Chuqurliklarni o‘lchash vaqtida dastlab quyidagi ishlar bajarilishi lozim: -suv sathini kuzatib borish; -chuqurlik o‘lchanayotgan nuqtaning koordinatsiyasini aniqlash; -shu nuqtada chuqurlikni o‘lchash. Chuqurlik o‘lchanayotgan nuqtaning koordinatasini quyidagi asboblar va usullar yordamida aniqlash mumkin: -ruletka yoki lenta yordamida; -qirg‘oqdan turib burchak o’lchaydigan asboblar yordamida; -qayiqda turib, yuqoridagi ikki usuldan birini qo’llash asosida. Yuqorida qayd etilganidek, chuqurliklarni o'lchashdan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri suv ostini, ya’ni o‘zan tubi relyefini izobatlarda tasvirlashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |