45-rasm. Simmetriya:
1 – zigomorf gul; 2 – aktinomorf gul; 3 – assimmetrik gul.
Talaygina o‘simliklarni barglari va gullari monosimmetrik (yunon. monos-bitta,
simmetriya-teng) teng ikki bo‘lakli bo‘ladi. Masalan, binafsha, mavrak, no‘xat va boshqalar.
Bunday gullar zigomorf (yunon. zeguos-juft, morfe-shakl) deb ataladi, birorta ham simmetriya
tekisligi o‘tkazib bo‘lmaydigan barg va gullar assimetrik (yunon.-inkor, simmetriya-muvozanat,
har tarafi teng bo‘laklarga bo‘linmaydigan) barg va gullar assimetriya deb ataladi. Masalan,
qayrag‘och, tut va boshqa o‘simliklarning yonlari teng bo‘lmagan barglari, gulzorlarda
o‘stirilayotgan kanna o‘simligining guli misol bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |