2. Populyatsiyaning asosiy xususiyatlari.
3. Gomeostaz nima.
4.Populyatsiyaning yosh tarkibi.
5.Populyatsiyalarni izolyatsiya qilish.
Populyasiya (lot. populus — guruh, uyushma, xalq) — erkin chatisha oladigan (yoki chatishish imkoniyatiga ega boʻlgan), aniq yashash arealini egallagan va maʼlum darajada zamon va ma-konda bir-biriga oʻzaro taʼsir kursa-tadigan organizmlar guruhi. P.dagi genetik oʻzgarishlar turlarning kelib chiqishi, yangi oʻsimlik navlari, hayvon zotlarini yaratish va boshqa asosini tashkil qiladi. "P." terminini daniyalik genetik V.Iogansen genetik ji-hatdan bir xil boʻlmagan individlar guruhini sof liniya (genetik jihatdan bir xil boʻlgan guruh)dan farq qilish uchun taklif etgan (1903).
Tabiatda Populyasiyaning turli xil tiplari uchraydi: yopiq Populyasiya (faqat bir-biri bilan juftlasha oladigan individlar gu-ruhi); panmiktik Populyasiya (individlar juftlashishi juft tanlamasdan amalga oshadi); mendelcha Populyasiya (bir geografik arealda tarqalgan, koʻpayish va boshqa xususiyatlari bir xil boʻlgan individlar majmui); izo gen Populyasiya genetik jihatdan aynan oʻxshash, yaʼni barcha lokuslar (xromosomaning bir gen joylashgan chiziqli uchastkasi) boʻyicha koʻpchilik hollarda gomozigota boʻlgan individlar guruhi; muvozanatlangan P. — genlar chastotasi (takrorlanishi) mutatsion va seleksion tazyiqlar oʻrtasidagi muvozanatga asoslanib oʻzgarib turadi va tasodifiy juftlashish prinsipiga koʻra juftlashishda hamda lokuslararo erkin rekombinatsiyalanishda genotiplarning amaldagi chastotasi nazariy kutilgan holatga moye keladi. Fanda mavjud boʻlgan ideal P. tushunchasi tabiatda uchramaydi va u faqat matematik mo-dellarda hisobga olinadi. Mas, zogʻo-ra baliq yirik koʻllarda 2 ta P. hosil qiladi, ulardan biri qirgʻoq yaqinida yashab, mayda hayvonlar bilan oziklana-di va sekin usadi; ikkinchisi suvning chuqur qismida yashab, baliklar bilan oziqlanadi va tez oʻsadi; gʻoʻzaning yovvoyi turlari, shuningdek, ekiladigan navlari P.si harorat, yorugʻlik, suv rejimi, oziqlanish va boshqalarga nisbatan turlicha re-aksiyalar bilan harakterlanadigan juda koʻp guruxlardan tashkil topgan.
Tabiatda P.larning aralashib ketishiga geografik (suv havzasi, togʻ, oʻrmon, choʻl), biologik (jinsiy apparatning tuzilishida kuyikish va uya qurish, oʻsimliklarda gullash muddatida farq boʻlishi), ekologik (yashash muhiti — namlik, tuproq tarkibida farq boʻlishi) alohidalanish toʻsqinlik qiladi. P. evolyusiyaning eng kichik va asosiy birligi hisoblanadi. Chunki evolyu-sion jarayon P. ichida boshlanadi. P. in-dividlari orasida doimo irsiy oʻzgaruvchanlik paydo boʻlib turadi. Jinsiy koʻpayish tufayli bu oʻzgaroʻvchanlik P. individlari orasida tarqalib, uni geterogen qilib qoʻyadi. P.da boradigan yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish tufayli foydali oʻzgarishlarga ega boʻlgan individlar saqlanib qolib, nasl beradi. Bundan keyingi evolyusi-on jarayonlarda P. kenja turni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |