Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyosi kafedrasi


Orientirlanish refleksining ikkinchi shakli



Download 7,85 Mb.
bet22/83
Sana31.12.2021
Hajmi7,85 Mb.
#268899
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83
Bog'liq
OAF majmua falsafa-2019 cb278e6bb07544e6d294c5aecb156987

Orientirlanish refleksining ikkinchi shakli ixtisoslash-gan izlanish harakatlari bilan bog‘liq va motivatsion-ehtiyoj tavsiflarga, ya’ni kuchli dominantaga va tashqi ta’sirchilarga qaramdir.

Orientirlanish refleksining uchinchi shakli tadqiqot reaksiyalari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu reaksiyalar organizmning kundalik ehtiyojlarini qondirish bilan, albatta bog‘liq bo‘lishi shart emas, ya’ni «qiziquvchanlik»ka asoslangan.

Orientirlanish-tadqiqot refleksi orientirlanish-tadqiqot xulq-atvorining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu xulq-atvor tug‘ma bo‘lishi bilan birga shartli reflektorli faoliyatdan ajralmasdir. Bu, xulq-atvorning boshqa ko‘pchilik shakllariga ham taalluqlidir. SHuning uchun ham, xulq-atvor fiziologiyasining eng murakkab masalalaridan biri, tug‘ma va orttirilgan reaksiyalarni ajratish hisoblanadi.

Tug‘ma faoliyat voyaga etgan hayvonda sof holda namoyon bo‘lmaydi, u, ontogenez jarayonida shakllanadigan shartli reflekslar tomonidan shaklan o‘zgartirilgan bo‘ladi. SHunday qilib, shartsiz reflekslar hayot sharoitlariga individual moslashishga mos ravishda modifikatsiyalanadi. Hattoki, postnatal hayotning ilk davrlarida ham, hayot faoliyatining ayrim tomonlari uchun esa, prenatal davri-dayoq tug‘ma reaksiyalar shartli-reflektorli elementlar bilan «qop-lanadi». Bunda, genetik determinant ijobiy reaksiyalar, salbiy reaksiyalarga transformatsiya bo‘ladi.

Tug‘ma va orttirilgan reaksiyalarni differensiyalashdagi boshqa bir murakkablik individual rivojlanish jarayonida shartsiz-reflektorli faoliyatni mukammallashtirish bilan bog‘liq. Indivi-dual rivojlanish jarayonida tug‘ma xulq-atvorni shaklan o‘zgarishi, nafaqat o‘rganishga bog‘liq, balki oxir oqibatda shartsiz-reflek-torli faoliyatga ta’sir qiluvchi ko‘pchilik bilvosita ta’sirlarga ham bog‘liqdir. Agar ontogenez davrida xulq-atvorga o‘rganish yoki boshqa omillarning ta’siri sezilmasa, bunday xulq-atvorga tug‘ma deb qarash qabul qilingan.
Instinktlar
Har bir xulq-atvor aktini, albatta reflektorli asosga ega ekanligi to‘g‘risidagi masala murakkab hisoblanadi. Uni majburiy-ligi to‘g‘risidagi tasavvur I.P.Pavlovni murakkab shartsiz refleks-lar va instinktlar tushunchalarini o‘xshatishga olib keldi.

Ko‘pchilik holatlarda, shablonli reaksiyalar zanjirini ochilishiga turtki bo‘ladigan ichki va tashqi rag‘batlarni topishga erishilgan. Lekin, har doim ham ularni identifikatsiya qilish mumkin emas va, shu tufayli, instinktiv faoliyatning bir qator shakllari o‘z-o‘zidan beixtiyor namoyon bo‘ladi, deb hisoblash mumkin. Markaziy asab tizimidagi endogen jarayonlar, bir qator instinktiv aktlarni, tashqi va ichki muhitning holatida biron-bir sezilarli o‘zgarishisiz bajarilishini belgilaydi. Bunda, sirkadali va boshqa ritmlar katta rol o‘ynaydi. Ushbu ritmlar, organizmning fiziologik holati va turli rag‘batlar tomonidan belgilanmasada, ularning ta’sirida o‘zgarishi mumkin.

Bosh miyaning turli strukturalarida avtonom tebranish jarayonlari bayon qilingan bo‘lib, ular o‘z turdoshlaridan ajratib qo‘yilgan va ko‘rish hamda eshitish qobiliyatidan mahrum qilingan hayvonlar xulq-atvorini davriy o‘zgarishlarini belgilaydi. Ko‘pchilik genetik kodlashtirilgan reaksiyalar, organizm ichki muhitidagi o‘zgarishlar bilan belgilanadi. Ayrim me’yoriy reaksiyalar, qaytar aloqalar bo‘lmaganda bostiriladi. Kar va ko‘r odamlarda mos ravishda eshitish yoki ko‘rish orqali anglash bilan bog‘liq ayrim harakatlar (jumladan, ovoz berish ham) chehrasida ko‘rinmaydi. Tug‘ma ko‘r odamlar yoshi kattalashgan sari kamroq kuladi. Lekin, bir qator harakatlar, sensor tizimning buzilishidan mustasno erkin namoyon bo‘ladi.

Instinkt harakatlar majmualari, odatda organizm ichki va tashqi muhiti signallari bilan yaqindan bog‘liqdir. SHu bilan birga, ular markaziy asab tizimidagi avtonom jarayonlar tomonidan ham belgilanishi mumkin. Lekin, ularni har doim ham ko‘rish mumkin emas.

Instinktiv aktlarni reflektorli tabiatga ega ekanligini inkor qilish, ayrim tadqiqotchilar tomonidan ularni tug‘ma, ichki tashkiliylikka ega va spontan namoyon bo‘ladi, deb belgilanishiga olib kelgan. U.Kreyg instinkt «o‘ziga xos harakat energiyasi» ni to‘planishi bilan bog‘liq bo‘lib, uni hal qiluvchi vaziyat ozod qiladi, deb yozgan. Bunda, ichki ehtiyojlarni aks etuvchi instinktiv harakatlar izlanish (tayyorgarlik ko‘rish) va yakunlovchi fazalarini o‘z ichiga oladi. Bunga misol qilib, yirtqichning o‘ljani izlab topish va eyish paytidagi faolligini ko‘rsatish mumkin. Birinchi bosqichda yo‘naltirilmagan izlanish bo‘ladi, keyinchalik o‘lja tomonidan keluvchi qo‘zg‘atuvchilarga mos ravishda, izlanish yo‘naltirilgan tus oladi. SHundan so‘ng, bir qator xulq-atvor aktlari yuzaga keladi (pisib borish yoki quvish, hamla qilish, o‘ljani o‘ldirish, uni burdalash). Ikkinchi bosqich (o‘ljani eyish) yakuniy hisoblanadi (konsumotor) va birinchi bosqichga nisbatan ancha stereotip o‘tadi. Zamonaviy etologiya bo‘icha instinktiv xulq-atvor fiksatsiya qilingan patternlar majmualaridan, ya’ni ushbu turga mansub barcha zotlarda ketma-ketligi va ijro qilish shakli bo‘yicha bir xildagi harakat aktlaridan iborat (K. Lorens konsepsiyasi). Ichki va tashqi qo‘zg‘atuvchilar (gormonal fon, tashqi muhit harorati va boshqalar) ta’siri ostida asab markazlarida «o‘ziga xos harakat energiyasi» to‘planadi. Ushbu energiya, ma’lum bir xohishni qoniqtirishga (ochlik, chanqoq, jinsiy ehtiyoj va h.k.) yo‘naltirgan izlanish xulq-atvorini yuzaga keltiradi. Izlanish fazasi nafaqat tug‘ma, balki orttirilgan element-larni ham o‘z ichiga oladi. Undan keyin keladigan yakunlovchi faza, qat’iy turga xos bo‘ladi va o‘rganish jarayonida modifikatsiyaga uchramaydi. Yakunlovchi fazani, sof holdagi instinkt deb hisoblash mumkin.

Turga xos ko‘rish a’zolarining qo‘zg‘atgichlari turli shakldagi instinktiv xulq-atvorni belgilaydigan keng toifali signallarni o‘z ichiga oladi. Lekni ular, turli sensor tizimlarga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan asosiy rag‘batlarning bir qisminigina tashkil qiladi. Ovqatlanish, mudofaa, jinsiy xulq-atvor, ona va bola, hamjamiyat a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat (ijtimoiy xulq-atvor) bilan bog‘liq bo‘lgan tovushli signallar yaxshi o‘rganilgan. Turli shakldagi tug‘ma faollik uchun, boshlab beruvchi rolni hid qo‘zg‘atgichlar (ferromonlar) o‘ynaydi.




Download 7,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish