Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/85
Sana30.03.2022
Hajmi1,39 Mb.
#517701
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   85
Bog'liq
orta osiyo tabiiy geografiyasi

Adir mintaqasining 
hayvonlari cho‗l hayvonlaridan farq qiladi. Chunki adir 
mintaqasida yozgi harorat pasayadi, aksincha, yog‗in miqdori ortadi, oqibat natijada 
o‗simliklar zich bo‗lib o‗sib, bo‗yi baland bo‗ladi. Shuni ta‘kidlash kerakki, cho‗lga 
xos bo‗lgan ba‘zi turlar (cho‗l toshbaqasi, kaltakesakning ayrim turlari, sariq ilon
yumronqoziq va boshqalar) adir mintaqasining quyi qismida ham yashaydi. Adir 
mintaqasida sutemizuvchilardan tulki, bo‗ri, quyon, sariq sassiqko‗zon, Turkiston 
kalamushi kabilar yashaydi. Turkiston agamasi, sariq ilon, chipor ilon, ko‗lvor ilon 
(gyurza), Turkiston kobrasi va boshqalar yashaydi. Bu mintaqada qushlar ko‗p bo‗lib, 
ularning eng muhimlari burgut, chil, kaklik, miqqiy, bedona, ko‗k qarg‗a, soch, ukki, 
dala chumchug‗i, qirg‗iy, burgut, boltayutar, itolg‗a, so‗fito‗rg‗ay, boyo‗g‗li 
(boyqush) kabilar hisoblanadi. 
Adir mintaqasining eng harakterli hayvonlaridan biri Turkiston toshbaqasidir. 
Turkiston toshbaqasi lyossli va lyossimon tog‗ jinsi bilan qoplangan adirlarda yashab 
mart oyidan iyun oyigacha faol hayot kechiradi. Yozda issiq boshlanishi bilan yerni 
kovlab, tuproqga ko‗milib uyquga ketadi. Toshbaqa uzoq yashab, odatda 10 yilda 


71 
voyaga yetib, so‗ngra ko‗paya (urchiy) boshlaydi. Bahorda urg‗ochi toshbaqa qazib 
qo‗ygan chuqurchasiga har gal 3-5 donadan 2-3 marta tuxum qo‗yadi. Oq, qattiq 
po‗stli tuxumdan 70-80 kun deganda yosh toshbaqachalar yorib chiqadi va yer 
yuzasiga kelgusi yili (bir yildan so‗ng) bahorda chiqadi. Toshbaqaning go‗shti va 
tuxumini iste‘mol qilish mumkin. Adir mintaqasi uchun xos bo‗lgan qushlardan biri – 
Burgutdir. U yirik va eng kuchli yirtqich qushlardan hisoblanib, qanotini yoyganda 2 
m ga yetadi. Oyoqlari panjalarigacha patli bo‗lishi bilan boshqa qushlardan 
farqlanadi. Tanasi bir xil jigar rang tusda bo‗ladi. Burgut ancha yirik o‗ljani – quyon, 
tulki, jayron, qo‗y, echkilarni
ov qilishi mumkin. Hozir bu noyob qush «Qizil 
kitob»ga kirgan. 
Tog‘ balandlik 
mintaqasida, yoz salqin, namroq, qish sovuq, o‗simliklar, 
ayniqsa, daraxtlar ko‗p bo‗lgani uchun o‗ziga xos hayvonlar yashaydi. Shuni aytish 
kerakki, bu mintaqaning tabiiy sharoiti, ayniqsa, relefi murakkab bo‗lganligi uchun 
sudralib yuruvchilar kam uchraydi. Faqat onda-sonda Oloy tog‗ iloni, Himolay va 
Turkiston agamasi uchraydi. Tog‗ mintaqasida o‗rmon sichqoni, Turkiston 
kalamushi, oq sichqon, oq suvsar, tog‗ suvsari, qunduz, o‗rmon olmaxoni, 
ko‗rshapalak; yirik sut emizuvchilardan qo‗ng‗ir ayiq, chipor sirtlon, silovsin, monul 
qoplon, yovvoyi qo‗y – alqar, burmali tog‗ echkisi, to‗ng‗iz, bo‗ri bo‗rsiq, quyon va 
boshqalar uchraydi. Qushlardan burgut, tasqara, itolg‗a, qumri, kaklik, zarg‗aldoq, 
boltatumshuq, bulbul, tog‗ chumchug‗i kabilar yashaydi. Subalp va Alp mintaqasi
ya‘ni 
yaylov
balandlik mintaqasi o‗ziga xos murakkab tabiiy-geografik sharoitiga 
ega. Yozi qisqa, salqin, qish sovuq va davomli, o‗simliklar qoplami siyrak va 
daraxtlari yo‗q. Nival doimiy qor va muz mintaqasiga tutash. Bu mintaqaning tipik 
kemiruvchisi qizil sug‗urdir. Ular 2000-4500 m balandlikda to‗p-to‗p bo‗lib yashaydi 
va o‗z hayotining ko‗p qismini uyquda o‗tkazadi. Umuman olganda bu mintaqada 
hayvon turlari ko‗p emas. 
O‗rta Osiyoning 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish