69
O‗RTA OSIYONING HAYVONOT DUNYOSI
Yer yuzasining zoogeografik rayonlashtirish kartasi bo‗yicha O‗rta
Osiyo
hududi Paleoarktika oblastining Markaziy Osiyo kichik oblastida joylashgan.
O‗rta Osiyo hayvonot dunyosida, unga chegaradosh O‗rta Yer dengizi,
Yevropa, Sibir, Mo‗g‗iliston, Hindiston va Tibet faunasining vakillarini ko‗plab
uchratamiz. O‗rta Osiyoda o‗ziga xos endemik hayvon turlari ham anchagina.
O‗lka tabiati har xil bo‗lganligi uchun uning hududida o‗ziga xos rang-barang
hayvonlarni uchratish mumkin. Ular o‗lkada uning zonal va regional
xususiyatlaridan kelib chiqib tarqalgandir. O‗rta Osiyo hayvonlari har xil
aralash tabiiy-geografik sharoitlarda yashaydi. Shuning uchun o‗lkaning
hayvonlari
suvsizlikka,
issiqlikka,
sovuqqa, noqulay
tabiiy-geografik
sharoitlarga to‗liq moslashgan.
O‘rta Osiyo tekislik qismining hayvonlari.
Tekislikdagi hayvonlar
qurg‗oqchilikka va yuqori havo haroratiga, qumli, gilli, toshli va sho‗rxok
yerlarda yashashga o‗rgangan. Ba‘zilari suvni oz talab etsa, ba‘zilari yoz
issig‗idan qochib uyquga ketadi. Ayrim hayvonlar esa kunduzgi issiqdan qochib
inlaridan chiqmaydilar va faqat kechasi faol hayot kechiradilar.
Cho‘l hayvonlari
. O‗rta Osiyo cho‗llari qumli, shag‗alli lyossli va boshqa
substratdagi tabiiy komplekslar bo‗lib, hayvonot
dunyosi xilma-xil va
hayvonlar turlariga boydir. Cho‗l hayvonlari suvga chidamli bo‗lib, suv istemol
qilmay o‗simliklar tarkibidagi namlik bilan cheklansa (yumronqoziqlar,
qo‗shoyoqlar), ba‘zilari, chunonchi oq quyruq, jayron (soatiga 50-60 km
tezlikda chopadi) chopqir bo‗lib, uzoqdagi suvlardan foydalandi. Cho‗l
hayvonlarining ko‗pchilik turlari sharoitga shunchalik moslashib ketganki,
ularning rangi qum tusiga (qo‗ng‗ir, malla, sarg‗ish) o‗xshab ketadi. Cho‗lda
yoz faslida kunduzi tuproq 70-80
0
qizib ketganligi sababli ko‗pchilik
hasharotlar, kaltakesaklar, ilonlar, ayrim sutemizuvchilar va qush turlari soya-
salqin joylarda yoki inlarida jon saqlab kech kirishi bilan faol hayot boshlaydi.
Bunday hayvon
turlariga chirildoq kaltakesak, qum bo‗g‗ma iloni,
qo‗shoyoqlar, uzunquloq kirpi, qorsak, cho‗l mushuklari va boshqalar kiradi.
Cho‗l hayvonlarining ayrimlari gekkon kaltakesaklar, ingichka barmoqli qum
yumronqozig‗i qumga, ayniqsa ko‗chib yuruvchi qumlarda yashashga
moslashgan. Chunki ularning barmoqlari taroqsimon bo‗lib,
qum ustida tez
harakat qiladilar.
O‗rta Osiyo tekislik qismining cho‗llarida (qumli va gipsli) cho‗l mushugi,
jayron, oqquyruq, qoraquyruq, olako‗zon, qoraquloq, qoplon (geopart),
Turkiston bug‗usi-xongul, tulki, bo‗ri; kemiruvchilardan ingichka oyoqli
yumronqoziq,
qumsichqon,
shalpangquloq,
tipratikon,
qo‗shoyoqlar,
ko‗rsichqon; sudralib
yuruvchilardan echkimar, qum bug‗ma iloni, Turkiston
kobrasi, chipor ilon, xoldor chipor ilon, o‗qilon, kaltakesaklar, cho‗l toshbaqasi;
qushlardan xo‗jasavdogar, to‗rg‗ay, tentakqush, qorabovur, yo‗rg‗a tuvaloq,
boyo‗g‗li, cho‗l moyquti, qum chumchug‗i, cho‗l qarg‗asi, so‗fi to‗rg‗ay kabilar
70
yashaydi. Hasharotlardan cho‗lda qoraqurt, chayon, falanga, tarantul (biy),
chigirtkalarning har xil turlari yashaydi. O‗rta Osiyoning cho‗l
zonasida
yashovchi ayrim hayvonlar haqida qisqacha ma‘lumot beramiz:
Bo‗z echkimar, echkimarlar oilasida yashovchi eng katta turi bo‗lib, uning
uzunligi 1,5 m ga yetadi. Bo‗z echkimarlarni ba‘zan, cho‗l (sahro) timsohi ham
deydilar. U qumli cho‗llarda yashaydi, kunduzi faol harakat qiladi. U xavfsiz,
foydali hayvon bo‗lib, hasharotlar, kemiruvchilar, kaltakesak, chayon, qoraqurt,
qushlar tuxumi, ilonlar bilan ovqatlanadi. Uning urg‗ochisi 10-12 ta tuxum
qo‗yib, qumga ko‗mib qo‗yadi. Cho‗l echkimari Xalqaro «Qizil kitob»ga
kiritilgan. Cho‗l mintaqasining yana bir noyob hayvonlaridan biri – jayrondir.
Jayron – kichik, lekin chiroyli bo‗lib, cho‗llarda yashaydi. Jayronning
urg‗ochilari shoxsiz, erkaklari shoxli bo‗lib, shoxining uzunligi 27-41
santimetrga yetadi. Ilgari jayronlar poda-poda bo‗lib yashar edi, so‗nggi
yillarda ularni betartib ov qilish tufayli ularning soni juda kam qoldi. Jayron
«Qizil kitob»ga kiritilgan.
Qum charxiloni – o‗rtacha kattalikdagi ilon bo‗lib, uzunligi 45
sm dan
oshmaydi. Tanasi qum-kul rangida, ikki yonidan to‗lqinsimon oq yo‗l o‗tgan,
boshida esa aniq butsimon naqshi bor. Qum charxiloni qumlarda, eski
harobalarda, lyossli tekisliklarda, chakalakzorlarda yashab,
yoriqlarga,
kemiruvchilar iniga kirib ham oladi. U tirik tug‗adi, kemiruvchilar,
kaltakesaklar va mayda ilonlar bilan oziqlanadi. Qum charxiloni zaharli bo‗lib,
chaqsa ancha xavf vujudga keladi, ba‘zan o‗limga olib kelishi ham mumkin.
Hozir uning zaharidan ilon chaqishga qarshi zardob (sivorotka) olinmoqda.
Cho‗l mintaqasining eng yirik va zaharli ilonlaridan biri – Turkiston kobrasidir.
U Qizilqumda, Qarshi cho‗llarida, tog‗ etaklarida butazorlarda yashaydi. Uning
uzunligi 2 m ga yetadi, urg‗ochisi 10-12 ta tuxum qo‗yadi. Hozirgi vaqtda,
kobraning zaharidan qimmatbaho dorilar tayyorlanmoqda. Bu ilon «Qizil
kitob»ga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: