2. Populyatsiyaning asosiy xususiyatlari
3. Gomeostaz nima
4.Populyatsiyaning yosh tarkibi.
5. Populyatsiyalarni izolyatsiya qilish
5-MAVZU. EKOSISTEMA HAQIDAGI TA`LIMOT.
Reja:
1. Ekosistema haqida tushuncha
2.Biogeosferada tirik orgonizmlarning funksiyasi.
3.Biogeosenoz tushunchasi.
Biotsenoz deb, o'simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlardan tarkib topgan, populyatsiyalar majmuasiga aytiladi. (Iotincha «bios»-hayot, «tsenoz»-umumiy, demak umumiy hayot ma'nosini bildiradi). Tabiatda barcha o'simlik va hayvonlar faqat jamoa tarzda mavjud bo'la oladilar. Chunki har bir tur normal hayot kechirishi uchun yakka holda yashay olmaydi, balki tevarak-atrofidagi tirik organizmlar bilan birgalikda hayot kechiradi. Bir guruh organizmlarning muayyan sharoitda birgalikda yashashi jamoa deyiladi. Turkum (biotsenoz)larni o'rganishdan maqsad ularning barqaror hayoti qanday taminlanishini, turkumlarning o'zgarishiga o'zaro biotik tasirlar va yashash muhiti qanday tasir ko'rsatishini oydinlashtirishdir. Biotsenozning o'simliklar o'sadigan tarkibiy qismiga jitotsenoz, hayvonlar yashaydigan qismiga zootsenoz va mikroblar yashaydigan qismiga mikrobiotsenoz deb ataladi. Biotsenoz va biotopning uzluksiz bir-biriga ta'siri natijasida biogeotsenoz yoki ekotizim deyiladi. Ekotizimda birga yashovchi turli organizmlar va ularning yashash muhiti o'rtasida qonuniyatli bog'lanish mavjud. Ekotizimda yashash qonuniyatIari populyatsiyaga qaraganda yuqori darajada shakllangan. Buloqdan tortib Tinch okeanigacha yoki o'rmondagi to'nkadan tortib katta o'nnongacha bo'lgan turli hajmdagi biotik jamoani ekotizim deb tariflash mumkin. Ekotizim quyidagiJarga bo'linadi: mikroekotizim (Iishaynik ,moxIar), mezoekotizim (buloq, ko'l va cho'I), makroekotizim (qitalar, okean), biosfera yoki global ekotizimlar. Tabiiy ekotizimlar ochiq hisoblanadi, ular moddalar va energiyani chetdan oIib chetga byeradi. Masalan yer biosferasi bir qismi moddani kosmosga byeradi, ammo shu bilan kosmosdan moddalami oladi.
Chetdan o'zlashtiriladigan moddalar zahirasi cheksiz emas, shuning uchun bu moddalar organizmlar tomonidan modda aylanish va Quyoshdan keladigan energiya bo'lmaganda yerda hayot bo'lmagan bo'lardi. Ekotizimlarda murakkab modda aylanishi quyidagi tarkiblarda amalga oshadi: Modda aylanishida anorganik moddalarning ishtirok etishi; Biotik va abiotik qismlami bog'lovchi organik birikmalar; Abiotik muhit-havo, tuproq, suv va boshqalar; Produtsent-avtotrof organizmlar asosan yashil o'simliklar; Konsument-getyerotroflar, asosan hayvonlar; Redutsent yoki safrofitlar (chirindilar bilan oziqlanuvchilar) asosan baktyeriya va zamburug'lar; Shunday qilib ekotizim va biotsenoz atamalari bir-biriga yaqin bo'lib, ekotizim modda almashinuvi amalga oshib turadigan ekotizimni bildiradi. Fotosintezlanuvchi va xemosintezlanuvchi organizmlar bir yilda 100 mlrd. tonna miqdorda organik modda to'playdi. Taxminan shuncha miqdordagi modda o'simliklar nafas olishi natijasida С02 va N20 ga aylanishi lozim. Nafas olish-bu getyerotrof jarayon bo'lib fotosintezda organic moddalar hosil bo'lishida oksidlanishda kuzatiladi. Nafas olrnaslik va chirirnaslik yoki fotosintezning bormasligi yerda hayotning bo'lmasligini ko'rsatadi. Nafas olish ham ikkiga bo'linadi. Ayerob nafas olish-bunda gazga o'xshash kislorodga vodorod birikadi; anayerob nafas olish-bunda oksidlanuvchi bo'lib anorganik
modda xizmat qiladi. Achish-organik rnoddalar oksidlanuvchi bo'lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |