Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti botanika kafedrasi


-rasm. Jo‘ka (Tilia americana) ko‘p yillik poyasining ko‘ndalang kesmasi



Download 13,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/432
Sana11.08.2021
Hajmi13,88 Mb.
#145422
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   432
Bog'liq
botanika yuksak osimliklar sistematikasi.

34-rasm. Jo‘ka (Tilia americana) ko‘p yillik poyasining ko‘ndalang kesmasi. 
A 4 – epiderma; 8 – birlamchi po‘stloq; 9 – o‘zak; 10 – markaziy silindr. 
B. 1 – birlamchi floema; 2 – birlamchi ksilema; 3 – shilimshiq yo‘li; 4 – epiderma;  
5 - shilimshiq yo‘li; 6 – kollenxima; 7 - parenxima 
 
Yog‘ochlikning  (ksilemaning)  asosiy  elementlariga  –  naylar,  traxeidlar,  mexanik  tolalar 
(libriform)  va  parenxima  kiradi.  Parenximani  yog‘ochlik  parenximasi  va  o‘zak  nurlari  tashkil 
etadi.  Ikkilamchi  ksilema  va  ikkilamchi  floemaning  hosil  qiluvchi  kambiy  ko‘p  qatorli  bo‘lib 
joylashadi. Libriform – yog‘ochlikning asosiy elementi bo‘lib, mexanik funksiyani bajaradi. 
O’zak  nurlari  birlamchi  bo‘ladi.  Birlamchi  o‘zak  nurlari  o‘zakdan  boshlanadi  va  butun 
yog‘ochlik orqali po’stloqqa qadar davom etadi. Ikkilamchi o‘zak nurlari bir yillik halqalaridan 
boshlanadi va kambiy halqasigacha boradi. 
Kambiyning  faoliyati  yil  faollariga  qarab  o‘zgarib  turadi.  Ayniqsa  bahor  oylarida, 
o‘simliklarda  shira  suyuqligi  oqish  protsessi  boshlangan  davrda  kambiyning  faoliyati  ortadi. 
Mana  shu  vaqtda  shakllangan  o‘tkazuvchi  elementlar-traxeya  va  traxeidlarning  diametri 
yiriklashadi.  Kuz  yaqinlashib  kelgani  sayin  kambiy  faoliyati  susayadi,  hamda  ajratib 
chiqarilayotgan  hujayralar  soni  kamayib,  ularning  diametri  kichrayadi  va  hujayra  po’sti 
qalinlashadi. Shunday qilib, bahorgi va kuzgi hosil bo‘lgan hujayralar o‘rtasida keskin farqlanish 
sodir  bo‘ladi,  natijada  yillik  halqalar  hosil  bo‘ladi.  Yillik  halqalarning  o‘sish  tezligiga, 
qalinligiga yog‘ingarchilik miqdori, harorat rejimi va quyoshli kunlar soni ta’sir etadi. 
Yillik halqalarning eng qarilari poyaning markazida joylashadi shuning uchun yillar o‘tishi 
bilan  yog‘ochlikning  ichki  qismlariga  suv,  oziq  moddalar  va  kislorodning  kirishi  qiyinlashadi. 
Yog‘ochlikning ichki halqalarida tirik parenximada moddalar almashinuvi og‘irlashadi. Natijada 
bu  hujayralarda  pufaksimon  bo‘rtmalar  hosil  bo‘ladi.  Naylar  (traxeyalar)  bo‘shlig‘i  har  xil 
moddalar  (smola,  efir  moylari,  oshlovchi  va  boshqa  moddalar)  bilan  shimiladi.  Natijada  butun 
bir  halqa  hujayralarida  modda  almashinuvi  deyarli  to’xtaydi.  Shu  moddalarning  to’planishi  va 
oksidlanishi  natijasida  o‘sha  yillik  halqa  ma’lum  bir  rangga  kiradi.  Bu  rang  turli  o‘simliklarda 
turlicha bo‘ladi. Yillar o‘tishi bilan bunday halqalarning soni ortib boradi va yog‘ochlik markazi 
yoki  uning  o‘zak  (eng  qari  qismi)  maxsus  rangi  bilan  ajralib  turadi.  Uning  atrofidagi 
yog‘ochlikning yosh qismi o‘zak atrofi (yog‘ochlikning tashqi qavati) deyiladi. 
Stel  nazariyasi.  Stel  (yunon.  stela-ustuncha)  –  o‘zaklarning  kelib  chiqishi  va  tuzilishi, 
evolyutsiyasi  haqidagi  nazariyaning  asoschisi  fransuz  botanigi  Van  Tigel  hisoblanadi.  U  ildiz 
perisiklini  o‘rab  turuvchi  birlamchi  to‘qimalar  yig‘indisini  stela  deb  ataydi.  Keyinchalik  poya 
peritsiklidan  keyingi  barcha  o‘tkazuvchi  va  boshqa  to‘qimalar  to’plamini  stela  deb  hisobladi. 
Stelning eng sodda va qadimgi xili- gaplostela yoki protosteladir. Gaplostelada floema ksilemani 
yaxlit o‘rab turadi. Stelning bu xili riniofitlar va bir qancha sodda o‘simliklar poyasida uchragan. 


 
103 
Aktinostelada  ksilema  yulduzsimon  bo‘lib  joylashadi,  bu  shakldagi  stela  sodda  tuzilishga  ega 
bo‘lgan o‘simliklarga (plaunsimonlarda, qirilib ketgan qirqbo‘g‘imlarga) xos belgi hisoblanadi. 
Sifonostelda o‘zak paydo bo‘ladi. Sifonostelning shakllanishi bilan yirik organizmlar hosil 
bo‘lgan,  chunki  ksilemaning  qirg‘oqda  joylashish  va  naysimon  tuzilishning  paydo  bo‘lishi 
poyani yanadi chidamli bo‘lishiga olib keladi. 
Taraqqiyotning  keyingi  davrlarida  diktiostela  (diktion-  tur)  eustela  (yunon.  eu-yaxshi, 
haqiqiy) lar hosil bo‘lgan diktiostella qirqquloqlarga xos, ularda kambiy bo‘lmaydi. Eustela esa 
urug‘ hosil qiladigan o‘simliklarga xosdir. 
Stel evolyutsiyasining oxirida bir pallali o‘simliklarda ataktostela (yunon. A-inkor, taktos-
tartib  bilan  joylashish)  hosil  bo‘lgan.  Unda  kambiy  bo‘lmaydi  va  nay  tola  bog‘lamlar  juda 
murakkab joylashgan. 

Download 13,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   432




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish