O’quvchilarni mustaqil tarzda uyda bajaradigan
ishlari uslubiyati.
O’quvchilarni uyda bajaradigan mustaqil ishi o’quv jarayonining muhim el-
ementi hisoblanadi. To’g’ri hal qilingan uydagi mustaqil ish o’quvchilarda
darsliklar bilan ishlash, fizik jarayonlarni tahlil qilish, tajribalar o’tkazish
ko’nikmalarini shakllantirishga erishiladi. Uy vazifalarini o’z vaqtida bajara borish
orqali o’quvchilarda tartib, intizom, o’z majburiyatlariga javobgarlik hissini
o’yg’otadi, vaqtdan umumli foydalanish kabi xislatlarni shakllantirish bilan
tarbiyaviy vazifa ham amalga oshirila boriladi. Uy vazifalari u yoki bu qoida yoki
qonunni yodlash yoki mexanik tarzda masala yechishga aylanmasligi lozim. Uy
vazifalariga o’quvchilar ongli va ijodiy yondashuvini shakllantirish lozim. Umum-
ta’lim maktablarida o’quvchilarni uy ishlarini tashkil etishda bir qator kamchili-
klarga yo’l quyilishi mumkin.
1)Uy vazifasi o’quvchilar tomonidan mavzuni yodlash tarzida uyushtirilishi.
2) Mavzuga ijodiy yondashuv juda past darajada.
3) Ko’pchilik holda uy vazifasi dars oxirida yoki qo’ng’iroq chalingandan
keyin beriladi, bu holda uy vazifasini bajarish bo’yicha ko’rsatma, yo’nalish
ko’rsatilmay qoladi. Natijada o’quvchining juda ko’p vaqtini bekorga isrof qilishga
olib keladi, bu hol o’quvchilarni o’ziga ishonchsizlikni, o’qishga qiziqishini susay-
tirishga olib keladi.
4) Ko’pchilik hollarda uy ishlarini bajarilishi nazoratsiz qoldiriladi, bu hol
o’quvchilarda javobgarlik hissini susayishiga olib keladi.
5) Uy vazifalarini berishda o’quvchilarning individual qobiliyati hisobga
olinmaydi.
Fizikadan uy ishlari turlari.
O’tilgan mavzuni takrorlash, darsliklar, qo’llanmalar bilan ishlash, masala
yechish, o’tilgan qonunlarni tabiatda, turmushda, sanoatda qo’llanilishini kuzatish,
chizmalar, grafiklar, turli shakllar yasash, turli tajribalar o’tkazish, hisoblashlar
o’tkazish va h.k.
Uy ishl0
Ҏ
ri uslubiyati.
Uy ishlari o’quvchilar qobiliyatini hisobga olgan holda berilishi lozim.
Yuqori va past o’zlashtiruvchi o’quvchilarga bir xil vazifa berish didaktik jihatdan
noto’g’ri bo’lib o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini pasayishiga olib
Uy ishlari o’quvchilar qobiliyatini hisobga olgan holda berilishi lozim.
Yuqori va past o’zlashtiruvchi o’quvchilarga bir xil vazifa berish didaktik jihatdan
noto’g’ri bo’lib o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini pasayishiga olib
keladi.
O’quv chilar tomonidan uy ishlarini qayd etilishi. Uy ishlarini tekshirish (nazorat)
uslubiyati
. y ishlarini nazorat qilish to’g’ri sistemali tarzda tashkil etish didaktik
y ishlarini nazorat qilish to’g’ri sistemali tarzda tashkil etish didaktik
vatarbiyaviy ahamiyatga ega.
Fizikadan sinfdan tashqarida olib boriladigan ishlar
1) Sindan tashqari ishlar o’quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodkorlik kabi
xislatlarni shakllantirishga olib keladi.
2) Fizika to’garagi-o’quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini asosiy shakli
hisoblanadi. Fizika to’garagi 12-15tadan ortiq bo’lmagan o’quvchilar bilan uyush-
tiriladi.
3) Fizika va texnika to’garagi. Fizika to’garagi tajriba, atraksion, viktorina,
suhbat hikoya, topishmoq va krossvord shaklida tashkil etilishi mumkin.
Fizika to’garagi va uning didaktik ahamiyati.
Fizika ta’limining samaradorligi ko’p jihatdan o’quvchilarning qiziqishiga
bog’liq. yuqori saviyada olib borilgan fizika darsida o’quvchilar o’quv dasturidan
tashqari mavzularni ham bilishga intiladi. O’quvchilarni fanga qiziqtirish
yo’llaridan biri fizika to’garaklarini tashkil etish hisoblanadi. Fizika to’garagi
o’quvchilarni fizik qonuniyatlar mazmunini kengroq tushunishga, mustaqil va
ijodiy fikrlashga undaydi, amaliy ishlarga layoqatini yuzaga chiqaradi.
Fizika to’garagining mavzusi sifatida quyidagilar olinishi mumkin:
1) fizika tarixidan u yoki bu qonuniyatlarning kashf etilishi tarixi, olimlarn-
ing hayoti va ilmiy faoliyati mavzusida bo’lish mumkin. Ayniqsa Ona Vatanimiz-
dan chiqqan buyuk allomalarimiz: al-Xorazmiy, al –Farg’oniy, Beruniy, Farobiy,
Ibn Sino, Ulug’beklarning fizika-matematika sohasidagi ilmy merosini o’rganish
muhim didaktik va tarbiyaviy ahamiyatga ega: ularda mustaqillik, ozodlik, milliy
g’ururni va ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiladi.
2) Fizika-texnika mavzusidagi to’garaglarda o’quvchilar nafaqat nazariy bi-
lim olishadi, balkim ular fizik qonuniyatlarga asoslangan turli xildagi texnik asbob
va uskunalar modelini yasashga o’rganishadi.
3) Namoyish uchun o’quv qurollarini yasashga qaratilgan fizika to’garagi.
Uning maqsadi o’quv dasturiga kirmagan o’quv texnika vositalarini yaratish va
borlarini takomillashtirishga qaratilgan.
4) Izlanuvchanlik ruhidagi to’garak. Bu turdagi fizika to’garagida
o’quvchilar mustaqil tarzda ammo o’qituvchi rahbarligida ilmiy izlanishlar olib
borishadi. Agar maktab sharoitida bunga imkoniyat bo’lmasa, ular mavjud labora-
toriya ishlari negizida dasturga kiritilmagan fizik tajribalarni olib borishlari mum-
kin.
Fizika to’garagini tashkil etish. Fizika to’garagiga ko’ngilli o’quvchilar
qabul qilinadi. To’garakga turli sinf o’quvchilari qabul qilinadi va ularning soni
12-15 tadan oshmasligi kerak. Fizika o’qituvchisi to’garak rahbari hisoblanadi va
tugarak mavzusini, kerakli adabiyotlar va jurnallarni tavsiya etadi, o’quvchilarga
maslahatlar va topshiriqlar beradi, ularning yutuq va kamchiliklarini e’tirof etib bo-
radi.
Fizika kechasini uyushtirish. Fizika o’qituvchisi tugarak a’zolari va maktab
o’quvchilari bilan ahyon-ahyonda maxsus fizika kechalari uyushtirib turadi. Ush-
bu kechalarda fizikadan qiziqarli hodisalar va suhbatlar tanlab olinadi. Tabiatdagi
g’ayri-tabiiy hodisalar, tarixiy tajribalar, topishmoqlar va viktorinalar mavzu sifat-
ida olinishi mumkin. Ayrim fizik olimlar, buyuk allomalarimizning hayoti va ilmiy
merosi kecha mavzusi sifatida olinishi maqsadga muvofiqdir. Kechada ilmiy
munozara va tajribalar bilan birgalikda, adabiy va badiiy chiqishlar ham kiritilishi
mumkin, bu yoshlarni estetik tarbiyasiga, vatanparvarlik, istiqlol mafkurasini
shakllantirishga xizmat qiladi.
Iqtidorli va sust o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan olib boriladigan ishlar.
Umumta’lim, o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida fizika darsining
mazmuni odatda o’rtacha o’zlashtiruvchi o’quvchiga mo’ljallanadi, natijada o’quv
materiali iqtidorli o’quvchi uchun zerikarli bo’lsa, past o’zlashtiruvchi
o’quvchilarga tushunarli bo’lmay qolishi mumkin. Ta’lim jarayonidagi ushbu
muamo keyingi yillarda ishlab chiqilgan «dasturli dars» usuli orqali qisman hal
etildi. Ammo «dasturli dars» usuli universal usul emas, uni barcha dars turlariga
qo’llash kutilgan natijani bermasligi mumkin. Masalan, laboratoriya, fizpraktikum
kabi dars turlari uchun «dasturli dars» samarasiz ekanligi ayon bo’ldi.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin ta’lim tizimi tubdan isloh qilina bosh-
landi. Ta’lim tizimiga «Yangi pedagogik texnologiya» (YaPT) ni joriy etish dasturi
ishlab chiqildi. YaPT ning maqsadi o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda
maxsus tuzilgan dastur asosida sifati kafolatlangan kadrlar tayorlashdan iborat.
Ammo YaPT ni ta’lim jarayoniga keng miqyosda qo’llanilayapti deb ayta olmay-
miz. Shu sababli iqtidorli va past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan fizika
o’qituvchisi maxsus shug’ullanishga to’g’ri keladi.
Iqtidorli o’quvchilar bilan olib boriladigan ishlar.
1)
Har bir iqtidorli o’quvchining individual qobiliyatini e’tiborga olib unga
boshqalarga nisbatan qiyinroq masalalarni yechishni, mustaqil fikrlashni
talab etadigan laboratoriya ishlarini taklif etish, darsdan keyin turli dara-
jadagi namoyish tajribalarini o’tkazishni taklif etish lozim.
2)
Darsliklardan tashqari turli xil jurnallar va maqolalarni o’qib chiqib, fizikan-
ing dolzarb mavzulari bo’yicha referatlar yozishni va uni darsdan tashqarida
to’garaklar va konferensiyalarga ma’ruza bilan chiqishini uyushtirishi yaxshi
natijalarni berishi mumkin.
3)
Iqtidorli talabalar bilan fizikaning yangi ochilgan hodisalari haqida suhbatlar
uyushtirish, ularga turli xildagi o’quv texnika vositalarini yasashni, turli
xildagi namoyish plakatlari, jadvallar va grafiklarni tuzishni taklif etish
mumkin.
Past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan olib boriladigan ishlar.
Kundalik nazorat o’tkazish orqali past o’zlashtiruvchi o’quvchilar aniqlanib,
ular bilan shug’ullanish fizika o’qituvchisining majburiyati hisoblanadi. Avvalo
fizika o’qituvchisi past o’zlashtirish sababini aniqlashi va unga barham berish
uchun chora va tadbirlar ishlab chiqishi kerak. O’quvchilarning o’quv mavzusini
past o’zlashtirishiga turli xil sabablar bo’lishi mumkin. O’quvchi salomatligini
yomonligi, oilaviy sharoiti, aqliy zaifligi, ruhiy kechinmalari, boshqa fanlarni
yomon o’zlashtirishi (asosan matematika, ximiya) va hokazolar bo’lishi mumkin.
Past o’zlashtiruvchi o’quvchi o’qituvchidan maxsus topshiriqlar olib o’zlashtira
olmagan mavzularni o’zlashtirib boradi. Uning o’zlashtirishi dars paytida va
darsdan keyin nazorat qilib boriladi. O’qituvchining o’quvchi bilan yakkama-
yakka suhbati va yordami unga ijobiy ta’sir etadi va boshqalardan orqada qolmas-
likka intiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |