Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti umumiy fizika va magnetizm kafedrasi



Download 8,52 Mb.
bet101/138
Sana09.06.2022
Hajmi8,52 Mb.
#646925
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   138
Bog'liq
2d863ee1fe8fe04036d0b25f02af0d26 МАЖМУАИ ДАСТУРИ ТАЪЛИМИ ОИД БА ФАННИ “УСЛУБИЯТИ ОМЎЗИШИ ФИЗИКА

Nazorat savollari.

  1. Fizika masallari turlari va uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati nimadan iborat?

  2. Fizikadan masala yechish darsi va u qanday tashkil etiladi?

  3. Fizika masalalarini yechish tartibini izohlang?

  4. Fizika masalalarini yechishning sistemali yondashuv usuli?

  5. Fizik kattaliklarning o’lchov birliklari sistemasi deb nimaga aytiladi?

  6. Masalani to’g’ri yechilganligi qanday tekshirib ko’riladi?

  7. Uyga vazifalar berish va uni nazorat qilish qanday amalga oshiriladi?



12-Ma’ruza. Fizikadan laboratoriya mashg’ulotlarini
tashkil etish uslubiyati.
Reja: Laboratoriya mashg’ulotining didaktik ahamiyati. Laboratoriya mashg’ulotlari turlari. Laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish va hisobot tuzish tartibi.
Tayanch iboralar: Frontal, Fizpraktinum, texnika havfsizligi.
Laboratoriya darsi fizika ta’limining ajralmas qismi hisoblanib, u nazariya bilan amaliyotning o’zaro bog’lanishni ta’minlaydi.
Umumta’lim maktablarida laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazishdan quyidagi maqsadlar ko’zga tutiladi.
1) Laboratoriya mashg’ulotlari o’quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
2) O’quvchilarning nazariy bilimlarini amalda qo’llay bilish uchun ko’nikma va malakani shakllantirish.
3) Fizikaning tajriba usuli bilan o’quvchilarni tanishtirish.
4) Fizik jarayonlarning mohiyati bilan mustaqil tanishish.
5) O’quvchilarda mustaqil fikrlash va ijodkorlik kabi ko’nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
6) O’quvchilarni zamonaviy texnik asbob va uskunalarning tuzilishi va ishlash prinsiplari bilan tanishtirish.
7) Politexnik ta’limni amalga oshirish.
8) Fizik tajribalar orqali fizik kattaliklarning mohiyatini chuqurroq o’zlashtirishga, xatoliklarni baholashga o’rgatish.
9) Fizika bilan boshqa fanlar o’rtasidagi aloqani mustahkamlash.
10) Kasbga yo’naltirish va tarbiyani amalga oshirish.


Frontal laboratoriya ishi va tajriba.

Laboratoriya mashg’ulotlarining quyidagi turlari mavjud.
Demonstrasion tajriba davomida o’quvchilar faqat kuzatib boradilar ya’ni ular darsda passiv ishtirok etadilar. O’quvchilarning mustaqil ishini yo’lga qo’yish, ularning aktivligini oshirish maqsadida, frontal laboratoriya ishi olib boriladi. Frontal laboratoriya darsida barcha o’quvchilar bir paytda va bir xil asbobda bir xil ishni bajaradilar. Frontal laboratoriya darsi o’quvchilarni mustaqil fikrlashga, va amaliy ishga layoqatini shakllantirishga xizmat qiladi. Frontal laboratoriya ishlari ro’yxati o’quv dasturida keltirilgan. Ta’limning birinchi bosqichida: «O’tkazgichlarni parallel va ketma-ket ulash», “G’o’lani o’lchamini chizg’ich yordamida o’lchash”, «Oddiy elektr zanjirini tuzish» va “Tok kuchi va kuchlanishni zanjirning turli qismlarida o’lchash” kabi frontal laboratoriya ishlari bajarilsa, Ikkinchi bosqichda: “suyuqlikning sirt taranglik koeffisiyentini aniqlash”, “kondensator sig’imini o’lchash” va h.k. o’rganiladi.
Frontal laboratoriya sifat hamda miqdoriy ishlarga bo’linadi. Frontal laboratoriya ishlari ko’zlangan maqsadga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
1)Fizik hodisalarni kuzatish va o’rganish.
Masalan: “Suvning qaynashini kuzatish va suv temperaturasini vaqtga bog’liqlik grafigini chizish”, “Magnit xususiyatini o’rganish”, “Magnit maydonini o’rganish”, “Tok bilan magnitning o’zaro ta’sirlashuvi” va h.k.
2) O’lchov asboblar bilan tanishish va fizik kattaliklarni o’lchash. Masalan: tarozi yordamida massani o’lchash, “Voltmetr yordamida kuchlanishni o’lchash”, Yuqori sinflarda “Yarim o’tkazgichli diodning volt-amper xarakteristikasini o’rganish”, “Spektroskopni gradirovkalash va gradirovka egri chizig’i yordamida yorug’lik to’lqin uzunligini aniqlash” va hokazolar.
3) Fizik asbob va uskunalar, texnik qurilmalarning ishlash prinsipi bilan tanishish. Masalan: “Elektromagnit va uning ishlash prinsipi”, “O’zgarmas tok generatori, va elektrodvigatelini ishlash prinsipi”, “Mikroskop modelini yasash” va hokazolar.
4)Miqdoriy bog’lanishlarni tekshirish.
Masalan: “Boyl-Mariott qonuni”, Yorug’likning qaytish qonunini o’rganish.
5) Fizik kattaliklarni, moddalar xususiyatini o’rganish. Masalan: Bolsman doimiysini, erkin tushish tezlanishi, ishqalanish koeffisiyenti yorug’lik tezligi, moddalarning dielektrik singdiruvchanligi va sindirishni ko’rsatkichini aniqlash va h.k.
Frontal laboratoriya darsi quyidagi tartibda olib boriladi: Kirish so’zi, o’quvchilar tamonidan tajriba o’tkazilishi, olingan natijalarni ishlab chiqish va ishga xulosa yasash.

  1. Kirish so’zi qisqa va aniq bo’lishi kerak, kerakli asbob va uskunalar stol ustida turishi zarur.

  2. Tajriba davomida o’qituvchi maslahatlar va ogohlantirishlar qilib turishi kerak. O’lchashlar 3-4 marta takrorlanib, fizik kattalikning o’rtacha qiymati olinadi.

Tajribani hamma o’quvchilar bir maromda bajara olmasligi uning samadorligini pasaytirishi mumkin: Shuning uchun o’qituvchi tajriba davomida o’quvchilarga individual yondoshishi zarur bo’ladi. Ulgura olmagan o’quvchilarga yordam berish, tajribani tugatgan o’quvchilarga esa qo’shimcha vazifa berishni taqozo etadi. Frontal laboratoriya ishi davomida o’quvchilarda jadvallar va spravochniklardan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish ham muhim ahamiyatga ega.
Har bir laboratoriya ishiga qisqacha qo’llanma tuzilishi kerak. Bu qo’llanmada laboratoriya ishining tartib raqami, uning qisqacha nazariyasi, asbob, va uskunalar ro’yxati va ularni ishlatish qoidasi va xavfsizlik texnikasi bayon etiladi.
Laboratoriya ishi yuzasidan yozma hisobot tuzilib unda ish mavzusi, ishning bajarilish tartibi, olingan natijalar asosida hisoblashlar, grafiklar keltirilib, xatoliklar hisobi qayd etiladi.
Laboratoriya darsi oxirida, hisobot muhokama qilinib baholanadi. Bunda o’qituvchi xato va kamchiliklar va yutuqlarni umumlashtirib xulosa chiqaradi.
Fizikadan amaliy mashg’ulot (fizpraktikum).
Frontal laboratoriya mashg’ulotidan fizpraktikumning farqi shuki unda o’quvchi mustaqil ish olib boradi. Fizpraktikum ko’pchilik holda biror bo’limni yakunlash paytida yoki o’quv yili oxirida o’tkaziladi. Har bir ishga tegishli qo’llanma tuzilib, ushbu qo’llanma asosida o’quvchilar mustaqil ravishda ishni bajarishadi.
Laboratoriya mashg’ulotlarida o’quvchilarni guruhlarga bo’lishning didaktik tamoni ham bor. U yoki bu tajribani o’tkazishda bir vaqtning o’zida bir nechta asbobning ko’rsatishini kuzatib yozib borishiga to’g’ri keladi. Guruhlardagi o’quvchilar soni 2-3 tadan oshmasligi kerak, chunki barcha guruh a’zolari tajribani o’tkazishga aktiv ishtirok etishlari lozim. Guruhlarga bo’lishda quyidagilarni e’tiborga olish lozim; o’quvchilarni guruhlarga o’qituvchi tamonidan tuzilishi yoki o’quvchilarning xohishiga qarab bo’linishi ham mumkin. Bir guruhda kuchli, o’rtacha va past o’zlashtiruvchi o’quvchilar tanlanishi mumkin. Bu usulda kuchli o’quvchini kuchsiz o’quvchiga yordami tegishi mumkin. Lekin bu bilan biz kuchli o’quvchini ishini samaradorligini pasaytirishimiz ham mumkin. Laboratoriya mashg’uloti paytida o’qituvchi har bir o’quvchining faoliyatini nazorat qilib borishi zarur.


Laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish uslubiyati.
Laboratoriya ishi hajmiga qarab 1-soatlik yoki 2-soatlik bo’lishi mumkin. Laboratoriya mashg’ulotlariga qo’yiladigan asosiy uslubiy talablar quyidagilardan iborat:

  1. Laboratoriya ishi o’rganiladigan mavzuga vaqt bo’yicha mos kelishi zarur.

  2. Laboratriya ishini bajarishdan ko’zda tutilgan maqsad aniq bo’lmog’i lozim.

  3. O’quvchilar laboratoriya ishini bajarish uchun tayyorlangan qo’llanmani o’qib u bilan tanishib chiqqandan keyin o’qituvchiga ish tartibini va maqsadini bayon qilib berishlari zarur.

  4. Laboratoriya ishlarini bajarishga kirishishdan avval texnika xavfsizligi bo’yicha o’quvchilar bilan suhbat o’tkazilishi zarur.

  5. Laboratoriya mashg’ulotini yakuni sifatida hisobot tuzilishi lozim. Hisobotda: Ishning nomi va tartib raqami, ishga kerakli asbob va uskunalar ro’yxati, qisqacha nazariya, tajribalar natijasi, xatoliklarni hisoblashlar qayd etiladi.



Uyda bajariladigan laboratoriya ishlari.

Download 8,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish