Tayanch iboralar: Obyektiv, subyektiv, test, aprabasiya, validlik, ek-
spert
O’tilgan mavzuni takrorlash usullari.
Ta’lim jarayonida o’quv materiallini berish bilan birgalikda uni mustahkam-
lash ham muhim ahamiyatga ega. O’quvchilar bilimini mustahkamligi takrorlash
orqali amalga oshiriladi. Halqimizda «Mulla bo’lsang takror qil» degan ibora bejiz
aytilmagan. Takrorlash usullari haqida to’xtalamiz. Takrorlash o’tilgan mavzuni
qayta o’rganishga aylanmasligi kerak. Takrorlash yangi mavzuni o’zlashtirishga
zamin hozirlaydi. Takrorlash yodlab olingan narsalarni mexanik tarzda so’zlab ber-
ishga aylanmasligi zarur, balkim o’quvchilarni mantiqiy xulosa chiqarishga va
o’zlashtirilgan mavzularni sistemaga keltirishga harakat qilishi kerak.
Takrorlashning samarali usuli turli xildagi masalalarni yechish, laboratoriya
ishlarini bajarish hisoblanadi. Masala yechish orqali o’quvchilarning nazariy bilim-
larini amalda qo’llanilishini, fizik kattaliklar va munosabatlarning fizik mohiyatini
chuqurroq o’rganilishiga erishiladi. Takrorlashni yangi mavzuni o’tishdan avval,
dars davomida va darsning yakunida ham o’tkazish mumkin. Takrorlash sistematik
tarzda o’quv yili davomida o’tkazilishi kerak.
O’quvchilar bilim va malakasini nazorat qilish uslubiyati
O’quvchilar o’zlashtirishini baholash orqali ularning xotirasini rivojlanishiga, ol-
gan bilimlarini sistemaga keltirishga erishiladi. O’quvchilar bilimi va malakasini
baholash orqali o’qituvchi qo’llagan uslubiyatining samaradorligi to’g’risida
xulosa chiqarishi mumkin. Shu yo’l bilan o’qituvchi o’zi yo’l qo’ygan xato va
kamchiliklarni dars jarayonida to’g’rilab borishi mumkin. Sistematik tarzda
o’tkaziladigan nazorat o’quvchilarda javobgarlik hissini uyg’otadi, intizomni mus-
tahkamlaydi. O’quvchilar bilimi va malakasini nazorat qilishda qo’yiladigan asosiy
talab uning obyektivligidir. Fizikadan o’quvchilar bilimi va malakasini nazorat qi-
lish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:
1)
Og’zaki usuli eng keng tarqalgan usul hisoblanib, uning yordamida o’quvchi
bilan o’qituvchi o’rtasida aloqa o’rnatiladi. Og’zaki so’rov darsning boshida, dars
davomida va dars oxirida o’tkazilishi mumkin. Og’zaki so’rash o’quvchilarni man-
tiqiy fikrlashga va nutqini o’stirishga xizmat qiladi. Og’zaki so’rov yakkama-
yakka va frontal usullarda olib borilishi mumkin.
Yakkama-yakka usulda o’quvchilardan biri doska oldiga chiqib fizik ja-
rayonni, masalani yoki qonuniyatni izohlab beradi. Bu usulda eng muhimi
munozaraga sinfdagi barcha o’quvchilarni jalb etish hisoblanadi. O’quvchilarga
beriladigan savol asosiy va qo’shimcha savollarga bo’linishi ham mumkin.
Qo’shimcha savol o’quvchilar asosiy savolga javob bera olmagan taqdirda beriladi
va asosiy savolga javob berishga ko’maklashadi. Sinfdagi barcha o’quvchilar
diqqatini o’quvchi javobiga qaratilishga erishmoq kerak. Agar o’quvchi javobida
xato yoki kamchiliklar bo’lsa, uni boshqa o’quvchilar tomonidan to’ldirilishi
so’raladi.
Savol nafaqat qo’l ko’targan o’quvchiga, balkim tinch o’tirgan
o’quvchilarga ham berilishi zarur. Shu usulda barcha o’quvchilar diqqatini
muhokama etilayotgan mavzuga qaratish mumkin. Yakkama-yakka so’rash usulida
qo’yiladigan savol ko’rgazmali qurollar, chizmalar, grafiklar, jadvallarga ta’luqli
bo’lishi ham mumkin.
2)
Frontal (Yalpi) so’rov usuli. Bu usulda o’quvchilar bilimi va malakasi nazo-
rat ishi olish yo’li bilan amalga oshiriladi. Nazorat ishlar 15-20 minut yoki bir dars
davomida o’tkazilishi mumkin. Nazorat ishidan maqsad qisqa vaqt ichida
o’quvchilar o’zlashtirishini anqlash, ularning olgan nazariy bilimlarini amalda
qo’llashda o’rgatish hisoblanadi. Nazorat o’tkazish vaqti va mavzusi avaldan e’lon
qilinishi ham mumkin. Hozirgi paytda qisqa muddatli nazorat ishlar test sinovlari
orqali amalga oshirish ta’lim jarayoniga kirib kelmoqda. Test sinov usulining
ijobiy tomonlari bilan birgalikda u ayrim kamchiliklardan ham holi emas. Test
usuliga haddan ortiq berilib ketish, o’quvchilarni mayda savollarga javob berishga
o’rgatib, mantiqiy fikrlash va mavzuni to’liq o’zlashtirishdan chalg’itadi. Yozma
nazorat ishda berilgan masalalar o’quvchilar xotirasida uzoq saqlanadi va ular
o’zaro bahslashib to’g’ri yechimni topishga intilishadi. Nazorat ishlarni tekshirib
baholash va xato kamchiliklarini ko’rsatish muhim ahamiyatga ega. Nazorat ishlar
natijasi muhokama etilib barcha o’quvchilarning yozma ishidagi umumiy kam-
chiliklar ko’rsatilishi kerak.
O’quvchilar bilimi va malakasini nazorat qilishning test-sinov usuli.
O’quvchilar bilimini nazorat qilib borish dars jarayonining ajralmas va muhim
bosqichi hisoblanadi. O’quvchilar bilimi va layoqatini nazorat qilishning asosan
ikki usuli mavjud: obyektiv va subyektiv usullar. Subyektiv usulda o’qituvchi
o’quvchi javobi va malakasini o’z bilimi va ta’surotlari asosida taqqoslash orqali
baholaydi.
Obyektiv baholash ma’lum bir mezon asosida amalga oshiriladi. Hozirgi
paytda bu test usuli hisoblanadi. Bu usulda o’quvchi bilimini baholash uchun test
topshiriqlari ekspert komissiyasi a’zolari tomonidan tuzilgan testlar asosida
o’tkaziladi. Ekspert hay’ati tarkibiga fan mutaxassisi, psixolog va pedagoglar kira-
di.
Test usulida o’quvchi javobi etalon bilan solishtirilib, obyektiv
xulosa chiqariladi (baholanadi).
Test (T
3
)=topshiriq (3
)+ Etalon
Test topshiriqlariga quyiladigan asosiy talablar: aniqlik, soddalik, bir qiymatlilik.
Aniqlik-o’quvchi test topshiriqlarini o’qib undan nima talab qilinayotganligini va
qanday yo’l tutish lozimligini anglab yetishi zarur.
Soddalik-test topshiriqlari soda va tushunarli bo’lishi zarur.
Bir qiymatlilik-ya’ni test javoblari kim tamonidan tekshirilmasin javob bir xil
bo’lishi kerak (baholashning bir xilligi)
O’zlashtirish darajasi (koeffisiyenti) Quyidagi munosabat orqali aniqlanadi.
р
а
к
)
(
, a-to’g’ri javoblar soni r- test topshiriqlari soni.
agar k
0,7 yoki k
70% bo’lsa, o’quv materiali o’zlashtirilgan hisoblanadi. Agar
o’quvchilar javobida
K(
)
56%-qoniqarsiz, k(
)
71%-85% yaxshi k(
)
86
100%-bo’lsa a’lo
baholar bilan baholanadi.
Test usullari bilan shug’ullanadigan fan vujudga keldi. Bu fan testologiya
deb ataladi. Ekspert komissiya tamonidan tuzilgan test topshiriqlari aprabasiyadan
o’tkazilib uning validligi (yaroqliligi) aniqlanib, so’ngra u testdan o’quv jarayon-
ida ommaviy ravishda foydalanish mumkin.
Test topshiriqlarini aprabasiyadan (sinovdan) o’tkazish usuli. Masalan 30 ta
test topshirig’i tuziladi. Bu testlar tajriba sinfiga topshiriq sifatida beriladi. Natija
tahlil qilinganda 30 ta test topshirig’idan 3 tasini hyech bir o’quvchi yecha olma-
gan. Demak bu test topshiriqlari invalid hisoblanadi. Bu 3 ta test topshirig’i o’quv
dasturiga mos emas yoki topshiriq noto’g’ri tuzilgan ya’ni qandaydir kamchilikka
ega. Bu test topshiriqlarini takomillashtirish yoki boshqasi bilan almashtirilish lo-
zim.
Test topshiriqlari murakkabligi darajasi bo’yicha to’rt turga bo’linadi.
Birinchi darajali qiyinchilikdagi test topshiriqlarini o’quvchilar tayyor javo-
blar ichidan to’g’risini ko’rsatish yoki “ha” yoki “yo’q” degan javobni berishi lo-
zim. To’g’ri javob testning o’zida beriladi.
Ikkinchi darajali test topshiriqlarida tayanch iboralar yoki tavsiyalar beril-
maydi. O’quvchi o’z bilimi va malakasiga asoslanib jumlada yoki formulada yet-
ishmagan elementni qo’yishi lozim.
Uchinchi darajali test topshiriqlari o’quvchining izlanuvchanlik faoliyati bi-
lan yechiladi, ya’ni topshiriqda tayyor javob berilmaydi, noan’naviy misol va ma-
salalarni yechish taklif etiladi. Bu turdagi testlarni yechishda o’quvchidan tahlil,
sintez, taqqoslash kabi ko’nikma va malaka talab qilinadi.
To’rtinchi darajali test topshiriqlarini yechish uchun o’quvchi yoki talabadan
ijodiy yondoshuv orqali yangi ilmiy ma’lumotni yuzaga keltirish topshiriladi. Ush-
bu test topshiriqlari dalzarb muammolarga bag’ishlangan bo’lib, o’quvchi uni za-
monaviy fan va uslubiyat yutuqlaridan foydalanib yechishi mumkin.
Test asosida o’quvchilar bilimi va malakasini nazorat qilish bir qator did-
aktik afzalliklarga ega bo’lishi bilan birgalikda u kamchiliklardan ham xoli emasli-
gi ayon bo’lmoqda. Ushbu kamchiliklar:
1.
Test asosida o’quvchilar bilimini baholashning noadekvatligi (absalyut
to’g’ri emasligi).
2.
O’quv maqsadini (motivni) o’zgarishiga olib keladi.
3.
O’quv predmeti mazmunining qisqarishi.
4.
Nazorat jarayonidan mutaxassis o’qituvchilarning chetlatilishi
5.
O’qituvchi malakasini pasayib borish tendensiyasi
6.
Test ko’p sarf va harajat talab etadi.
7.
Test usuli adolatli va zamonaviy bo’lsa ham, yuqorida qayd etilgan
kamchiliklardan saqlanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |