Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti Noshirlik ishi yo’nalishi


Masofali o`qitish va uning tashkil qilish asoslari



Download 34,58 Kb.
bet2/12
Sana04.09.2021
Hajmi34,58 Kb.
#163812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xolboyeva Surayyo Masofadan o'qitish texnologiyasi

Masofali o`qitish va uning tashkil qilish asoslari. Masofali o`qitish (MO`) - axborot-kommunikasion texnologiya (kompyuterlar, telekommunikasiya, multimedia) vositalari va ilmiy asoslangan o`qitish usullarini qo`llab ta`lim (kunduzgi, sirqi, eksternat) olish shaklidir. O`qitishni bu shakli o`quvchilarga mos ta`lim predmetini erkin tanlash, o`qituvchi bilan muloqat qilish sharoitlarini ta`minlaydigan an`anaviy, yangi axborot va telekommunikasiya texnologiyalariga asoslanib, o`qitish jarayoni o`quvchining qaerdaligi va vaqtga bog`liq bo`lmagan holda amalga oshiriladi. O`quvchi o`quv muassasasiga qatnamay, o`qituvchi yoki o`quv muasasasi seritifikasiyalagan shaxs (tyutor)lardan doimiy maslahat olib o`qish imkoniyatiga ega.

Masofali ta`lim (distant education) - axborot texnologiyasini foydalangan holda masofadan turib ta`lim muxiti yordamida o`quv axborotlarini almashinishni ta`minlaydigan va o`quv jarayonini olib borish hamda boshqarish tizimini amalga oshiradigan bilim va ko`nikmalarni egallash jarayoni.

Masofali ta`lim - masofali o`qitish orqali amalga oshiriladigan ta`lim.

Masofali o`qitish - o`rganayotgan materialning asosiy hajmini o`quvchilarga yetkazish, o`quv jarayonida talaba va o`qituvchining interfaol muloqati, talabalarga o`rganayotgan materiallarni o`zlashtirish bo`yicha mustaqil ishlash, shuningdek, ularning o`qish mobaynida olgan bilim va ko`nikmalarini baxolashga imkoniyat beradi axborot texnologiyalari yig`indisi.

Masofali o`qitish - o`quv jarayoniga tegishli bo`lgan barcha komponentlar (maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakl, o`qitish vositalari va hokazo), Internet-texnologiyasining maxsus vositalari va boshqalar bilan amalga oshiriladigan va interfaollikni ko`zda tutgan o`qituvchi va o`quvchilarning masofadan turib o`zaro aloqa qilishi.

Masofali o`qitishning asosiy maqsadi: tinglovchilar qaerda yashashlaridan qat`iy nazar jaxondagi ixtiyoriy ta`lim muassasasida o`qish imkoniyatini yaratish, ta`lim muassasalaridagi professor-o`qituvchilarning saloxiyatlardan foydalangan holda ta`lim sifatini oshirish, o`quvchilarga uzluksiz ta`lim olishni ta`minlash va ta`limning turli shakllarini bir-biriga yaqinlashtirishdan iborat.

Masofali ta`lim tizimining an`anaviy ta`lim shaklidan farqi, uning egiluvchanligiga bog`liq ravishda yuqori xarakatchanligi, tinglovchilarning mustaqil ishlash imkoniyatini kattaligi, o`quv - uslusbiy ta`minotning rang barang shakldaligida bo`lib, ular tinglovchilarning qaerdaligidan qat`iy nazar ta`lim jarayonini samaradorligini ko`tarishga imkon beradi.

Masofali o`qitish tizimiga quyidagilarni kiritish mumkin:

- dastlabki tashkiliy ishlar (an`anaviy tartibda o`tkazish ham mumkin). Bu o`z ichiga guruxni shaklalantirish, tinglovchilar bilan tanishish, ularni boshlang`ich bilimlarini aniqlash uchun mo`ljallangan (kirish) testidan o`tkazish, kirish darslari tashkil etish, o`qish uchun zarur bo`lgan o`quv manbalarni tavsiya qilish va boshqa tashkiliy masalalarini oladi;

- tinglovchilarga elektron ma`ruza va qo`llanmalarni uzatish;

- tinglovchilarni tyutor - maslahatchi bilan yozishmasi;

- professor - o`qituvchilarni tinglovchilar bilan yozishmasi.

Bu o`z ichiga elektron pochta orqali maslahatlar, teleanjumanlar ko`rinishidagi seminarlar, elektron testdan o`tkazish, tinglovchilarni Internet tarmog`i orqali mustaqil ishlashlari, audio-vidio qo`llanmalar bilan mustaqil ishlashi, ekspert tizimlaridagi bilimlar omborini esda saqlab qolishlarini oladi;

- tinglovchilarni mustaqil ishlashi;

- joriy nazorat (imtihon), bitiruv ishi (referat)ni tayyorlash va himoya qilish, tinglovchilarga diplom yoki seritifikatni taqdim etish;

- turli ko`rinishdagi teleanjuman (masalan, kurs buyicha, o`quv muassasasi bo`yicha yoki global tarmoqli) lar.

Masofali o`kitish tizimining xarakatchanlik xususiyati o`kuv auditoriyalarini tashkil etish va nazorat qilish, o`kuv - metodik qo`llanma va elektron kutubxonalarning jamg`armalarini, kompyuter tarmoqlarining global va mahalliy hisoblash ashyolarini foydalanish, tyutor - konsultant va o`qituvchilarni tayyorlash kabi ta`lim ashyolarini samarali foydalanishni rejalashtirish muamolarini keltirib chiqaradi.

Tinglovchilarni masofali o`qitish uchun:

- ashyolarni turli taqsimotida mintaqaviy va xududiy markazlarning tarmoqlarini o`tkazish imkoniyati; xujjat almashinish muddatlari; masofali o`qitish tizimida tinglovchilarni o`qitish uchun sarflanadigan mablag`; ta`limning alohida shakllari; turli kurslar va masofali o`qitish xususiyatlarini taxlil qilish;

- tinglovchilarning yakuniy attestasiyasi uchun zarur bo`lgan bilimlari sifatini nazorat qilish uslublarini, ajratish;

- o`qituvchi va tinglovchilar uchun fanlar bo`yicha o`quv-uslubiy qo`llanma va materiallar ishlab chiqish;

- zamonaviy o`qitish vositalari: elektron darslik, audio - va vidio kurslar, kompyuterli o`qitish dasturlari, telekommunikasiya vositalarini foydalanishning metodologik asoslarini aniqlash;

- malaka oshirishda ishtirok etadigan o`qituvchi va tyutor - maslahatchilarni tayyorlash;

- o`quv jaraenida interfaol uslublari va yangi pedagogik texnologiyalarini o`z joyida fodalanishni taxlil qilish va aniqlash;

- malaka oshirish va qayta tayyorlash o`quv rejalariga kiritiladigan o`quv kurslarni asoslash va me`erga keltirish;

- ta`lim yo`nalishi va fanlari bo`yicha masofali o`qitishni amalga oshiruvchilarni aniqlash kabi muammolarni hal qilish kerak.




Download 34,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish