Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov



Download 32,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/111
Sana30.01.2023
Hajmi32,89 Kb.
#905485
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   111
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

Penicillium 
avlodi vakillari yaxshi rivojlanadi. 
Issiq sevar mikroorganizmlarda biokimyoviy jarayonlar juda tez va 
faol o‗tadi. Shuning uchun ham janubiy tuproqlarda yaxshi sharoitda 
mikrobiologik jarayonlar shimoliy tuproqlarga nisbatan intensiv o‗tadi. 
Lekin termofill mikroorganizmlar janubiy tuproqlarda ahamiyati unchalik 
yuqori bo‗lmaydi. Chunki bu tuproqlar tez qurib qoladi va harorati yuqori 
bo‗lib mikroblar uchun noqulay sharoit paydo bo‗ladi. Termofill 
mikroorganizmlar asosan tuproqga go‗ng bilan tushadi. 
Tuproq namligi 
mikroorganizmlar hayotiy faoliyatiga katta ta‘sir 
ko‗rsatadi. Tuproq tarkibidagi suv tuproqni suyuk fazasini hosil qilib ko‗p 
miqdorda yerigan holdagi moddalarni 
o‗zida ushlaydi. Asosan 
miroorganizmlar va o‗simliklar shu erigan moddalar bilan oziqlanadi. 
O‗simlik ildizi va mikroorganizmlar hujayrasi suv eritmasidan 
foydalanishi uchun yuqori osmatik bosimga ega bo‗lishi kerak (suv 
eritmasga nisbatan) 
Osmotik bosimning kattaligiga qarab tuproq mikroorganizmlari bir-
biridan tubdan farq qiladi, bularni ko‗pchiligi gigroskopik namlikda ham 
yaxshi rivojlanadi. Janubiy tuproqlardagi mikroblar ko‗proq quruq iqlimga 
moslashgan bo‗lib, ayniqsa aktinomisetlar va ba‘zi zamburug‗lar tuproq 
namligi juda kam bo‗lganda ham rivojlanadi. 
Mikrobiologik jarayonlar tuproq namligi 60% nam sig‗imiga ega 
bo‗lganda yaxshi boradi. Bunday namlikdagi tuproqda etarli miqdorda suv 
va havo bo‗ladi. Agar tuproqda namlik me‘yoridan yuqori bo‗lsa, suv 
havoni tuproqdan siqib chiqaradi va aerob mikroorganizmlarni hayot 
faoliyatini sekinlashtiradi (sholipoya, suvbosgan yerlar) 
Tabiiy xolatda, sug‗orilmaydigan janubiy zonalarda tuproq namligi 
kuchli o‗zgarib turadi. Tuproqda nam etishmaganda bakteriyalarni faoliyati 
susayadi, lekin aktinomisetlar faoliyati tezlashadi, faollashadi. Ammo 
tuproq kuchli qurib qolganda hamma mikroorganizmlarni faoliyati 
to‗xtab qoladi. Shuning uchun ham cho‗l 


90 
mintakalarida mikroorganizmlarni faoliyati, Ya‘ni mikrobiologik 
jarayonlar yozda emas bahorda va kuzda, nam etarli bo‗lganda yaxshi 
bo‗ladi. 
Shunday qilib tuqproqdagi jarayonlarni qay darajada bo‗lishi tuproq 
namligiga va haroratiga bog‗liq bo‗ladi. 
Dala sharoitida tuproqning suv rejimini yaxshi bo‗lishida, tuproqga 
ishlov berish, sug‗orish va melorasiya xolati katta ahamiyatga ega. harorat 
va suv rejimi tuproqda mikrobsenozning hosil bo‗lishi va rivojlanishida 
asosiy omil sifatida ta‘sir qiladi. Tuproqdagi organik moddalar, yani 
o‗simlik 
qoldiqlarini 
parchalanishi 
fazalariga 
qarab 
mikroblar 
guruhlarining ham paydo bo‗lishi almashinib boradi. Organik moddalar 
parchalanishining boshlangich fazasida, zamburug‗lar va spora hosil 
qilmaydigan bakteriyalar rivojlanadi. Keyingi fazalarida esa basillalar va 
aktinamisetlar ko‗payadi. 
Tuproq harorati va namligi qishloq xo‗jalik ekinlari urug‗ining unib 
chiqishida katta ahamiyatga ega. Agar tuproq harorati past bo‗lsa, 
urug‗larda kasallik tugdiruvchi mikrorganizmlarga bo‗lgan immunitet 
tizimi pasayadi, yuqori namlik tuproqda kislorod miqdorini pasaytirib 
yuboradi urug‗ va ildizning nafas olish intensivligi keskin kamayadi. 
Mikrobiologik jarayonlarning tuproqda o‗tishida tuproq havo rejimi ham 
muhim ahamiyatga ega. Tuproq kovakchalarida tuproq umumiy xajmiga 
nisbatan ayrim paytlarda 25%dan 70%gacha havo bo‗ladi. Tuproqda 
havoning miqdori tuproq zichligi va namlik miqdoriga bog‗liq bo‗ladi. 
Tuproq organizmlari va o‗simlik ildizlari kislorodni o‗zlashtirishi 
natijasida uning miqdori kamayadi. Suv bosgan tuproqlarda uning miqdori 
kam bo‗ladi. Yaxshi yumshatilgan tuproqlarda kislorod miqdori 20%gacha 
bo‗ladi. Tuproq havosida karbanad angdridi (CO
2
) miqdori ko‗p bo‗ladi, 
bunga sabab mikrorganizmlar va o‗simlik ildizlari tomonidan CO
2
ni 
ajratilishidir. Tuproq havosida CO
2
ni miqdori 0, 3-1, 5%gacha bo‗ladi, 
atmosferatda esa 0, 03%ga teng. Suv bosgan dalalarda esa CO
2
miqdori 
10%gacha oshadi. Shunday qilib tuproqnng gaz tarkibi bir kecha kunduzda 
va mavsumda o‗zgarib turadi. Katta miqdordagi karbanad angidrid (CO
2

gazi tuproqdan atmosferatga ajralib chiqadi, 


91 
atmosferatdan esa tuproqga havo kiradi. Bunday almashinuv jarayoni 
o‗simliklar hayotida katta ahamiyatga ega bo‗ladi. Aerob aktinomisetlar va 
bakteriyalar kislorod kam bo‗lgan sharoitda ham yashay oladi. SHuning 
uchun ham bular tuproqni pastki qatlamlarida ham rivojlanish va ko‗payish 
xususiyatiga ega. Aerob tuproq mikroorganizmlardan 
Bacillus subtilis, 
Aspyergillus nigyer 
tuproqda kislorodni miqdori 0,13-0,26% bo‗lganda 
ham 
ko‗payish 
xususiyatiga 
ega.Tuproqda 
yashovchi 
anoerob 
mikroorganizmlarga bakteriyalar ham kiradi. Lekin ularni miqdori unchalik 
ko‗p bo‗lmasdan (10% atrofida) bular haqiqiy fakultativ anaeroblar 
hisoblanadi. Bulraning ko‗pchiligi tuproqni yuqori qismida yashaydi, 
chunki bu joyda organik moddalar ko‗proq bo‗ladi. Tuproq mikroflorasi 
tarkibi va xususiyatlariga tuproqni kislotalik xususiyati ta‘sir ko‗rsatadi. 
Tuproqning pH ko‗rsatkich darajasi quyidagi gurgxlarga bo‗linadi: kuchli 
kislotali pH-3-4, kislotali 4-5, kuchsiz kislotali 5-6, neytral –6-7, ishqorli 7-
8, kuchli ishqorli 8-9 va undan yuqori. Podzal tuproqlarda pH 3,5-5,0, qora 
tuproqlarda 6,5-7,2, bo‗z 
tuproqlarda-7,5ga teng.Tuproqning pH 
ko‗rsatkich darajasi vegitasiya davomida o‗zgarib turadi. Bunin asosiy 
sababi mikroorganizmlar tomonidan karbonad angidrid, kislotalar va 
boshqa moddalarni ajratilishidir. Bir xil sistematik guruhga kiruvchi 
mikroorganizmlarni hammasi ham pH ga bir xil munosabatda bo‗lmaydi. 
Ko‗pchilik tuproq bakteriyalar pH ko‗rsatgichi tuproqda 4-5dan past 
bo‗lganda rivojlanmaydi, lekin Thiobacillus thiooxidans pH ko‗rsatgichi 0, 
9 bo‗lgan tuproqda ham yashash qobiliyatiga ega. Zamburug‗lar uchun pH 
ning quyi chegarasi 2-3ga teng bo‗ladi. Aktinomisetlar esa pH qiymatining 
pasayishiga juda sezgir bo‗ladi.Mikroorganizmlarning hammasi ham 
neytral muhitda yaxshi rivojlanadi va ko‗payadi. Shuning uchun kislotali 
va ishqorli tuproqlarni neytral xolatga keltirish qishloq xo‗jaligi ekinlaridan 
yuqori hosil olishda katta ahamiyatga egadir. 
Tuproq mikroorganizmlarning hayotiy faoliyatiga tuproq mexanik 
tarkibi kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. 


92 
Tuproq mikroorganizmlarning asosiy qismi (90-99%) tuproqning 
qattiq fazasi bilan bog‗langan, faqat juda kam qismi tuproq eritmasida 
joylashgan bo‗ladi. Buning asosiy sababi, tuproqni qattiq zarrachalari 
mikroorganizm hujayralarini o‗zida ushlab turish (adsorbsiyalash) 
qobiliyatiga ega bo‗ladi. Bundan tashqari tuproq qattiq fazasi organik 
moddalarga boy bo‗ladi. 
Tuproqning adsorbsiyalash qobiliyati (mikroorganizmlarni) asosan 
tuproq namligiga, haroratiga, pH ga va boshqa bir qancha omillarga 
bog‗liq. Bu omillar yil mavsumining o‗zgarishiga qarab o‗zgaradi, shu 
bilan birga adsorbsiya ham o‗zgarib boradi. 
Ko‗pchilik mikroorganizmlar o‗simliklarni rizosfyerasida va ildizning 
yuza qismi va atrofida bo‗lib, ildiz ajratgan organik moddalardan oziqa 
sifatida foydalanadi. Ko‗pchilik mikroorganizmlar tuproqda yashovchi 
hayvonlar qoldig‗ida ko‗p to‗planadi. Ba‘zi mikroorganizmlar uchun 
gumus birikmalari oziqa manbai hisoblanadi. Shuning uchun tuproqdaga 
gumusni oz yoki ko‗pliligi, mikrofloraning tarkibiga ta‘sir qiladi. Tuproq 
mikroorganizmlarning hayotiga biotik omillar katta ta‘sir ko‗rsatadi. 
Mikroorganizmlar o‗rtasidagi munosabatlar har xil bo‗ladi. Bunga misol 
qilib metobolitik munosabatlar yani bir guruh mikroorganizmlar hayotiy 
faoliyati 
natijasida 
hosil 
qilingan 
mahsulotlar 
ikkinchi 
guruh 
mikroorganizmlar uchui yashash manbai bo‗lib xizmat qiladi. Misol uchun 
nitrifikasiya 
bakteriyalari 
faqat 
tuproqda 
ammiak 
bo‗lgandagina 
rivojlanadi. Ammiak esa chirituvchi mikroblar tomonidan hosil qilinadi. 

Download 32,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish