Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti botanika kafedrasi



Download 13,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/432
Sana11.08.2021
Hajmi13,88 Mb.
#145422
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   432
Bog'liq
botanika yuksak osimliklar sistematikasi.

3-Mashg’ulot. 
HOSIL QILUVCHI TO’QIMALAR. 
 
Meristema  (yunon.  meristos-bo’luvchi,  ajratuvchi)  hosil  qiluvchi  to’qima,  bo’linish 
yo’li bilan yangi to’qima hosil qilish xususiyatiga ega. Shu to’qimaning bo’linishi hisobidan 
o’simlik tanasida yangi-yangi to’qimalar hosil bo’ladi va umr bo’yi o’sishini davom etadi. 
O’simlik  tanasida  meristema  har  xil  joylashadi.  Rivojlanayotgan  urug’dagi  embrion 
(murtak)  dastlab  birlamchi  meristemadan  iborat  bo’ladi.  Uning  keyingi  taraqqiyotida 
birlamchi  meristema  novdalarni  uchki  apekal  (lot.  apeko-uchki)  va  barcha  yon  yoki  lateral 
(latus-yon)  kurtaklarda  hamda  ildizlarning  uchiga  yaqin  joyda  bo’ladi.  O’sish  nuqtalarida 
initsial  (lot.  initsialis-  boshlang’ich)  hosil  bo’ladi.  Initsial  hujayra  yo’sin  (mox)  va  ba’zi 
qirqquloqlarda  bittadan,  urug’li  o’simliklarda  esa  bir  nechta  bo’lishi  mumkin.  Initsial 
hujayralar doimiy to’qimalarni hosil qiladigan meristemalarni yuzaga keltiradi. 
Meristema  to’qimasining  hujayralari  shakli  xilma-xildir,  ko’pincha  ular  parenximatik 
hujayralar bo’lib, izodiametrik ko’p qirra yirik mag’izli sitoplazma bilan to’lgan yupqa po’stli 
ba’zan kichik vakuolalarga ega. 
Meristema hujayralari o’sish xususiyatiga ega. Ular bir necha marta bo’linadi va u yoki 
bu  xildagi  to’qima  hujayralariga  aylanadi.  Ma’lum  bir  vaqt  o’tgandan  keyin  meristematik 
xususiyatini  yo’qotib  doimiy  hujayralarga  aylanadi.  Dastlab  bu  hujayralarni  hajmi 
kattalashadi;  hujayra  po’sti  notekis  qalinlashganligi  sababli  yiriklashayotgan  hujayralarning 
shakli o’zgaradi va ba’zan bo’yiga cho’ziladi ko’p qirrali shaklga aylanadi. 
Apekal  meristema  yoki  birlamchi  meristema  o’simlik  organlarida  joylanishi  bo’yicha 
tepa meristema hisoblanadi. Bu meristemaning bo’linishi natijasida novda va ildiz uzunasiga 
hamda  yoniga  qarab  o’sadi.  O’simlik  shoxlanish  vaqtida  har  qaysi  yon  novda  va  yon  ildiz 
initsial hujayralardan tashkil topgan meristemaga aylanadi. 
Yon  (lateral)  meristemalar,  apekal  (lot.  apeks-uchki,  tepa)  meristemasidan  bir  oz 
pastroqda  joylashgan  bo’lib,  uning  faoliyati  natijasida  halqasimon  qatlam  shaklida  yuzaga 


 
176 
keladi. Bu hujayralarning bo’linishidan birlamchi kambiy, peritsikl hosil bo’ladi. Boshqa yon 
meristemalar  (kambiy,  fellogen)  keyinroq  yuzaga  keladi,  shuning  uchun  ham  ularni  shartli 
ravishda ikkilamchi meristema deb ataladi. Ko’pchilik vaqtda ikkilamchi meristema, masalan, 
fellogen  (yunon,  fellos-po’kak,  genos-tugilish),  doimiy  to’qimaning  qayta  taxassuslashidan 
yuzaga  keladi  va  o’zidan  tashqariga  po’kak  qatlamini  hosil  qiladi.  Ammo,  ko’pchilik 
bug’doydoshlar  vakillarida  ikkilamchi  meristema  bo’lmaydi  va  o’simlikning  poyasi  faqat 
birlamchi meristemadan tashkil topadi. 
Odatda,  yosh  to’qimalar  apekal  meristemadan  akropetal  (yunon.  akros-tepa,  uch; 
petere-intilish)  tarzda  yuzaga  keladi  va  yuqoriga  qarab  o’sadi.  Akropetal  o’sish  ildizlarda 
yaqqol  ko’rinadi.  Lekin  novdalarda  bu  qonuniyat  tez-tez  buzilib  turadi.  Chunki  poya, 
novdalarda  interkolyar  (lot.  interkolyar-orqaga  qo’yish,  joylashtirish)  o’sish  bo’g’im 
oralig’ida joylashgan meristemalarning bo’linishidan yosh hujayralar yuzaga keladi (masalan, 
bug’doydoshlarda bo’g’im ostida). 
Yopiq  urug’li  o’simliklarda  barg  plastinkasi  bazipetal  (yunon.  bazis-asos,  tub,  tag; 
petere-intilish) qismlari o’rtasida interkolyar o’sish yuzaga kelganligidan barg asosi va bandi 
hammadan keyin paydo bo’ladi. 
Ba’zi  o’simlikning  biror  organi  yoki  to’qimasi  jarohatlanganda  meristema  to’qimasi 
hosil  bo’ladi  va  shikastlangan  joyni  tiklanishini  ta’minlaydi.  Shikastlangan  joyga  yaqin 
joylashgan  hayotchan  hujayralar  mutaxassuslashib  hosil  q  iluvchi  to’qima  yuzaga  keladi  va 
himoya qiluvchi po’kakni hosil qiladi. 

Download 13,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   432




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish