210
yoxud xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan bozor me‘yorida faoliyat ko‘rsatishiga,
raqobatni rivojlantirishga tuskinlik qiluvchi va iste‘molchilarning qonuniy
manfaatlariga zarar yetkazuvchi bitimlariga (kelishib qilingan harakatlariga), shu
jumladan:
–
narxlar yoki tariflarni oshirish, pasaytirish, saqlab turishga;
–
bozorni xududiy tamoyil bo‘yicha, sotuvlar va haridlar hajmi, tovar xillari
yoxud sotuvchilar yoki haridorlarning, buyurtmachilarning doirasi bo‘yicha
taqsimlab olishga;
–
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklash yoki ularni
bozordan chetlatishga qaratilgan bitimlariga (kelishib qilingan harakatlariga) yo‘l
qo‘yilmaydi va ular belgilangan tartibda to‘la yoki
qisman haqiqiy emas deb
topiladi.
Mamlakatda iqtisodiyotni erkinlashtirish, monopoliyadan chiqarish hamda
raqobatni rivojlantirish va uni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan bir qator
yutuqlarga erishildi. Erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda iqtisodiyotni
erkinlashtirish jarayonida yuzaga kelayotgan o‘zgarishlarga mos ravishda ayrim
muammolarning bartaraf etilishi lozimligi dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Xususan, ―Raqobat to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni
mukammal ishlab chiqilgan bo‘lsada, bugungi
kundaxizmatlar bozorida, moliya
bozorlarida ham monopollashish, raqobatning cheklanishi va ustunlik mavqyeini
suiiste‘mol qilish holatlari uchramoqda.
Shu sababli, yuqoridagi kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida
monopoliyaga qarshi qonunchilikning moliya bozorlarini ham qamrab oladigan
yangi taxriri ishlab chiqildi va amalda qo‘llash joriy etildi.
Shu bilan birgalikda, tabiiy monopoliya
subyektlari sohasida doimiy
ravishda narxlar (tariflar)ni asossiz oshirish hisobiga daromad olishga intilish,
tabiiy monopoliya subyektlarini o‘z bozorlarini potensial raqobatchilar uchun
ochib berishdan manfaatdor emasligi, ularni bozorga kirishi uchun tuskinliklarni
vujudga keltirish kabi holatlarni kuzatish mumkin.
Tabiiy monopoliya subyektlarining ustunlik mavqyelarini suiiste‘mol kilgan
holda o‘z shartlarini iste‘molchilarga o‘tkazishi iste‘molchilarning masalan,
kommunal xizmat ko‘rsatish (ichimlik suvi ta‘minoti va maishiy chiqindilarni
tashish) bo‘yicha namunaviy va amalda foydalanilayotgan shartnomalarga
iste‘molchilarning huquqlarini cheklaydigan shartlar kiritilishi xozirgi kunga qadar
davom etib kelmoqda.
Yana shuni ta‘kidlash lozimki, davlat tasarrufidan chiqarish raqobat muhitini
yaratish uchun avvalo monopollashgan tarmoqlarni xususiylashtirishga e‘tibor
berish muhimroq.
Bundan
tashqari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
borasida bir qator yutuklarga erishilganligi bilan birgalikda kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik subyektlari va tadbirkorlarda bozor kon‘yunkturasi haqidagi
ma‘lumotlarning yetarli emasligi kabi muammolar haligacha mavjud.
Amaldagi me‘yoriy xujjatlarga muvofiq, monopolist korxonalar o‘zlarining
mahsulot yoki xizmatlari uchun narxlar, tariflar va rentabellikning cheklangan
darajasini
moliya
organlarida
deklarasiya
qaydnomasidan
o‘tkazishlari
211
belgilangan. Monopolist korxonalar o‘z narx tariflarini deklarasiyadan o‘tkazish
uchun tayyorlagan kalkulyasiyalarini va ularni tasdiqlovchi
xujjatlarni moliya
organlariga taqdim etmoqdalar va moliya organlari ular taqdim etayotgan xujjatlar
asosida (ularning to‘g‘ri ekanligiga ishongan holda) o‘rganib chiqib, aksariyat
hollarda korxona tomonidan keltirilgan kalkulyasiyalarni tasdiqlab bermoqdalar.
Narxlar, tariflar va rentabellikning cheklanganlik darajasini tasdiqlash
moliya organlariga yuklatilgan bo‘lsa, ularning shakllanishini va qo‘llanilishini
nazorat qilish esa monopoliyaga qarshi davlat organi zimmasiga yuklatilgan.
Mazkur organ tomonidan o‘tkazilayotgan tekshirishlar davomida shu narsa ma‘lum
bo‘lmoqdaki, aksariyat monopolist korxonalar narxlar, tariflarni deklarasiya
qaydnomasidan o‘tkazish jarayonida moliya organlariga noto‘g‘ri axborot taqdim
etmoqdalar va buning natijasida ularning narxi sun‘iy ravishda oshib bormoqda.
Bu esa nafaqat monopolist korxonalar iste‘molchilari uchun, balki monopolist
korxonaning o‘zi uchun ham zararlidir. Chunki, narxlar, tariflar va rentabellikning
cheklangan darajasini belgilashda moliya organlariga noto‘g‘ri
axborot berish
oqibatida ularning sun‘iy ravishda oshirilishinatijasida olgan daromadlari asossiz
daromad bo‘lib, ushbu daromad monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan sud
qaroriga muvofiq tegishli jamg‘armalarga olib qo‘yiladi.
Bundan tashqari, monopoliyaga qarshi qonun xujjatlariga muvofiq xo‘jalik
yurituvchi subyektlar aksiya yoki ulushlarining 35 foiz va undan ortig‘iga egalik
qilish ustidan ham davlat nazorati olib borilishi belgilangan. Amalda aksiyalarni
sotib olishda guruxlar holida, o‘z qarindosh-urug‘lari yoki o‘z tarafdorlari bilan
kelishgan holda aksiyalar paketlarini sotib olinishi holatiga juda ko‘p duch
kelinmoqda. Amaldagi me‘yoriy xujjatlarga muvofiq bunday guruh ―bir
guruh
shaxslar‖ deb yuritilsada, bir guruh shaxslar kimlar bo‘lishligi to‘g‘risida
qonunchiliklar da aniq izoh keltirilmagan. Shu sababli, bunday bitimlar bir gurux
shaxslar tomonidan amalga oshirilgan taqdirda ham ularning bir guruh
ekanliklarini isbotlash imkoniyati yo‘q. Shuningdek, mahalliy davlat boshqaruvi
organlari tomonidan tovar bozoridagi ayrim subyektlarga
imtiyoz berish holatlari
ham ko‘plab uchramoqdaki, bu monopoliyaga qarshi qonun xujjatlariga zid bo‘lish
bilan birga ushbu tovar bozoriga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarining kirish
imkoniyatlarini cheklamoqda va imtiyozga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi
subyektning ushbu sohada ustunlik mavqyeini suiiste‘mol qilishiga sharoit
yaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: