Chuqurlik o‘lchash ishlarini bajarish katta mehnat talab qiladi va ancha murakkabdir. Shuning uchun ham o‘zan tubi relyefini aniq ko‘rsatib berish imkoniyati cheklangan. Daryolarda chuqurlik o‘lchash ishlari quyidagi holatlarda, ma’lum maqsadlarni ko‘zlab, amalga oshiriladi: -daryolarni gidrografik jihatdan o‘rganish maqsadida; -daryolarda kema qatnovini yoiga qo‘yish va yog‘och oqizish maqsadida; -gidrotexnik inshootlami loyihalash va qurish vaqtida; ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish vaqtida; -daryolarda maxsus gidrometrik ishlarni (tezlikni o‘lchash, suv sarfini aniqlash) bajarish vaqtida.
Do'stlaringiz bilan baham: |