O’quvchilarning darsliklar bilan mustaqil ishlashlarini
tashkil etish usullari.
Fizikani o’qitish jarayonida o’quvchilarni darslik bilan mustaqil ishlashini
amalga oshirish o’quv jarayonining eng muhim elementi hisoblanadi. Darsliklar bi-
lan o’quvchilarni shug’ullanishi didaktik jihatdan muhim ahamiyatga ega.
O’quvchilarni dars paytida yangi o’quv mavzusini egallashi hamma o’quvchida
ham bir tekis kechmaydi. Ba’zi o’quvchi mavzuni tez va puxta o’zlashtirsa, ba’zi
o’quvchi sust va yuzaki o’zlashtiradi. Uyda esa vaqt yetarli, sust o’zlashtiradigan
o’quvchi qayta-qayta mashq qilish, mutolaa orqali mavzuni to’la va puxta
o’zlashtirishga erishishi mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |