18 - rasm. Ildiz sistemalarining tiplari:
1 – o‘q ildiz sistema; 2 – popuk ildiz sistema; 3 – aralash ildiz sistema;
4 – ildiz tuganak;
Ildizchaning uchida ildiz qinchasi qoramtir qalpoqcha ko‘rinishi ko‘rinib turibdi. Uning
asosida apekal meristema ko‘rinib turadi. Ildiz qinchasi sitoplazma, yadro, kraxmal donali
aminoplastli tirik parenximali hujayralardan iborat. Hujayra qobig‘i yupqa, oson shilliq modda
ajratuvchi, bu tashqi hujayralarning parchalanishi va ulardan qinchadan ajralib turishini bildiradi.
Shilliq modda bo‘lagida yotgan ajralgan hujayralar ildizning tuproqda siljishini yengillashtiradi.
Ajralgan hujayralarni o‘rnini yangilari doimiy ravishda to‘ldirilib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |