Ekzosayyoralar massasi: Ekzosayyoralar toʻgʻrisida gap borganda ularning masssasini aniqlash muhimdir. Yerdan katta sayyoralar toʻgʻrisida gap borganda ularning massasi Yerning massasidan ancha katta ekanligini etirof etish kerak shuni qayd qilish kerakki hayot juda ham murakkab tuzilishga ega. Sayyoralar tuzilishi ham juda murakkab boʻlib ularni tahliliy oʻrganish juda qoniqarlidir. Agar tarkibini oʻzgartirmasdan sayyorani radiusini ikki marta oshirilsa uning massasi 8 marta ortadi. Yerdan katta sayyoralarda massasi 10 marta oʻzgarsa radius ham 10 marta oʻzgaradi. Bu esa bu sayyoralarning har xilligidan dalolat beradi. Ularning oʻrtacha zichligi va tarkibi har xildir.
Sayyoralar nimadan tuzilganligini esga olaylik. Tanlash katta emas, masalan: sayyora yashil moddadan tashkil topgan boʻlishi mumkin emas lekin qandaydir manobor. Sayyoralarni uchta asosiy qatlamga boʻlish mumkin. Bu qattiq yadro boʻlib u temirdan boʻlishi mumkin. Temir tosh qatlam va tosh qatlam buning qiziqarli tomoni uning Yer sayyorasiga oʻxshashligidadir. Ikkinchi tashkil etuvchisi bu muzdir – bu qatlamda asosan suv muzlari boʻladi. Bu muz oʻzining tuzilishi bilan muzlatgichda hosil boʻladigan muzdan farq qiladi. Chunki ekzosayyoralarda bu muz juda yuqori bosimlarda hosil boʻladi, shuning uchun ham tuzilishi boshqacha boʻladi. Lekin qanday boʻlishdan qatiiy nazar bu suv muzdir. Agar u muzni siz eritsangiz odatdagi suv hosil boʻladi. Ekzosayyoralarni uchinchi qatlami bu – atmosfera boʻlishi mumkin. Biz atmosfera deganda yer atmosferasini tasavvur qilamiz. Bizga ma’lumki bizning atmosferamiz ancha yupqa qatlamdan iborat. Agar biz Yerga uzoqdan qarasak u holda biz yer atrofida nozik palasani koʻramiz. Bu manzara juda ham ajoyib koʻrinadi. Agar Marsga qarasak uning atmosferasi uzoqdan koʻrinadi chunki uning atmosferasi juda ham gʻalayonlangan boʻladi. Hatto Venera sayyorasining ham atmosferasi zich boʻlgani uchun koʻrinmaydi. Shuning uchun ham Venera sayyorasini butunlay kuzatish juda qiyin. Shuni qayd qilish kerakki Venera toʻgʻrisida olingan natijalar yoki radar yordamida, yoki Venera sirtiga qoʻndirilgan aparatlar yordamida olingan. Lekin shunga qaramasdan Veneraning atmosferasini nisbatan olsak uncha qalin emas shuning uchun ham atmosfera Veneraning massasiga katta ta’sir koʻrsatadi. Quyosh sistemasidagi katta sayyoralarda holat ancha boshqacha. Ularning atmosferasi ancha qalin boʻlib, ular gaz bulutlardan tashkil topgan. Yerdan katta sayyoralarda bu parametrlar juda ham har xil kombenatsiyaga ega. Bu yerda qandaydir qonuniyatni kuzatish mumkin. Lekin bu sayyoralar Yerdan ikki uch marta katta boʻlsa ham bu qonuniyat oʻrinli boʻladi. Shuni qayd qilish katta va kichik sayyoralar Yerdan 8-9 marta ogʻir bu sayyoralarda oʻzaro bogʻliqlik bor. Demak oʻlchami taxminan 4 ta yer oʻlchamiga teng boʻlgan sayyoralar yerga juda oʻxshash boʻladi. Ya’ni bularning kuchli yadrosi va muz qatlami boʻlishi mumkin. Lekin ularning atmosferasi qalin emas. Bu sayyoralar atmosferasining qobigʻining massasi ularning yadrosining oʻlchamiga qarab aniqlanadi agar biz massasi Yer massasidan 4 marta katta sayyoralarni koʻrib chiqsak u holda ularda ham qobiqlar kuzatilishi mumkin. Bu qobiqlar yordamida ushbu ekzosayyorani kuzatish osonlashsa, ikkinchi tomondan bu qobiq sayyoraning yadrosini oʻrganish uchun qiyinchilik tugʻdiradi. Hozirgi vaqtda biz bu sayyoralar atmosferalari toʻgʻrisida nimanidir oʻrganishimiz mumkin. Biz orbita davri orqali yulduzlarning energiyasini ham aniqlashimiz mumkin. Bu orqali kelayotgan energiyaga qarab ekzosayyoraning sirti qanday darajada qiziyatganini aniqlash mumkin. Lekin sayyorani radiusini va massasini aniqlab uning ichki strukturasini aniqlash juda qiyin . Agar uni qobigʻi juda qalin boʻlsa bu jarayon yana ham qiyinlashadi. Bizga ma’lumki yadro massiv boʻlsa u ogʻirlashib boradi, lekin uning radiusi deyarli oʻzgarmay qoladi. Chunki uning massasi markazida zichlikning ortishi tufayli ortib boradi. Agar sayyoraning yadrosi temirdan tashkil topgan boʻlsa, uning zichligi bir santimetr kubda 100 gramgacha yetishi mumkin bu esa katta zichlikdir narmal sharoitda Yerda eng zich metallarning zichligi 1 santimetr kubda 40 grammdan ham kam boʻladi. Shuning uchun sayyoralarning massasi orib boradi radiusi esa qobiqlar hisobida ortadi lekin bu sayyoralarning yadrosi nimadan tuzilganligi toʻgʻrisida biror fikir aytish jud qiyin. Buni oʻrganish juda ham qiziq. Chunki bu sayyoralarning muzlik qobigʻini oʻrganish ularning shakillanish toʻgʻrisida atroflicha ma’lumot olish imkonini beradi. [8]