19
madaniy diploid turlari S. phyreja, S. rybinii, S. stenotomumlar bilan
chatishtiradilar. Buning uchun maxsus marker belgili diploid turlaridan
foydalanish kerak.
Digaploidlarni chang donachalariga kimyoviy moddalar nurlar ta‘sir qilish,
changlanishni bir muncha choʻzish, chang donachalarni oʻstirish
usullaridan
foydalanish mumkin.
Geterozis asosida seleksiya
.
Geterozis hodisasi kartoshkaning turlararo
duragaylashda yaqqol nomoyon boʻladi: Masalan, navlarni madaniy tetraploid S.
tuberosum x, S. tuberosum (T x T), S. tuberosumx S. andigenum
(T x A), S. tuberosum x diploid duragaylar (4n x 2n) chatishtirishdan hosil
qilingan duragaylarni oʻrganish natijasida umumiy hosildorlik xususiyati boʻyicha
geterozis hodisasi T x A va 4n x 2n kombinasiyalarida roʻy
berganligi va T x T
kombinasiyasida esa hosil boʻmaganligi aniqlangan.
Mutagenez. Kartoshka oʻsimligida ham generativ ham vegetativ (somatik)
mutasiyalar roʻy berishi mumkin. Ular tabiiy (spontan) yoki mutagen omillar
ta‘sirida eksperimental yoʻl bilan hosil boʻladi. Spontan somatik mutasiyalar
natijasida tuganaklarning, gullarning rangi, barg plastinkalarining pegmentasiyasi,
bargining shakli, soni va kattaligi oʻzgarishi kuzatiladi.
Mutasiya natijasida
qimmatli xoʻjalik belgilarining oʻzgarishi kamdan kam uchraydi. Kartoshkani
mutant shakllari sifatida ekinlardan tanlash oʻtkazish natijasida Rasset Berbank,
Red Varba va boshqa navlar yaratilgan. Eksperimental mutasiyalar maxsus usullar
ionizasiya nurlanishlar (gamma
rentgen nurlari, neytronlar) va kimyoviy
mutagenlar bilan ta‘sir qilib olinadi. Har bir ekin turi, xili ekining qismiga qarab
mutagenlarning ta‘sir
qiluvchi meyori, muddati (vaqti) alohida belgilanadi. Eng
yaxshi natijalar ijobiy belgi va xususiyatli mutantlar kartoshkaning urugʻiga
gamma nurlanishning 150 Gr dozasi tuganagiga 40–60 Gr dozasi ta‘sir qilinganda
kuzatilgan.
Insuxt (inbriding). Seleksiyada gomozigotali liniyalarini hosil qilishning
asosiy usuli insuxt hisoblanadi. Lekin kartoshka oʻsimligida insuxt oʻtkazish
osonlik bilan boʻlmaydi, chunki koʻp navlar pushtsiz va oʻzidan changlanishi
20
natijasida ulardan nasl olib boʻlmaydi. Fertil navlarining
ikkinchi pushtidan
boshlab hosildorligi pasayib meva (rezvavor) hosil qilish kamayadi. Insuxt
qoʻllanishi natijasida ertapisharligi boʻyicha gomozigotali liniyalar ajratib
olingan. Ular seleksiyada qoʻllanib ertapishar navlar yaratilgan. (Varba va boshqa
navlar).
Hujayra seleksiyasi. Bu usul yordamida
turli belgi va xususiyatli
boshlangʻich materil hosil qilish mumkin. Ilgari hujayra seleksiyasi usulini ekilib
kelinayotgan navlarning ayrim kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida qoʻllash
nazarda tutilgan edi. Ish jarayonida regenerant oʻsimliklar bir necha belgi va
xususiyatlarini oʻzgaruvchan qobiliyatiga ega ekanligi aniqlangan. Hatto ularda
boshlangʻich navlarga nisbatan ijobiy oʻzgarishlar borligi kuzatiladi.
Bunday oʻzgaruvchanlik kartoshka ekinining vegetativ koʻpayishi
jarayonida nafaqat mutasiya va xromosom aberrasiya natijasida, balki oʻstiruvchi
stimulyatorlar ta‘siri ostida selektiv sharoitida
hujayra protoplastlar
populyasiyalarini yoki kallusli koʻchirma (esplantat)larning somatik krossingoveri
natijasida roʻy beradi. Bunday usulni qoʻllash natijasida fitoftoraning bir necha
irqlariga, oddiy parshaga, xalqasimon chirish kasalligiga
chidamli kartoshkaning
shakllari hosil qilingan.
Protoplastlarning qoʻshilishi bir biri bilan birlashtirish usuli yordamida
jinsiy duragaylash orqali imkoniyati boʻlmagan xollarda ayrim turlararo somatik
duragaylar hosil qilish mumkin. Shu usulda Kanadada S. tuberosum bilan S.
brevidens turlari asosida duragaylar hosil qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: