144
Ho‘l mevalarning urug‘larini hayvonlar asosan, ko‘plab tarqatadi va shuningdek ko‘p
urug‘lar loy bilan birga hayvon va qushlarning oyoqlariga yopishadi. Ular shu yo‘l bilan uzoq
masofalarga tarqaladi. Urug‘ va mevalarni qushlar bilan tarqalishiga
o r n i t o x o r i n (yunon.
ornitos-qush; xoreo-tarqalish) deb ataladi.
Donsiz etdor sersuv mevalarni qushlar yeydi. Hazm bo‘lmagan urug‘lar axlat bilan birga
tashqariga chiqariladi. Bu hodisaga
e n d o z o o x o r (yunon. endo-ichki) deyiladi. Nihoyat
ba’zi o‘simliklarni urug‘lari chumolilar bilan tarqaladi, bunga
m i r m e x k o x o r i a (yunon.
mirmeks-chumoli) deb ataladi (gunafsha, burmaqora, g‘ozpiyoz va boshqalar).
G i d r o x o r o‘simliklar ko‘pincha daryo, ko‘l va dengiz qirg‘oqlarida o‘sadi va ularni
meva urug‘lari suv vositasida tarqaladi. Masalan, daryo va dengizning cho‘milish uchun qulay
bo‘lgan qirg‘oqlarida sho‘radoshlar oilasining (
Atreplex) kuklak deb ataladigan bir necha turlari
(olabuta yoki sho’r olabuta), qatron (
Granbe maritima) va boshqa o‘simliklarni mevalar suv
vositasida tarqaladi. Oq nilufarning urug‘lari uning chuqur joyida turuvchi havo pufagi
yorilguncha suv yuzasida suzib yuradi. So‘ngra ular suv tagiga cho‘kadi va ko‘karadi.
Tropik mintaqasining dengiz qirg‘oqlarida o‘suvchi kokos palmasining mevalari
okeanlarda uzoq suzib yuradi va to‘lqin ularni yangi joylarda quruqlikka chiqaradi. Shu yo‘sinda
bu o‘simlik janubiy Amerika qit’asida butun tropik mintaqalarga tarqalgan. Nihoyat, bizda
o‘sadigan ko‘p yovvoyi va begona o‘tlarning urug‘lari qor va yomg‘ir suvlarida oqib shu yo‘l
bilan tarqaladi.
O‘simliklarni urug‘ va mevalari inson tomonidan g‘ayri ixtiyoriy yoki ixtiyoriy ravishda
tarqaladi, bunday tarqalishga antropoxor deb ataladi. Masalan, g‘ayri ixtiyoriy ravishda quyon
quyrug‘i (
Erigiron cansdensis), yovvoyi gultojixo‘rozning turlari (
Amaranthus retroflexus),
elodeya (
Elodea canadensis) va boshqa bir necha o‘simlik Evropaga, Shimoiy Amerikadan
(Kanada) olib kelingan. Hozir bu o‘simliklar Osiyoda ham tarqalgan. Qo‘ytikan (Xanthium
spinossum) Janubiy Amerika qit’asidan Janubiy Ovropaga, u erdan O‘rta Osiyoga keltirilgan.
Katta bargli zubturum (
Plantago major), bug‘doy, ayiq (
Agropyron repens) eshako‘t (
Stelaria
media), sho‘rak (
Salsola) va boshqa o‘simliklar Ovropadan Shimoliy Amerikaga olib kelingan
va tarqatilgan. Shuningdek Markaziy Osiyodan bangidevona (
Datura stramonium) O‘rta
Osiyoga olib kelingan.
Kaktus deb ataladigan o‘simlikning vatani Shimoliy Amerika qit’asiing Meksika yarim
oroli hisoblanadi. U yerda ular yovvoyi holda katta maydonlarni ishg‘ol etadi. Hozir kaktusning
bir qancha turlari Avstraliya va Shimoliy Afrikaning sahrolarida ixtiyoriy ravishda o‘stirilib
iqlimlashtirilmoqda va shu usul bilan boshqa joylarga tarqatilmoqda.
Nihoyat odamning faoliyati begona o‘t urug‘larining tarqalishiga sababchi bo‘ladi.
Masalan, yaxshi tozalanmagan va saralanmagan urug‘lik yerga ekilganda uni ichidagi begona
o‘tlarni urug‘lari yerga tushadi va juda tez ko‘payib ketadi. Shuning uchun urug‘liklarni
yaxshilab tozalash kerak. Bu usul bilan begona o‘simlik urug‘larini tarqalishini to‘sish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: