“Neva”(a) va “Luga”(b) tipidagi lebyodkalar Lebyodkalarning boshqarish mexanizmlari Chuqurlik o‘lchash ishlarini bajarish usullari. O‘zan tubi relyefini tasvirlash maqsadida va mahalliy sharoitlar hisobga olingan holda daryolarda chuqurlik o‘lchash ishlari quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshiriladi: 1) ko‘ndalang profil - qirqim bo‘yicha; 2) bo‘ylama profil bo‘yicha; 3) qiya burchak ostida; 4) aralash usullarni qo‘llash asosida. Daryolarda chuqurlik o’lchash ishlarini ko‘ndalang profil — qirqim bo‘yicha bajarish aniq natija beradi. Buning uchun daryo o‘zanida ko‘ndalang ravishda kesmalar belgilanadi, ularning soni daryoning kengligiga bog’liq holda aniqlanadi. Masalan, daryoning kengligi 100 m gacha bo‘lsa, kesmalar oralig‘i 1\2 yoki 1\3• В masofada olinadi, bu yerda B-daryoning kengligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |