27
Duragaylashning
ikkinchi fazasi, ya‘ni organogenez bosqichiga erishish
qiyin hisoblanadi. Embrionlardan har xil shakllar – diploidlar, tetraploidlar,
aneuploidlar hosil boʻlishi mumkin, faqat tetraploidlar haqiqiy qoʻshilishi mahsuli
(geterofuzionlar)boʻlib, boshqalari esa gomokariotik qoʻshilish (gomofuzionlar)
yoki xromasomalarning ikki karra oshishi bir onalik oʻsimliklar prototlastlarining
oʻzaro qoʻshilishi tufayli sodir boʻlishi mumkin.
Somaklonal hujayralarini duragaylashda ota-ona
juftlari protoplastlari bir-
biridan qimmatli belgi-xususiyatlariga ega boʻlishi lozim. Bundan tashqari, ota-ona
juftlarining qimmatli genlari yuqori kombinatsion qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.
Protoplastlarning qoʻshilishida yadro DNKsi (genom) plastidalarning
(plastom) va mitoxondriyalar (xondriom) ning DNKsi qoʻshiladi. Bunda eng oddiy
qoʻshilishda ota-ona xromasomalarining qoʻshilishi
yuz bersa, ba‘zan genom
xromasomalarining eliminasiyaga uchrashi yuz berishi mumkin.
Bunday
protoplastlarning assimetrik duragaylari oʻsimliklarning oʻzaro chatishmaslik
holatlari yoki oʻzak shakllarni duragaylarini olib boʻlmagan hollarda (ularning
oʻsimliklari chatishmaganda) yuz beradi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, somatik duragaylar hujayralarning faqat yadrosini
emas, balki sitoplazmasining ham qoʻshilishidan hosil boʻladi.
Plazmon esa
xondriom bilan birga qoʻshiladi. Bunday duragaylarda koʻpincha erkak sterillik
uchraydi va avlodlarda belgilar boʻyicha ajralish yuz berish hollari uchraydi.
Kartoshka birinchi somatik duragaylari Melxers tomonidan olingan.
Keyinchalik, Shepard (Shepard va boshqalar 1983), Binding (Binding va
boshqalar 1982) tomonidan ham bunday duragaylar olingan.
Butenko va Kuchkolar tomonidan (19800 kartoshkaning Priyekulskiy ranniy
navi bilan S. Chacoense (2n=24) turlarining duragaylari selektiv muhitda olingan.
Bu duragaylarda geterozis holati aniqlangan.
Kartoshkani somatik duragaylarining
olinish usullarining, jumladan
protoplastlarini olish ularning oʻzaro duragaylash
usullarini ishlab chiqilishi,
bunday duragay oʻsimliklarda genetik oʻzgarishlarga uchrashi ekin seleksiyasida
28
biotexnologik usullar yordamida dastlabki material
yaratishning samarali usuli
boʻlib xizmat qilishi mumkinligini isbotlaydi.
Bunday usullardan foydalanish kartoshka seleksiyasida kerakli yoʻnalishlar
boʻyicha katta imkoniyatlar ochib beradi. Ulardan samarali foydalanish esa
seleksiya usullari ishlab chiqilgani bilan bogʻliq.
Do'stlaringiz bilan baham: