Chuqurlik o’lchash ma’lumotlarini qayta ishlash. Ushbu mavzuda daryo yoki kanallarda bajarilgan chuqurlik o’lchash ishlari natijalarini qayta ishlash, ularning bo‘ylama va ko‘ndalang profillarini tuzish hamda morfometrik ko‘rsatkichlarini hisoblash usullari yoritiladi. Barcha chuqurlik o‘lchash ishlari maxsus, standart tipdagi daftarchaga yozib boriladi. Bu daftarcha turli qismlardan iborat bo‘lib, ularda o‘lchash bajarilayotgan vaqtdagi gidrometeorologik sharoitning bayoni, suv sathini kuzatish va o‘lchangan chuqurliklami qayd etib borish uchun maxsus jadval berilgan bo‘ladi (3.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |