tovar bozorida ustun mavqyega ega korxona
tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarning birja savdolari rivojlanishi bilan
219
monopol yuqori narx tavsifiga yondashuv ham o‘zgardi. Qonunda birja savdolari
natijasida vujudga kelgan narx monopol yuqori hisoblanmasligi nazarda tutilgan.
Qonunda iqtisodiy jamlanish bo‘yicha davlat nazoratini ta‘minlash
maqsadida, shaxs yoki shaxslar guruhining ustunlik
darajasini oshishiga olib
keluvchi qo‘shilish, qo‘shib yuborish, aksiyalarni, mulkiy huquqlarni sotib olish va
boshqa bitimlarni (harakatlarni) tartibga soluvchi yangi bob kiritildi. Shuningdek,
xo‘jalik subyektlariga nisbatan ma‘muriy yuklarni og‘irliklarni qisqartirish
maqsadida, aktivlarning balans qiymati oshirildi.
Investision vositachilar sifatidagi qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari
tomonidan amalga oshiriladigan aksiyalarni sotib olish bo‘yicha bitimlar tuzilishi
hamda aksiya va ulushlarni ishonchli boshqaruvga topshirish yuzasidan nazoratni
amalga oshirish maqsadga muvofiq emas deb topildi,
chunki mazkur bozor
qatnashchilari raqobat rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Yangi qonunning qabul qilinishi, raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga
soluvchi hozirgi kunda ko‘pgina alohida qonunosti hujjatlaridan iborat bo‘lgan
me‘yorlarning jamlanishini ta‘minlab beradi, bu esa mazkur sohadagi
munosabatlarni huquqiy tartibga solishning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini
oshiradi hamda qonuchilikda mavjud bo‘sh joylarni va monopoliyaga qarshi
tartibga solish sohasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etadi hamda tadbirkorlik
subyektlari faoliyati uchun teng shart-sharoitlarni, tovarlarning erkin aylanishini,
iqtisodiy faoliyatning erkinligini ta‘minlab beradi, bu esa
raqobat rivojlanishining
hamda uning tovar va xizmatlar bozorlarida himoya qilinishining eng asosiy jihati
hisoblanadi.
Har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning bozorda monopollikka intilishi
va yuqori foyda olishga intilishi obyektiv hodisa. Shu sababli raqobat muhitini
bozor mexanizmlari va makroiqtisodiy o‘zgarishlar orqali amalga oshmaydi. Ko‘p
ukladli iqtisodiyot, boshqaruvning nomarkazlashuvi, narxlarning erkinlashuvi va
davlat tomonidan iqtisodiyotning tartibga solib turilishi raqobat muhitining mavjud
bo‘lishiga yetarli bo‘lmaydi. Shuning uchun bozor subyektlarining xulq-atvorini
tartibga soladigan, raqobatni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan kompleks
chora-tadbirlar ishlab chiqilishi zarur. Bu chora-tadbirlar raqobatni qo‘llab-
quvvatlash siyosatida o‘z aksini topadi.
Raqobat siyosatining mukammal yo‘nalishlaridan biri bu ―Raqobat
to‘g‘risida‖gi qonundir. Ushbu qonunning maqsadi monopolistik faoliyat, raqobat
va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali bozor
munosabatlarini shakllantirish,
antimonopol qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishdir. Raqobat to‘g‘risidagi
qonun erkin raqobat va tadbirkorlik muhitini obyekt sifatida emas, balki raqobat
muhitini yaratishning dastagi sifatida olib qaraydi.
Mamlakatimizda raqobat siyosatining strategik yo‘nalishlari quyidagilarda
o‘z aksini topadi:
Do'stlaringiz bilan baham: