55
O‘simlik tanasida meristema har xil joylashadi. Rivojlanayotgan urug‘dagi embrion
(murtak) dastlab birlamchi meristemadan iborat bo‘ladi. Uning keyingi taraqqiyotida birlamchi
meristema novdalarni uchki apekal (lot. apeko-uchki) va barcha yon yoki l a t a r a l (latus-yon)
kurtaklarda hamda ildizlarning uchiga yaqin joyda bo‘ladi. O‘sish nuqtalarida i n i s i a l (lot.
initsialis- boshlang‘ich) hosil bo‘ladi. Initsial hujayra yo‘sin (mox) va ba’zi qirqquloqlarda
bittadan, urug‘li o‘simliklarda esa bir nechta bo‘lishi mumkin. Initsial hujayralar doimiy
to‘qimalarni hosil qiladigan meristemalarni yuzaga keltiradi.
Meristema to‘qimasining hujayralari shakli xilma-xildir, ko‘pincha ular parenximatik
hujayralar bo‘lib, izodiametrik ko‘p qirra yirik mag‘izli sitoplazma bilan to‘lgan yupqa po‘stli
ba’zan kichik vakuolalarga ega.
Meristema hujayralari o‘sish xususiyatiga ega. Ular bir necha marta bo‘linadi va u yoki bu
xildagi to‘qima hujayralariga aylanadi. Ma’lum bir vaqt o‘tgandan keyin meristematik
xususiyatini yo‘qotib doimiy hujayralarga aylanadi. Dastlab bu hujayralarni hajmi kattalashadi;
hujayra po‘sti notekis qalinlashganligi sababli yiriklashayotgan hujayralarning shakli o‘zgaradi
va ba’zan bo‘yiga cho‘ziladi ko‘p qirrali shaklga aylanadi.
Apekal meristema yoki birlamchi meristema o‘simlik organlarida joylanishi bo‘yicha t e p
a meristema hisoblanadi. Bu meristemaning bo‘linishi natijasida novda va ildiz uzunasiga hamda
yoniga qarab o‘sadi. O‘simlik shoxlanish vaqtida har qaysi yon novda va yon ildiz inisial
hujayralardan tashkil topgan meristemaga aylanadi.
Yon (lateral) meristemalar, apekal (lat, apeks-uchki, tepa) meristemasidan bir oz pastroqda
joylashgan bo‘lib, uning faoliyati natijasida halqasimon qatlam shaklida yuzaga keladi. Bu
hujayralarning bo‘linishidan b i r l a m ch i k a m b i y, p e r i s i k l hosil bo‘ladi. Boshqa yon
meristemalar (kambiy, felogen) keyinroq yuzaga keladi, shuning uchun ham ularni shartli
ravishda i k k i l a m ch i meristema deb ataladi. Ko‘pchilik vaqtda ikkilamchi meristema,
masalan, f e l l o g e n (yunon, fellos-po’kak, genos-tugilish), doimiy to‘qimaning qayta
mutaxassuslashidan yuzaga keladi va o‘zidan tashqariga p o’ k a k qatlamini hosil qiladi. Ammo,
ko‘pchilik bug’doydoshlar vakillarida ikkilamchi meristema bo‘lmaydi va o‘simlikning poyasi
faqat birlamchi meristemadan tashkil topadi.
Odatda, yosh to‘qimalar apekal meristemadan a k r o p e t a l (yunon, akros-tepa, uch;
petere-intilish) tarzda yuzaga keladi va yuqoriga qarab o‘sadi. Akropetal o‘sish ildizlarda yaqqol
ko‘rinadi. Lekin novdalarda bu qonuniyat tez-tez buzilib turadi. Chunki poya, novdalarda
interkalyar (lot, interkolyar-orqaga qo‘yish, joylashtirish) o‘sish bo‘g‘im oralig‘ida joylashgan
meristemalarning bo‘linishidan yosh hujayralar yuzaga keladi (masalan, bug’doydoshlarda
bo‘g‘im ostida).
Yopiq urug‘li o‘simliklarda barg plastinkasi bazipetal (yunon, bazis-asos, tub, tag; petere-
intilish) qismlari o‘rtasida interkolyar o‘sish yuzaga kelganligidan barg asosi va bandi
hammadan keyin paydo bo‘ladi.
Ba’zi o‘simlikning biror organi yoki to‘qimasi jarohatlanganda meristema to‘qimasi hosil
bo‘ladi va shikastlangan joyni tiklanishini ta’minlaydi. Shikastlangan joyga yaqin joylashgan
hayotchan hujayralar taxassuslashib hosil qiluvchi to‘qima yuzaga keladi va himoya qiluvchi
pukakni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: