Kirish Mazkur mavzuning asosiy maqsadi talabalarni chuqurliklarni o’lchash va chuqurlik o’lchash ma’lumotlarini qayta ishlash usullari bilan tanishtirishga qaratilgan bo’lib, undagi mavzularda quyidagi masalalar yoritiladi: chuqurlik o’lchash ishlaridan ko‘zda tutilgan maqsad, chuqurlik o’lchash asbob-uskunalari va jihozlari, eng oddiy asbob-uskunalar (nametka, qo’l loti, mexanik lot, gidrometrik lebedkalar va yuklar, exolotlar), chuqurlik o’lchash ishlarini bajarish usullari, chuqurlikni ko‘ndalang va bo‘ylama qirqimlar bo‘ylab o’lchash, qiya burchak ostida va aralash usulda o’lchash, ko’llar va suv omborlarida chuqurlik o’lchashning o‘ziga xos xususiyatlari, chuqurlik o’lchash ma’lumotlarini qayta ishlash, suv o’lchash daftarchasini qayta ishlash, daryo (ko‘l, kanal) o‘zani ko’ndalang qirqimlari chizmasini tuzish va uning shakl va o’lcham (morfometrik) ko‘rsatkichlarini hisoblash, chuqurliklarni shartli (srezkali) suv sathiga keltirish, daryo (kanal, ko‘l, suv ombori) o'zani planini gorizontallarda (izobatlarda) tuzish, daryo o'zanining bo‘ylama qirqimi - profilini tuzish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |