VideoCom bilan intensivlik taqsimotini qayd qilish Tajribada difraksion tasvirning intensivlik taqsimoti I(a) VideoCom ning bir satrli ZBA kamerasi yordamida qayd qilinadi. Bunda difraksion tasvir 2048 pikselga ega bo’lgan ZBAda (ZBA: zaryad bog’lanishli asbob) aks etadi va ketma- ketli interfeys orqali kompyuterga uzatiladi.
VideoCom bilan bog’langan kompyuter dasturi intensivlik taqsimotini I (a) ko’rsatadi va bu esa (1) tenglamaga asosan nazariya bo’yicha kutilgan intensivlik taqsimoti bilan uni tez va bevosita taqqoslashga imkon beradi.
Qurilma
Eslatma: Yustirovka bir oz qorong’ilashtirilgan xonada bajarilishi kerak. Butun tajriba qurilmasi 2-Rasmda tasvirlangan. Fokus masofasi f = +5 mm bo’lgan sferik linza Li qutblangan lazer nurining kengayishini ta’minlaydi. Fokus masofasi f = +50 mm bo’lgan keyingi yig’uvchi linza L2 shunday joylashtirilganki, uning markazi sferik linza markazidan bir oz pastda. Bu bilan lazer nuri bir oz kengayadi va optik o’q bo’yicha deyarli parallel tarqaladi. Prujinali qisqichli tutgichdagi H fokus masofasi f = +500 mm bo’lgan yig’uvchi linza L3 ortidagi VideoComning ZBA si namunasida yorqin difraksion tasvirni ta’minlaydi. Lazer nurlanishining intensivligi lazer bilan linza Li orasidagi polyarizasion filtr P yordamida o’zgartirilishi mumkin.
Ishni bajarish tartibi Optik reyderdan foydalanib, geliy-neonli lazerni optik stolga 2-Rasmda keltirilgandek o’rnating. Shtativ va optik reyder yordamida optik stolning qarama- qarshi tomoni oxiriga VideoCom ni joylashtiring. Lazerni ulang va lazer bilan VideoCom ni shunday yustirovka qilingki, ular aniq optik o’qda yotsin. Boshqa optik komponentlarni joylashtirishda optik o’q saqlanishini tekshirib boring. Fokus masofasi f=+5 mm bo’lgan sferik linzani L1 lazer old tomonidan taxminan 20 sm masofada o’rnating. ( lazer nuri VideoCom tuynugiga tushishi kerak). Fokus masofasi f=+50 mm bo’lgan yig’uvchi linzani L2 sferik linza L1 orqasiga taxminan 6 sm masofada joylashtiring va uni to lazer nurining tasviri VideoCom ning ZBA kanalida keskin bo’lmaguncha optik stol bo’ylab, sferik linza L1tomonga qarab, siljiting.Yig’uvchi linza L2 ni sferik linza L1 dan to ekrandagi lazer nurining diametri taxminan 6 mm gacha kengaymaguncha siljiting ( bunda lazer nuri doimiy aylana kesimga ega bo’lishi kerak). Linza bilan ekran oralig’ida nurning diametri doimiy qolishini aniqlash uchun, nur yo’liga oq varaq tuting va optik o’q bo’yicha nurning kesimini tekshiring. Fokus masofasi f=+500 mm bo’lgan yig’uvchi linzani L3 nurning yo’liga VideoCom dan taxminan 50 sm da joylashtiring va uni lazer nurining tasviri VideoCom ning ZBA kanalida keskin bo’ladigan qilib o’rnating. Uchta qo’sh tirqishli diafragma bor prujinali siqib turuvchi tutgichni L2 bilan L3oralig’iga nurning yo’liga joylashtiring. VideoCom faqat kanaldagi intensivlikni o’lchaydi. Shuning uchun, difraksion tasvir aniq ZBA kanaliga tushayotganligini tekshirish kerak. Zarur bo’lsa, VideoCom balandligini o’zgartiring. Polyarizasion filtrni P lazer bilan linza L1 oralig’iga o’rnating.
2-Rasm.:Tirqishdan keyingi difraksiyani kuzatish tajriba qurilmasi (yuqorida) va nurning sxematik yo’li (pastda).
L1: linza f = +5 mm
L2: linza f = +50 mm
L3: linza f = +500 mm
P: polyarizatsion filtr
H: prujinali qisqichli tutgich
S: kuzatish tekisligi (VideoCom ning ZBA kanali)