Fanning annotatsiyasi
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng, bozor iqtisodiga asoslangan
jamiyat qurishga kirishildi. Ma’lumki, jamiyat bilan ta’lim tizimi o’rtasida o’zaro
dialektik munosabat mavjud. Jamiyat ta’lim tizimining rivojlanishi uchun shart-
sharoitlar yaratib bersa, ta’lim tizimi o’z navbatida jamiyat
taraqqiyotini amalga
oshiradigan malakali kadrlarni yetkazib beradi. Ammo sovetlar davridan bizga
meros bo’lib o’tgan ta’lim tizimi zamona talabiga javob bera olmas edi. Ta’lim tiz-
imidagi kamchiliklarni prezident I.Karimov 1997 yil 29 avgustdagi Oliy Maj-
lisning IX sessiyasida so’zlagan nutqida har tomonlama chuqur tahlil qilib berdi.
Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish yuzasidan hukumatimiz tomonidan
«Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi qonun qabul qi-
lindi. Ushbu davlat hujjatlarida ta’lim tizimining muhim qismi bo’lgan o’qitish
uslubiyatiga ham keng e’tibor berilgan. Ta’lim jarayonini
tubdan isloh qilish uchun
yangi mazmundagi va zamona talabiga javob beradigan o’quv adabiyotlari,
uslubiy
qo’llanmalar yaratish va ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etishni taqozo
etadi. Ta’lim tizimidagi kamchiliklar shu jumladan fizika fanini o’qitish uslu-
biyatini ham chetlab o’tmadi. Respublika DTM ning axborotida qayd etilishicha,
keyingi yillarda abiturentlarning fizika fanidan to’plagan
ballari fanlar orasida
oxirgi o’rinlarni egallab kelmoqda. Respublika miqyosida maktab o’quvchilari
o’rtasida o’tkaziladigan olimpiadalarda fizika fani bo’yicha 1 va 2 o’rinlar bo’sh
qolmoqda. Bunday ahvol Respublikada fizika fanini o’qitish uslubiyatida jiddiy
kamchiliklar mavjudligidan darak beradi. Bu muammoni hal etishning yagona
yo’li fizikani o’qitishga ilmiy yondashuv-sistemali tahlil usuli hisoblanadi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarning ta’lim tizimida sinovdan o’tib o’zining hayo-
tiyligini ko’rsatgan yangi pedagogik texnologiya (YaPT) bizning ta’lim tizimimiz-
da yaqinda kirib kela boshladi. Fizikani o’qitishda YaPT ni joriy etish
o’qituvchidan zamonaviy didaktik usullar (induksiya, deduksiya, sistema, model,
analogiya)ni keng qo’llashni taqozo etadi. Ikkinchidan ta’lim jarayoni
murakkab,
takomillashib boruvchi, ochiq, boshqariladigan dinamik va nochiziqli sistema
hisoblanadi. Bu sistemaning asosiy elementlari bo’lib o’qituvchi, o’quvchi,
darsliklar, o’qitish uslubiyati va xokazolar hisoblanadi. Bu elementlarning har biri
o’z navbatida murakkab sistema hisoblanadi. Ushbu elementlar o’rtasida funksion-
al bog’lanish mavjud. Funksional bog’lanishlarni tahlil qilib
uning zaif tomonlarini
aniqlash va uni bartaraf etish orqali fizikani o’qitishning samaradorligini oshirish-
ga erishish mumkin.
Buning uchun fizika o’qituvchisidan fizika fanidan fundamental bilim va uni
o’qitishning zamonaviy uslubiyatidan yetarli bilimga ega bo’lish talab etiladi.
Hozirgi kunda fizika fanini o’qitish uslubiyatiga bag’ishlab yozilgan darsliklar za-
monaviy talablarga mutlaqo mos kelmay qoldi. Shuning uchun fizikani o’qitish
uslubiyati fanidan zamonaviy talablarni e’tiborga olib darsliklar, uslubiy
qo’llanmalar yaratish dolzarb muammo hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan mulo-
hazalarni e’tiborga olib, mualliflar tomonidan bir necha yillar davomida universi-
tetning fizika fakulteti talabalariga fizikani o’qitish uslubiyati fanidan o’qib kelin-
gan ma’ruzalarda to’plangan tajribalar asosida ushbu o’quv-uslubiy majmua
tuzildi. Unda didaktikaning an’anaviy tomonlarini saqlab
qolgan holda zamonaviy
didaktika asosi YaPT ga keng e’tibor berildi.