Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti umumiy fizika kafedrasi


Para va ferromagnitlar: Kamyob Yer metallarining (KYeM) va temir guruhi metallarining (TGM) elektron tuzilishi



Download 9,17 Mb.
bet2/52
Sana14.06.2022
Hajmi9,17 Mb.
#669958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
7bcf57be3e167f55128d95090dea6a9c METALLAR MAGNETIZMI

1.1. Para va ferromagnitlar: Kamyob Yer metallarining (KYeM) va temir guruhi metallarining (TGM) elektron tuzilishi.
Kechikib to`ladigan elektron qobig`larga (3d-,4d-,5d-,6d-,4f-,5f-) ega bo`lgan atomlardan tashkil topgan metallar o`tkazuvchan metallar nomi bilan ataladi. KYeM ga 4f-elektron qobig`i kechikib to`ladigan lantandan (z=57) lyutetsiygacha (z=71) bo`lgan elementlar kiradi.
KYeM da elektronlarning qobiqlar bo`yicha joylashishi, 4f-, 5d- va 6s-qobiqlarni hisobga olmaganda xuddi ksenondagidek bo`ladi. KYeM elementlari atomlarida 4f-gacha bo`lgan ichki qobiqlar elektronlar bilan to`lgan bo`lib, ularning elektron konfiguratsiyasi: 1s22s22p63s23p63d104s24p64d10 , tashqi elektron qobiqlar konfiguratsiyasi esa: 4fn5s25p65d0-16s2 kabi aniqlanadi [1-2]. Bundagi n 4f-qobiqdagi elektronlar soni bo`lib, n=0 (La) dan n=14 (Lu) gacha o`zgaradi. Kristall holatda KYeM atomlari uch karra ionlashgan holatda kristall panjara tugunlarida joylashadilar. 5d16s2 -qobiqlardagi elektronlar esa kristallda umumlashgan, ya`ni elekr tok hosil qiladigan elrktronlarga aylanadi. Bu metallar 4f-qobig’ining effektiv radiusi (r4f) kristall panjara tugunlari orasidagi eng qisqa masofa – panjara davridan ancha kichikdir, ya`ni, r4f>> . Ulardagi 4f-qobig`idagi elektronlar kristall panjara tugunida o`troqlashgan bo`lib, tashqi 5s25p6-to`lgan qobiqlar bilan ionlar maydonidan ekranlashgandir. Shuning uchun ham 4f-elektronlar KYeM da xuddi erkin atom va ionlardek energetik holatda bo`ladi. KYeM ning “erkin ion” modelining mohiyati shundan iboratdir. KYeM uchun ”ion” modelining o`ziga xos tomoni shundaki, birinchidan, 4f-elektronning tugunlararo bevosita ta`siri (f-f) mavjud emas deb qaraladi; ikkinchidan esa, tugunlardagi 4f-elektronlar orasida spin-orbital ( ) o`zaro ta`sir deb ataladigan ta`sir kuchli bo`lib, bunda 4f-elektronning S-spin va L-orbital momentlari Rassel-Saunders tipida qo`shilib, ionning to`la mexanik momenti - Xundning uchinchi qoidasiga asosan topiladi: 4f-qobiq yarmigacha to`lganda (yengil KYeM uchun) J=L-S, yarmidan ortig`iga to`lganda (og`ir KYeM uchun) J=L+S kabi topiladi.
Spin-orbital bog`lanish energiyasi 4f-elektronlarning birinchi uyg`ongan va asosiy holat energiyalarining farqi orqali aniqlanadi. KYeM ionlaridagi eng past energetik sathlarining joylashish tartibi bu elementlarning magnit xossalarini belgilaydi. Energetik sathlar haqidagi ma’lumotlar esa fluorestent va infraqizil nuqtalarning optik yutilish spektridan tajribada aniqlanadi. Nazariy jihatdan energetik sathlar sxemasi Gaudsmit [3] va Landening intervallar qoidasi [4] yordamida aniqlanadi. Gaudsmit qoidasi quyidagicha:
 (1.1)
Bunda, -asosiy va uyg`ongan sathlar energiyalarining farqi, - elektronning zaryadi, - elektronning massasi, - Plank doimiysi, - va – mos ravishda, bosh va orbital kvant sonlari, - 4f- qobiqdagi elektronlarning to`la orbital kvant soni, - atomning tartib nomeri, - ekranlash doimiysi.


Download 9,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish