Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti umumiy fizika va magnetizm kafedrasi


Masala yechish darsida o’quvchilarda ko’nikma va



Download 8,52 Mb.
bet100/138
Sana09.06.2022
Hajmi8,52 Mb.
#646925
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   138
Bog'liq
2d863ee1fe8fe04036d0b25f02af0d26 МАЖМУАИ ДАСТУРИ ТАЪЛИМИ ОИД БА ФАННИ “УСЛУБИЯТИ ОМЎЗИШИ ФИЗИКА

Masala yechish darsida o’quvchilarda ko’nikma va
malakani shakllantirish uslubi


Pedagogikada va didaktikada ko’nikma va malaka haqida batafsil ma’lumot beriladi. Ko’nikma deganda o’quvchining u yoki bu masalani yecha olish qobiliyati tushuniladi. Ko’nikma jamlanib malakaga aylanadi. Malakaga ega o’quvchi masalani tez va to’g’ri yecha oladi. Umumta’lim maktabini bitirayotgan yoshlarimizning aksariyati masala yechishda ko’nikmaga ega bo’lishib, malaka esa shakllanmaganligi kuzatilmoqda. Bu muammoni yechimiga sistemali yondashuv usuli zarur. Agar o’quv jarayonini sistema deb olsak, uning elementlari: o’quvchi, o’qituvchi, o’quv adabiyotlari, madaniy muhit va hokazolar hisoblanadi. Ushbu elementlar ham o’z navbatida sistema hisoblanadi. Masalan o’quvchi shaxsini olsak, u murakkab sistema hisoblanadi. Uning elementlari: o’quvchi ongi, talanti, qiziqishi, sabr-toqati, mehnatsevarligi, o’qishdan maqsadi va hokazolardan iborat bo’ladi. O’quvchilarning malakali bo’lishi nafaqat ularning shaxsiy xislatlariga, balkim fizika o’qituvchisining malakasiga, tajribasiga va dars o’tish uslubiyatiga ham bog’liq bo’ladi. O’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi o’zaro muloqat ochiq demokratik asosga ega bo’lsagina kutilgan natijaga erishish mumkin.
Fizikadan masalalar sinfda va uyda yechilishi mumkin. Sinfda masala yechish usuli haqida to’xtalamiz. Dars boshida o’qituvchi masala shartini doskaga yozib namuna sifatida bir yoki ikkita masalani yechib ko’rsatadi. Navbatdagi masalani yechishni o’quvchilarning o’zlariga taklif etadi. O’qituvchi sinfni aylanib o’quvchilar bajarayotgan amallarni kuzatib boradi. Ulgurmayotgan yoki xatollikka yo’l qo’yayotgan o’quvchilarga yordam beradi, ularni rag’batlantirib turadi. Yaxshi o’zlashtirayotgan o’quvchilarga navbatdagi masalani yechishni tavsiya etadi. Xuddi shuningdek, o’quvchilardan biriga masalani doskada yechishni ham taklif etish mumkin. Bu usulda o’quvchilar mustaqil fikrlash, mulohaza yuritish kabi ko’nikma va malakani egallashlariga erishila boriladi. Masalani o’quvchilarga mustaqil yechishni tavsiya etganda biroz muddat sukut saqlash lozim, ya’ni o’quvchilar masalani mustaqil yechishga intilsinlar. So’ngra lozim bo’lsa yordam ko’rsatish kerak.
Masala yechishni uyda bajarishga ham tavsiya etish lozim. Uy vazifasi sifatida beriladigan masalalar o’quvchilarning bilim darajasiga mos bo’lmog’i kerak, aks holda ular uy vazifasini bajarishmaydi. Xuddi shuningdek masalalar soni haddan ortiq bo’lmasligi kerak. Chunki, o’quvchilarning boshqa fanlar bo’yicha uy vazifasini bajarishga ham vaqti yetarli bo’lsin.
Uyga berilgan vazifalarni navbatdagi darsda tekshirish zarur, aks holda o’quvchilar uyda masala yechishga sovuqqonlik bilan qarashadi. Uyga berilgan vazifa albatta baholanishi lozim.



Download 8,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish