Agar daryoning kengligi 100 m dan ortiq bo'lsa, kesmalar oralig‘i 1\3 yoki1\4• В qiymatda olinadi. Daryoning kengligi 10 m dan 50 m gacha bo‘lsa, ko'ndalang kesimda chuqurlik o‘lchanadigan nuqtalar soni 10 tadan 20 tagacha olinadi. Kenglik 100 m dan 300 m gacha bo’lsa, nuqtalarni 20-30 lagacha olish mumkin. Daryoning kengligi 1000 m gacha bo'lganda 40-50 ta nuqtalar olinadi. Daryo keng bo‘lsa, chuqurlik o‘lchash ishlarini bajarishda uning 2 qirg‘og‘iga mahkamlangan, arqonda harakatlanadigan qayiqlardan foydalaniladi. Agar o‘lchash olib borayotgan joy juda keng bo‘lsa, chuqurlik o'lchanayotgan nuqtaning o‘rnini belgilash maqsadida burchak o’lchaydigan asboblardan foydalanish mumkin. Chuqurlikni bo‘ylama profilda o‘lchashda daryo uzunligi bo‘yicha bo‘ylama kesmalar belgilanadi. Kesmalar soni daryoning kengligiga bog'liq holda tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |