Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov



Download 32,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/111
Sana30.01.2023
Hajmi32,89 Kb.
#905485
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   111
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

Lumbricidae

YOmg‗ir chuvalchangi,tuproq umurqasiz hayvonlari 
ichida keng tarqalganlari va yaxshi o‗rganilganlari hisoblanadi. YOmg‗ir 
yoqanda tuproq g‗ovakliklari suv bilan to‗lganda yer yuzasigachiqib 
qolganligi tufayl yomg‗ir chuvalchangi nomini olgan. YOmg‗ir 
chuvalchangi quyosh nuriga nisbatan manfiy fototaksisga ega bo‗lganidan 
yomg‗ir tinib quyosh chiqqanda darhol tuproq ichiga bekinadi. 
CHuvalchanglar soprobiont hayvonlar bo‗lib, turli chiriyotgan organik 
moddalar bilan okziqlanadi. Ularning ichagidagi har xil bakteriyalar 
yordamida gumus hosil qilinadi. Ichakdagi polimyerizasiya jarayoni 
hisobiga organik moddalarning parchalanish maxsulotidan gumin 
kislotalari hosil bo‗ladi. Bu kislotalar mineral kompanetlar bilan birgalikda 
orgona - mineral kompleks birikmalar hosil qiladi. YOmg‗ir 
chuvalchanglarininig jig‗ildonida joylashgan bezlar ajratib chiqaradigan 
maxsus moddalar tuproqninig kislotaliligini neytrallab, tuproqning 
kimyoviy tarkibiga ta‘sir ko‗rsatadi. CHuvalchanglar tuproqni ichagi orqali 
o‗tqazib mayda donodor kaprolitlar holida chiqaradi. Kaprolitlar suvda 
ezilmaydi. Namni 


37 
yaxshi shimadi. Ularning tarkibida 10-15%, gumus bo‗ladi. YOmg‗ir 
chuvalchanglarining tarqalishiga tuproqning namligi va harorati qattiq 
ta‘sir ko‗rsatadi. qurg‗oqchilik yillari va tuproqda nam juda kamayib 
ketganida shuningdek tuproq muzlaganida chuvalchanglar ko‗plab qirilib 
ketadi. YUqori harorat ham ularga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Kislotali 
tuproqlarda chuvalchanglar kam uchraydi. Pichanzorlarda, yaylovlarda va 
qo‗riq dasht tuproqlarda ularning soni 7,5-12 mln/ga, biomassasi 0,5 -4,0 t/ 
ga teng bo‗ladi. 
YOmg‗ir chuvalchanglari uchta ekalogik gruppalarni hosil qiladi. 
1.
Tuproq yuzasida yoki to‗shamada yashaydigan gemiedafon turlari. 
2.
Tuproq va to‗shama (gumus) da yashaydigan turlari. 
3.
Tuproqning chuqur qatlamlarida in qurib yashaydigan edofan turlari. 
Tuproq to‗shamasida yashaydigan Dendrobata octoedra, Lumbrikus 
costaneus, Allolotophora eiseni kabi chuvalchanglar janubdan uzoq 
shimoliy xududlargacha tarqalagan bo‗lib, tayganing botqoqlashgan 
tuproqlarida ham yashaydi. Ularning uzunligi 6,5 sm va undan ortiq 
bo‗ladi. 
Tuproq to‗shamada yashovchi turlari tuproqning gumus qatlamida 
yashaydi. Ulardan Lumbrikus rubellus ancha yirik bo‗lib, 13 sm ga etadi. 
Inda yashovchi turlari esa ancha yirik chuvalchanglar hisoblanadi. Ularning 
uzunligi 25 sm va undan ham yirikroq bo‗ladi. Sug‗oriladigan yerlarda 
Allolobosphora caliginosa juda keng tarqalgan. U kulrang tusli, uzunligi 
15 sm ga yaqin bo‗ladi. Tuproqning haydalma qatlamida 10-15 sm 
chuqurlikda yashaydi, yer yuziga deyarli chiqmaydi. CHuvalchang 
chiriyotgan ildizlar va gumus bilan oziqlanadi. qurg‗oqchilik boshlanishi 
bilan tuproqning chuqur qatlamlariga tushib shilimshiq moddadan iborat 
kapsula hosil qiladi va diapauza holatiga o‗tadi.. 
YOmg‗ir chuvalchanglari tuproqda juda katta ahamiyatga ega, 
ularning inlari tuproqni g‗ovak qilib, suv shimilishi va havo almashinishini 
yaxshilaydi, o‗simliklar ildiz sistemasining yaxshi o‗sishiga imkon 
yaratadi. 
Qulay 
sharoitda 
1m
2
tuproqdagi chuvalchanglar hosil qilgan inlarning uzunligi 1 km ga, 
ba‘zan esa 8 km 


38 
ga etishi mumkun. Bir yil davomida 1 ga maydondagi chuvalchanglar 400-
600 tonna tuproqni qayta ishlab beradi. CHuvalchanglar ichagida 
yashaydigan ammonifakasiyalovchi bakteriyalar azotli organik moddalarni 
ammiakgacha minerallashtiradi. SHuning uchun yomg‗ir chuvalchanglari 
ko‗p bo‗lgan tuproqlarining meliorativ holati boshqa tuproqlarga nisbatan 
yaxshi bo‗ladi. 

Download 32,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish